Toshkent arxitektura qurilish universiteti "texnologiya"




Download 1,05 Mb.
bet15/17
Sana05.06.2024
Hajmi1,05 Mb.
#260622
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Diplom ishi 111111



Kurilish montaj ishlarini amalga oshiruvchi ishchilar uchun mehnat muhofazasini ishlab chiqish.


Yuqorida bajariladigan montaj ishlarni bajarishga 18-yoshdan katta bo‘lgan, vrach ko‘rigidan o‘tgan ishchilarga ruxsat beriladi. Montajchilar oldindan tekshirilgan himoya belbog‘lari, sirpanmaydigan oyoq kiyim va arqonlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Ko‘tarish va montaj joylariga o‘tish yo‘laklari yopilgan va to‘siqlar bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak.
Montaj ishlari boshlashdan oldin va ishlar bajarilaetgan paitda to‘siqlar bilan o‘ralgan yo‘laklarni qurilish ustasi ko‘zdan kechirish kerak.
Ishdan chiqqan himoya belbog‘lar, stroplar va ishsiz holatga kelgan asboblar bilan ishlash taqiqlanadi.
Montaj uchun kerak bo‘lgan katta o‘lchamdagi bloklar ish joydan 30sm balandlikda oldindan o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Bunday holda blok montajchi tomonidan oldindan belgilangan joyga o‘rnatiladi. Montaj qilinayotgan blok ustida ishchilar bo‘lmasligi kerak.
Bloklar o‘z navbatida devorlarga o‘rnatilishi kerak katta bloklarni o‘rnatish chog‘ida pastki qavatlarda ishlar vaqtincha to‘xtatilib turilishi kerak.

  1. Yirik konstruksiyalarni montaj jarayonida yuk ko‘taruvchi mexanizmlarning ta’sir chegarasida hech kim bo‘lmasligi kerak.

  2. Eng avvalo, yig‘iq konstruksiyalarni to‘g‘ri taxlash lozim va yuk ushlab turuvchi elementlar sozligini tekshirish kerak.

  3. Montaj ishlariga 18-yoshdan kichik bo‘lmagan vrach ko‘rigidan o‘tgan va montaj ishlari uchun ruhsatnomasi bor ishchilar qo‘yiladi.

  4. Montaj ishlarini bajarishdan avval yuk ko‘taruvchi moslamalarni sozligini yana bir marta tekshirish kerak.

  5. Tanaffuz chog‘ida bloklarni ko‘tarilgan holda tashlab ketish qat’iyan man qilinadi.

  6. Yuk ko‘tarishdan avval petlyalar ko‘taruvchi moslamalar va ularning sifati tekshiriladi, defektli konstruksiyalarni montaj qilish taqiqlanadi.

  7. Yuklar bosib qolgan yoki muzlab qolgan konstruksiyalarni ko‘tarish man qilinadi.

  8. Ko‘tarilgan yuklarni yer satxidan 0,5m balandlikda gorizontal ko‘chirishga ruxsat etiladi.

  9. Yuklarni montajniklarni ish o‘rnining tepasida tashish man etiladi

  10. Konstruksiyalarni o‘rnatish joyiga binoni tashki tarafidan olib kelish kerak.

  11. Yig‘iq konstruksiyalarni oldindan o‘rnatiladigan joyiga 20-30sm kolganda qabul qilish maqsadga muvofiq.

  12. Konstruksiyalarni qabul qilish chog‘ida devor chetlari va qavat yopmalariga chetlarida turishga montajchilarga ruxsat etilmaydi.

  13. Yig‘iq konstruksiyalar yopmalar ustida qoldirish man etiladi.

  14. Yig‘iq konstruksiyalarni yuk tashuvchi mashinalardan tushirish chog‘ida haydovchi yuk kabinasini tark etish kerak.

  15. Hamma montajchilar kaskalar va himoyalovchi belbog‘lar va mahsus formalar bilan ta’minlangan bo‘lishlari shart

  16. Asbob uskunalarni o‘zi bilan olib yurish uchun montajchilar jamadon yoki yashiklar orqali amalga oshirishlari kerak.

G‘isht terish ishlarida oldindan jarohatlarning asosiy sabablari texnologik kartani ketma-ketligini buzilganda ish joyiga yetkazib beriladigan qurilish materiallarini noto‘g‘ri tashkillashtirishda xavozalarni o‘rnatish chog‘ida xatoliklarga yo‘l ko‘yilganda qoziqlarni noto‘g‘ri montaj qilganda, ishlarni noto‘g‘ri qabul qilishda yuqorida qurilish materiallarini tushib ketish hollari sabab bo‘ladi. G‘isht teruvchiga g‘ishtlarni bilan himoya to‘siqlari o‘rnatilgan holda yetkazib berish maqsadga muvofiq.
Materiallar va buyumlarni omborlarda xavfsiz joylashtirishni tashkil etish.
Qurilish maydonida ombor xujaligini tashkillashtirish QMQ, yong’in
xavfsizligi me’yorlari, lko’zda tutilgan talablarga mos ravishda olib boriladi. Ushbu talablarda xar bir qurilish materiallari, detallari, jixozlarga maydon o’lchamlari belgilab berilgan.
Shuni ta’kidlash kerakki, materiallar va buyumlarni tartibsiz saqlanishi, ishlab chiqarish joylariga va ombor maydonlariga o’z xolicha tashlab qo’yilishi baxtsiz xodisalarning kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin.
Materiallar va buyumlar ularning masassi va Yuqoridagilarning ta’siri natijasida deformastiyalanishini xisobga olgan xolda taxlanadi. Materiallar va buyumlarni taxlash va saqlash usullarining xar bir xolatida taxlamning mustaxkamligini va ularni jo’natishga olishda qulaylik yaratilishini ta’minlashi kerak bo’ladi. Taxlamlar rusumlanadi yoki buyum va detallarning sortamenti, xamda soni ko’rsatilib nishon taxtachsiga yozib qo’yiladi. Yig’ma konstrukstiyalari va buyumlarini taxlamga joylashtirishda ularni binoga o’rnatish ketma-ketligiga amal qilinadi. Har bir taxlamda bir nomli element saqlanadi. Materiallarni va yig’ma konstrukstiyalarni taxlashda belgilangan me’yorlarga va taxlash qoidalariga amal qilish kerak.
Qum, shag’al, chaqiq tosh va boshqa sochiluvchan materiallarning taxlami qiyaligi xar bir materialning tabiiy qiyalik burchagiga mos bo’lishi kerak. Sochiluvchan materiallarini taxlamdan olish paytida taxlamning Yuqori qismidan boshlab olinadi, ammo quyi qismidan olinishiga yo’l qo’yilmaydi, aks xolda ag’darilish prizmasi yuzaga keladi. Taxlam balandligi 1,5 m dan oshgan taqdirda kuchma maydoncha va norvonlardan foydalanib ishlar olib boriladi.
Kotlovanlar va transheyalar qirg’og’idan materiallar va jixozlar taxlamlarigacha bo’lgan masofa xar bir xol uchun xisoblarga asoslanib belgilanadi, ammo- lekin bu masofa 1 m dan kam bulmasligi kerak. Qurilish madonida zaxarli materiallar va zararli va xavfli moddalarning xavfsiz saqlanishiga aloxida e’tiborni qaratish lozim. Qoidaga binoan, zaxarli moddalarni yaxshi shamollatiladigan, xamda turar joy binolari, oshxonalar, suv ichiladigan quduklar va toza suv saqlanadigan suv xavzalaridan uzoqda aloxida joylashgan bino (xona) larda saqlashga ruxsat beriladi. Binoning uziga qo’llaniladigan materiallarning xavfliligi ko’rsatilgan ogoxlantiruvchi yozuv taxtasi ilib qo’yiladi.
Bosim ostida bo’lgan siqilgan gaz masalan, kislorodli, astetilenli, vodorodli va x k. ballonlari yopiq shamollatiladigan, kuyosh nurlari va atmosfera yog’inlari tushmaydigan, xamda ochiq alanga va payvandlash joylaridan tusib qo’yilgan va ulardan uzoqda bo’lgan xonalarda tik vaziyatda saqlanadi. Bitta xona karbid kalstiy va siqilgan gaz ballonlari, hamda moylash materiallari va kislorod ballonlari, astetilen va boshqa portlovchi va yonuvchi gazlari bilan birga saqlanishiga aslo yo’l qo’yilmaydi.
Ballonlardan to’g’ri foydalanish va to’satdan portlovchi gazlar aralashmasi hosil bo’lishi mumkin bo’lgan xolatlarni oldini olish maqsadida xar bir gaz balonlarini aloxida ranglar bilan bo’yaladi:

  • kislorod ballonlari - havo rang yoki och kuk rangga qora yozuvlari bilan;

  • astetilin uchun - oq rangga qizil yozuvlari bilan;

  • metan va boshqa yonuvchi xamda portlovchi gazlar - qizil ranga oq yozuvlar bilan;

  • karbonat angidrid va boshqa inert gazlar - qora rangga sariq yozuvlar bilan; neftgazlar - kulrang qiliz yozuvlar bilan belgilanadi.

Karbid kalsiyli barabanlar so’rilarga taxlanadi, bunda birinchi qavatining tokchasi poldan 20 sm masofada joylashtiriladi. Omborda tuplanadigan karbid changini davriy ravishda bir sutkada kamida bir marotaba kuruk latta yoki chutka bilan supirib olinib, zich yopiladigan idishga solinadi.
Barcha kislotalar (xlorli, oltingugurtli va fenol) ning xavfliligi (kuydirish va zaxarlash xususiyatlari mavjudligi) dan bir kator qilib polga qo’yilgan, usti tukima tur bilan qoplangan shisha idishlarda sakdanadi. Har bir idish kislota nomi va konsentrastiyasi yozilgan nishon taxtachasi bilan ta’minlanadi. Kislotadan bo’shagan idishlarni, xuddi to’la idishlardek saqlash sharoitlarida saqlanadi.
Xlorid oxakni saqlashda xavfsizlikning aloxida extiyot choralariga rioya qilinadi. Ularni zich yopiladigan standart idishlarda, chuqur va shamollatiladigan xonalarda, moylash materiallari va siqilgan gaz ballonlaridan aloxida joylarda saqlanadi. Omborxonadagi havo xarorati 100 dan kam va 260 C dan Yuqori bulmasligi kerak.
Lak bo’yoqli materiallari saqlanadigan omborlari alohida qilib joylashtiriladi, devorlari va boshqa elementlari yonmaydigan qurilish materiallaridan quriladi. Bu xonalar quruq, bo’lishi va havo xarorati 150 C dan Yuqori bulmasligi kerak. Nitro bo’yoqlari va nitro loklar germetik yopiq idishlarda saqlanadi.

Download 1,05 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 1,05 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent arxitektura qurilish universiteti "texnologiya"

Download 1,05 Mb.