• Bir vaqtda sodir bo’ladigan kontrastlar.
  • Ketma ket kontrastlar.
  • (5) Bir vaqtda sodir bo’ladigan kontrastlar




    Download 3.32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/73
    Sana30.06.2022
    Hajmi3.32 Mb.
    #24596
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73
    Bog'liq
    fayl 1550 20210823
    kurs ishi, Mavzu. Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning ekologik – iqti, 2-SINF-Tasviriy-sanat, Dizayn - Vikipediya, SINOV TEST ANIQ 2 , perforatciya, 46, Хорижий инвес, 466, 1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M, cisco packet tracer dasturida lan va vlan tarmoqlarini loyixalash, tishlikov abdlaziz, Avezbayev S, Volkov S.N. Yer tuzishni loyihalash (1), word
    (5) Bir vaqtda sodir bo’ladigan kontrastlar 
    Kontrastlar muhitda bizning ko’zimiz qabul qiladigan rang, har xil dog’larning 
    yoki xilma – xil shakllarning chegaraviy yaqqolligiga aytiladi. 
    Kontrast dog’ yoki chiziqlarning, ranglarni chegarasi yoki rangning yaqqolligi, 
    gavdalanishi – turlicha bo’ladi. 
    Bir vaqtda sodir bo’ladigan kontrastlar.Biror ranglar majmuasi 
    kuzatilayotganda bir rangni yonidagi ikkinchi rangni ta’siri oqibatida uning rang 
    kuchini, yorqinligini o’zgarib ko’rinishiga aytiladi. 
    Har qanday rangni kuchi qarama qarshi rang ta’sirida kuchayadi. Bunda 
    ularning yorug’ligi yoki xromatik alomatlari katta ahamiyat kasb etmaydi. 
    Masalan: zarg’aldoq rangi qizil ranglar muhitida yanada ocharib ko’rinadi. 
    Sariq muhitda esa undan to’qroq ko’rinadi. Kulrangni qora muhitga qo’yib qarasak u 
    o’zining tonidan oqroq ko’rinadi. 
    Masalan: qizil rang yashil muhitda o’z yorqinligini yanada oshiradi yoki qizil 
    rang atrof – muhitdagi boshqa ranglarga yashil tus qo’shib gavdalantiradi. 
    Bu tabiiy hodisa bo’lib, undan rassomlar o’z asarlarida rang ta’sirchanligini 
    oshirish uchun qulaydilar. Bunga frantsuz impressionist rassomlari Pol Sinyak, Sera 
    kabi puantalist rassomlar ijodi yaqqol misol bo’la oladi. Bu rassomlar o’z 


    30 
    polotnolarida biror sovuq rangni yonlariga issiq rang dog’larini tushirish yo’li bilan 
    “sovuqlik”ni o’zgarib ko’rinishi va ularni sovuk – issiq ranglar majmuasini tuzish 
    usuli bilan uning jozibadorlik ta’sirini oshirishga erishganlar. Bu usulni o’sha davrga 
    mansub rassom V.Van Gog ham mohirona qo’llay olgan.7 
    Ketma ket kontrastlar.Bunda biz ko’rish a’zolarimizning biron rangga tikilib 
    qaragandagi taassurotidan qarama – qarshi rang taassurotini “chaqirishi”ga, uning 
    gavdalantirishiga aytamiz. 
    Masalan: xona ichidan turib derazaga qaraganimizda va so’ngra nigohimizni 
    qorong’iroq tomonga qaratsak, u holda bizning ko’zimizga derazaning shakli teskari 
    tonda, ya’ni qoramtir tonlar oqarib, yorug’ tonlar qorayib ko’rinadi. 
    Qizil nuqtaga 15 – 20 sekund tikilib qaraymiz, keyin diqqatimizni uning 
    yonidagi xojga buramiz. Xoj ustida qizil dog’ning shakli yashil dog’ bo’lib ko’rinadi. 
    Shuningdek, qizilni o’rniga yashil dog’ni almashtirib qo’yib qaralsa, u holda xoj 
    ustida qizil dog’ aksini ko’ramiz. Shuningdek, turli rang, turlicha rang obrazi 
    “chaqiradi”, ya’ni ranglar tizimi qonuniyatlariga ko’ra har qanday rang doirasidagi 
    subtraktiv qo’shimcha rang obrazini paydo qiladi. Bu hodisa yorug’likning kuchiga, 
    rang yorqinligiga bog’liq bo’lib, yorug’lik qancha kuchli bo’lsa ko’zning 
    to’rpardasiga shuncha nur yuklamasi tushib, unda charchash sodir bo’ladi. U o’z 
    vaqtida o’sha nur oqimini o’chirib tashlab boshqa ko’rinishga moslashishi 
    qiyinlashadi. 
    Shuning uchun ham u o’z hududlaridagi tasvirlarni to’la o’chirib, boshqa 
    tasvirni qabul qiladi. 

    Download 3.32 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73




    Download 3.32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    (5) Bir vaqtda sodir bo’ladigan kontrastlar

    Download 3.32 Mb.
    Pdf ko'rish