(4) Qo’shimcha ranglar kontrasti




Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/73
Sana30.06.2022
Hajmi3.32 Mb.
#24596
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73
Bog'liq
fayl 1550 20210823
kurs ishi, Mavzu. Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning ekologik – iqti, 2-SINF-Tasviriy-sanat, Dizayn - Vikipediya, SINOV TEST ANIQ 2 , perforatciya, 46, Хорижий инвес, 466, 1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M, cisco packet tracer dasturida lan va vlan tarmoqlarini loyixalash, tishlikov abdlaziz, Avezbayev S, Volkov S.N. Yer tuzishni loyihalash (1), word
(4) Qo’shimcha ranglar kontrasti 
Agar biz ikki pigmentni qo’shganimizda neytral kulrang, qora rang hosil 
qilinsa, ana shu ikki pigment ranglar qo’shimcha ranglar deyiladi. 
Fizikada ikki xromatik rang qo’shilib, oq rang hosil qilsa bunday ranglar 
qo’shimcha ranglar deyiladi. Ikkita qo’shimcha ranglar g’alati juftlikni paydo qiladi. 
Ular bir birlariga qarama qarshi bo’lsalar ham, bir birlariga muhtojdirlar.6 
Ranglar doirasidagi 3 ta qo’shimcha ranglar bir biriga diametral shaklda 
joylashtirilgan. Ular quyidagi qo’shimcha ranglarni hosil qiladi: 
- Sariq – binafsha rang 
- Sariq – zarg’ardoq, ko’k – binafsha rang 
- Zarg’aldoq – ko’k 


28 
- Qizil – zarg’aldoq, ko’k – yashil 
- Qizil – yashil 
- Qizil – binafsha, sariq – yashil 
Agar ushbu qo’shimcha ranglar juftligini tahlil qiladigan bo’lsak har bir 
juftlikda sariq, qizil va ko’k ranglar asosiy 3 ranglar hisoblanadi. 
Sariқ – binafsha rang = sariq, qizil + ko’k; Ko’k – zarg’aldoq = ko’k, sariq + qizil; 
Qizil – yashil = qizil, sariq + ko’k. 
Sariq, qizil va ko’k ranglar kulrangni hosil qilganidek, ikkita qo’shimcha 
ranglar aralashmasi ham kulrangga ham aylanishi mumkin. 
Spektr ranglari toza, kuchli, shaffof, yorqin ranglardir. Ular shaffof jism 
(prizma) orqali o’tganda yuzaga keladi. Ular optimal ranglar deyiladi. Spektrning 
yorug’ligi, ranglarining tozaligi va yorqinligi kuchini hech qanday bo’yoqda erishish 
mumkin bo’lmaydi. Ammo biz spektrning joylashish tartibini bo’yoqlarda ko’rsatib 
bera olamiz. Spektr ranglari aslida uzun lentasimon bo’lishi ham mumkin. Bu esa 
qizildan binafsha rang tomon tugal rang qatorlarini tashkil qiladi. Biz ko’pincha 
spektr ranglarini doira sifatida joylashganligini ko’ramiz. Bunda doirada qizil va 
binafsha ranglar uchrashgan joyda uzilish sodir bo’ladi, ya’ni ranglar ravon 
qaytarilmaydi. Shuning uchun binafsha va qizil ranglar o’rtasida rang doirasida 
mavjud bo’lmagan sarg’ish, qizil va binafsha ranglarini qo’shish yo’li bilan qirmizi 
(purpur) qizil rangni hosil qilamiz, bu bilan biz rang doirasida ranglarni ravon, ketma 
– ket uzluksizligiga erishamiz. 
Bundan tashqari rang tizimiga ixtiyoriy 
ranglarni qo’sha olmaymiz, chunki u holda 
to’ldiruvchi ranglar qat’iy qarama – qarshi 
turish holati o’zgargan bo’ladi. O’zaro 
to’ldiruvchi ranglar, ya’ni qizilni qarshisida – 
yashil, zarg’aldoqni qarshisida ko’k, sariqni 
binafsha sarg’ish, yashilni qarshisida 
purpursimon qizil ranglar joylashadi.
23 – 28 rasmlarda uch juft qo’shimcha 


29 
ranglar va ularning aralashmasi keltirilgan bo’lib, ular kulrang tonni hosil 
qilayotganini ko’rishimiz mumkin. 
Qo’shimcha ranglar kontrasti asnosida yaratilgan ko’pgina asarlarda ushbu 
ranglar nafaqat o’zlarining sifatlari tarzida, balki boshqa ranglarning hosil bo’lishida 
ahamiyat kasb etadi. Tabiatda ranglar aralashmasini tez tez uchratish mumkin. Qizil 
atirgulning ochilmagan g’unchasida bunday hodisani kuzatishimiz mumkin. Qizil 
atirgulning g’unchasi yashil rangdan boshlanib qizara boshlaydi. 
Qo’shimcha ranglar kontrastiga quyidagi ijodkorlarning asarlari misol bo’la 
oladi: 
Yan Van Eykning “Kantsler Rolenning Madonnasi” (1390 – 1441), Parij, Luvr; 
“Sav malikasini uchratgan Qirol Solomon” Areccoda va Pol Sezanning “Sen – 
Viktor tog’i” asari, Filadel’fiya, San’at muzeyi. 

Download 3.32 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73




Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish