O’n ikki katakli rang doirasi




Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/73
Sana30.06.2022
Hajmi3.32 Mb.
#24596
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73
Bog'liq
fayl 1550 20210823
kurs ishi, Mavzu. Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning ekologik – iqti, 2-SINF-Tasviriy-sanat, Dizayn - Vikipediya, SINOV TEST ANIQ 2 , perforatciya, 46, Хорижий инвес, 466, 1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M, cisco packet tracer dasturida lan va vlan tarmoqlarini loyixalash, tishlikov abdlaziz, Avezbayev S, Volkov S.N. Yer tuzishni loyihalash (1), word
O’n ikki katakli rang doirasi 
Rangli konstruktsiyalash tizimiga 
kirishda 12 katakli rang doirasini 3 asosiy ranglarga – sariq, qizil va ko’k (rasm 3) ga 
asoslanib tuzamiz. 
Ma’lumki, ko’rish qobiliyati normal darajada bo’lgan inson qizil rangni unga 
na ko’k, na sariq tus qo’shilmagan hollarda ham ajrata oladi. 
Har bir rangni o’rganayotganimizda uni neytral kulrang fonga qo’yib 
ko’rishimiz maqsadga muvofiqdir. 
Asosiy ranglar maksimal darajadagi aniqlik bilan tuzilishi kerak. Teng tomonli 
uchburchakda ranglar quyidagicha joylashtiriladi: sariq – yuqorida, qizil – pastki 
o’ng tomonda, ko’k – pastki chap tomonda. Undan keyin, teng tomonli olti burchak 
hosil qilamiz. Unda asosiy ranglar quyidagi ranglarni hosil qiladi: 


19 
Sariq + qizil –zarg’aldoq. 
Sariq + ko’k - yashil. 
Qizil + ko’k - binafsha. 
Ikkinchi qatordagi ranglar bir birlari bilan yaxshilab aralashgan bo’lishi shart. 
Ularni yaratish oson emas. Zarg’aldoq rang juda qizil ham emas va juda sariq ham 
bo’lmasligi, binafsha rang juda qizil ham emas va juda ko’k ham bo’lmasligi kerak. 
Undan keyin 360 gradus aylanani teng 12 kataklarga bo’lib chiqib, aylana 
chizamiz. Ushbu kataklarga asosiy va to’ldiruvchi ranglarni tartib bilan 
joylashtiramiz. Bunda har ikki ranglar orasida bo’sh kataklar qoladi. Ushbu bo’sh 
kataklarga atrofidagi ranglar aralashmasidan hosil bo’lgan ranglarni joylashtiramiz 
va ular quyidagilar: 
Sariq + zarg’aldoq – sarg’ish zarg’aldoq. 
Qizil + zarg’aldoq – qizg’ish zarg’aldoq. 
Qizil + binafsha – qizg’ish binafsha. 
Ko’k + binafsha – ko’kish binafsha. 
Ko’k + yashil – ko’kish yashil. 
Sariq + yashil – sarg’ish yashil. 
Shunday qilib, 12 rangdan iborat to’g’ri rangli aylana hosil bo’ladi. (3-rasm) 
Isaak Nyuton 12 rangli doirada mavjud bo’lmagan siyoh rangni 
(пурпурныйцвет) qo’shadi, bu esa doiraning konstruktivligini kuchaytirgan. Bizning 
fikrimizcha 24 yoki 100 rangli doirani tuzish bilan shug’ullanayotgan mutaxassislar 
o’z vaqtlarini behuda sarflayotganlaridek. Hech qaysi rassom ijodkor 100 qismga 
bo’lingan ranglar doirasini mukammal bilim va ko’nikmalarisiz yarata olmaydi.4 
Rang haqidagi bizning tushunchamiz unchalik aniq bo’lmaganligi tufayli, ushbu 
masalani muhokama qilish befoyda. Biz bor yo’g’i musiqachi o’zining notalarini 
qanday mukammal bilganidek, biz ham 12 rangni shunday mukammallik bilan ko’ra 
olishimiz muhimdir. Delakrua o’z ustaxonasining devorida ushbu rangli doirani ilib 
qo’ygan va asosiy ranglardan hosil bo’lishi mumkin bo’lgan jamiyki ranglarni o’zi 
uchun kashf etgan. Sezann, Van Gog, Sin’yak, Sera va boshqa rassomlar Delakruani 
mohir rangshunos deb hisoblashgan. Aynan Delakrua, asarlarni konstruktsiyalashda 


20 
mantiq bilan ishlash qonuniyatining asoschisidir. 

Download 3.32 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73




Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish