(1) Ranglar kontrastini solishtirish




Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/73
Sana30.06.2022
Hajmi3.32 Mb.
#24596
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   73
Bog'liq
fayl 1550 20210823
kurs ishi, Mavzu. Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning ekologik – iqti, 2-SINF-Tasviriy-sanat, Dizayn - Vikipediya, SINOV TEST ANIQ 2 , perforatciya, 46, Хорижий инвес, 466, 1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M, cisco packet tracer dasturida lan va vlan tarmoqlarini loyixalash, tishlikov abdlaziz, Avezbayev S, Volkov S.N. Yer tuzishni loyihalash (1), word
 
(1) Ranglar kontrastini solishtirish. 
Ranglar kontrastini solishtirish yetti turning eng oddiysidir. Bu tur rangni 
mukammal bilishni talab qilmay, barcha sof ranglarni namoyish qilish orqali erishish 
mumkin. 
Qora va oq ranglar eng kuchli och va to’q rangli kontrast bo’lib, sariq qizil va 


22 
ko’k ranglar ham kuchli rangli kontrast hisoblanadi. (4-rasm) 
Bunga ishonch hosil qilish uchun kamida uchta yorqin va bir biridan keskin 
farq qiluvchi ranglarni solishtiramiz. Ushbu kontrast rang – baranglik, kuch va 
jasorat kabi taassurot qoldiradi. Zarg’aldoq yashil va binafsha ranglar, sariq, qizil va 
ko’k ranglarga qaraganda kuchsizroq kontrast hosil qiladi. Har bir rang bir biridan oq 
yoki qora chiziqlar bilan ajratilsa, o’sha rangning induvidual xarakteri namoyon 
bo’ladi. Bunda har bir rang avvalambor o’zining asl holatini ko’rsatadi. Sariq, qizil 
va ko’k ranglar eng ko’p ishlatiladigan rangli kontrast bo’lishiga qaramasdan boshqa 
barcha sof ranglar ham kuchli rangli kontrast hosil qilishi mumkin. (6- rasm) 
Rangli kontrastning yorqinligini o’zgartirish orqali yangi ko’zga tashlanadigan 
ranglar hosil qilishi mumkin. (7-rasm) 
Qora va oq ranglar kompozitsiyasining muhim elementlari hisoblanadi (5-rasm) 
8-rasmda talabalarga shaxmat taxtasi tartibidagi sariq, qizil, ko’k, oq va qora 
ranglar berilgan bo’lib, ushbu ranglarni ikki yo’nalishga ajratib ular o’zlarida rang 
dog’lariga nisbatan sezgini hosil qilishsin. 9-rasmda lokal ranglar kompozitsiyasi 
tasvirlangan. 
6-rasmda ko’rsatilgan ranglar aralashmasini talaba o’zlashtirsa 10- rasmdagi 
mashqda ranglarni tezda tanlay oladi. 
Har qanday rangning kuchi qarama – qarshi rang ta’sirida kuchayadi. Bunda 
ularning yorug’ligi yoki xromatik alomatlari katta ahamiyat kasb etmaydi. 
Masalan, zarg’aldoq rangi qizil ranglar muhitida yanada yaqqolroq ko’rinadi. 
Sariq muhitda esa undan to’qroq ko’rinadi. Kulrangni qora muhitga qo’yib qarasak, u 
o’zining tonidan oqroq ko’rinadi. 
Masalan, qizil rang yashil muhitda o’z yorqinligini yanada oshiradi, boshqa 
ranglarga yashil tus qo’shib gavdalantiradi. 
Bu tabiiy hodisa bo’lib, undan rassomlar o’z asarlarida rang ta’sirchanligini 
oshirish uchun foydalanadi. Bunga frantsuz impressionist rassomlari Pol Sinyak, 
Sera kabi puantalist rassomlar ijodi yaqqol misol bo’la oladi. 
Turli mamlakatlarning xalq amaliy san’ati ranglar kontrasti asnosida vujudga 
kelgan. Rang barang zardo’zlik asarlari, milliy liboslar va sopollarda yorqin ranglar 


23 
ishlatilgan bo’lib, ular, xushchaqchaqlik hissini uyg’otadi. O’rta asrlardagi 
miniatyura asarlarida ham ranglar kontrasti turli xil variantlarda ishlatilgan. Ranglar 
kontrastini vitraj san’atida ko’p uchratish mumkin. Stefan Lohner, Fra Anzheliko, 
Bottichelli va boshqa rassomlar o’z asarlarini ranglar kontrasti tizimiga asoslanib 
yaratishgan. Bottichellining “Qabrga qo’yish" asarida ranglar kontrasti ushbu 
asarning mazmunini to’liq ochib bergan. Ranglar kontrasti orqali quvonchni, g’amni 
va qayg’uni bo’rttirib ko’rsatish mumkin bo’lib, quyidagi zamonaviy rassomlar, 
Matiss, Mondrian, Pikasso, Kandinskiy, Leje va Miro undan tez tez o’z asarlarida 
foydalanishgan. Ayniqsa, juda ko’p natyurmortlar va figurali kompozitsiyalar 
chizgan Matiss kontrastning rang barangligi va uning kuchidan, qudratidan samarali 
foydalangan. Matissning “Yantar taqinchoq” nomli asarida qizil, sariq, yashil, ko’k, 
oq va qora kabi sof ranglar mujassamdir. “Ko’k chavandoz” guruhi rassomlari - 
Kandinskiy, Frans Mark va Avgust Make o’zlarining ilk ijodlarida ranglar 
kontrastidan foydalanishganlar. 

Download 3.32 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   73




Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish