• Yong’in xavfsizligi
  • Qurilishda mehnat xavfsizligi




    Download 1,05 Mb.
    bet17/17
    Sana05.06.2024
    Hajmi1,05 Mb.
    #260622
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    Diplom ishi 111111

    Qurilishda mehnat xavfsizligi
    Qurilish boshqarmalari va sanoat korxonalari tarkibida mehnat muhofazasini tashkil qilish va uni boshqarish bo’yincha maxsus xavfsizlik mavjud. Mehnat xavfsizligi xizmzatini bevosita tashkilotning bosh rahbari chiqaradi. Jismoniy mehnat jarayonida inson mehnat quroli yordamida jisimga ta’sir etish yo’li bilan uning shaklini va mohiyatini o’zgartirishga erishadi. Bu mehnatning samarasi mehnat quroli va ishchining mohirligidan tashqari, ish joyining harorati va yoritilganligi, ozoda va saramjonligi, havoning musaffoligi shovqin – suronning yo’qligi va shunga o’xshash bir qator omillarga bog’liqki, bularning barchasi mehnat sharoitini ifodalaydi.
    Davr talabi va mehnat jarayonlarini murakkablashib borayotganligi sababli, tashkilotlarda, qurilishda va sanoat korxonalarida mehnat xavfsizligini boshqarishda tashkil etishda zarurat tug’uldi. Mehnat xavfsizligini boshqarishning maqsadi mehnat muhofazasi qoidalarini ishchilarga yetkazish, uni ishlab chiqarishga tadbiq etishdan iborat.


    Yong’in xavfsizligi
    Yong’inlar sanoat korxonalari xalq xo’jaligining hamma tarmoqlari, qishloq xo’jaligi, turar joy binolarida yuz berishi mumkin bo’lgan hodisa hisoblanadi. Yong’in chiqmasligini ta’minlash yong’in chiqqan taqdirda uning rivojlanib, tarqalib ketmasligi chora tadbirlarini ko’rish birinchidan moddiy boyliklarni saqlab qolishga qaratilgan bo’lsa, ikkinchidan inson salomatligi va uning hayotini saqlab qolish chora – tadbirlarini amalga oshirilishi, mehnat muhofazasining tarkibiy qismi hisoblanadi.
    Beton va temir beton buyum va konstruksiyalari ishlab chiqarish korxonasi sexlari va omborlari atrofi to’siladi bunda korxona o’t o’chirish vositalari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Sanoat korxonalarining yong’inga va portlashga xavflilik kategoriyasini aniqlash, bu korxonada xavfsiz ish sharoitini ta’minlash uchun chora tadbirlar ishlab chiqarish zarur.
    Texnologik jarayonlarni yong’inga va portlashga xavfliligi tahlil qilinganda texnologik sxemalardan, chegaralardan ma’lumotnomada keltirilgan materiallardan sanoat korxonasida ishlatilayotgan material va moddalarning yong’inga portlashga va avariyalarga sababchi bo’ladigan sabablari o’rganiladi. Maydalovchi qurilmalar, tegirmonlar, isitish va qizdirish vositalarida yetarli darajada chang bilan aralashma hosil bo’lishi va portlashga olib kelishi mumkin. Sanoat korxonalarida yonuvchi aralashmalarni alangalanishiga olib keladigan omillar ochiq alangali olovlardan foydalanish, cho’g’langan yonuvchi moddalar mexanik energiyani issiqlik energiyasiga aylantirish elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish va kimyoviy reaksiyalar hisoblanadi. Yondirish manbai sifatida gaz payvandlash qurilmasi elektrpayvandlash ishlarida chiqadigan uchqunlarni hisobga olish kerak: yong’inning oldini olish maqsadida zamonaviy va o’ta mustahkam elektr qurilmalari va asbob anjomlaridan korxonalarda keng qo’llanilmoqda.

    Xulosa
    « Navoiy viloyatida joylashgan 125 o’ringa mo’ljallangan maktabgacha ta’lim muassasasi binosini loyihalash » jamoat binosining loyihalashga bag’ishlangan bitiruv malakaviy ishida quyidagi masalalar maqsad qilib qo’yildi va ular quyidagi tartibda hal qilindi:

    • arxitekturaviy qism – binoni qurilish maydoniga bog’lash amalga oshirildi, qurilish maydonining umumiy xarakteristikalari ko’rsatildi. Binoning konstruktiv yechimlari ishlab chiqildi. Shu bilan bir qatorda qurilish maydonining va qurilishni olib borishning talablari yaratildi, mehnat muxofazasi va yong’in xafvsizligini ta’minlash qo’llanmalari ishlab chiqildi. Qavat rejalari, qirqimlari ishlab chiqildi;

    • hisoblash qismida – bino to’laligicha Lira dastur majmuasida hisoblanib kuchlanish – deformastiyalanish holati tahlil qilib chiqildi. Kavakli ko’p teshikli plita misolida qavatlararo yopma, monolit ustun, to’sin va devorlar hisobi bajarildi;

    • armaturalash monolit ustun, monolit to’sin va erto’la devorlari va poydevor uchun amalga oshirildi;

    • mehnat muhofazasi qismida - qurilishdagi havfli va zararli ishlab chiqarish omillar ko’rsatib o’tildi. Ba’zi zararli moddalarning me’yoriy xavfliliginnng ayrim ko’rsatkichlari jadvallarda ko’rsatib berildi. Kirish yo’riqnomasi maxsus adabiyot, ko’rgazmali qurollar bilan jihozlangan mehnat muhofazasi xonasida, zamonaviy texnik vositalardan foydalangan holda o’tkazilishi tavsiya etildi.

    Hisoblash qismida – binoning hamma qismini Lira dasturi yordamida hisoblanib kuchlanish – deformatsiyalanish holati tahlil qilib chiqildi. Monolit: poydevor, ustunlar, to`sinlar va qavatlar aro yopmalar va tom yopma hisobi bajarildi;
    Mehnat muhofazasi qismida - qurilishdagi havfli va zararli ishlab chiqarish omillar ko‘rsatib o‘tildi. Ba’zi zararli moddalarning me’yoriy xavfliliginnng ayrim ko`rsatkichlari jadvallarda ko‘rsatib berildi. Kirish yo‘riqnomasi maxsus adabiyot, ko‘rgazmali qurollar bilan jihozlangan mehnat muhofazasi xonasida, zamonaviy texnik vositalardan foydalangan holda o‘tkazilishi tavsiya etildi.

    Ushbu bitiruv malakaviy ishida keltirilgan ilmiy o`quv markazi binosining konstruksiyalarni monolit poydevor, ustun , to`sin va orayopmalardan iborat modeli yaratilib armaturalanish foizi hisoblandi.


    Lira dastur majmuasi yangi operatsion tizimlar va grafik muhitlarga, texnik platformalarga va loyihalash jarayonidagi ilmiy-tadqiqot texnologiyalariga uzluksiz bog‘liq ravishda rivojlanib borayotgan bim texnalogiyasiga oid sistema hisoblanadi bu dasturlarning yangi avlodiga Rivet dasturini misol qilsa bo`ladi.

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


    1. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarga mo„ljallangan Yangi O„zbekiston- ning taraqqiyot strategiyasi” Davlat Dasturi


    3. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2016 йил 21 октябрдаги ПҚ-2639-сонли Қарори билан тасдиқланган “2017-2021 йилларда қишлоқ жойларда намунавий лойиҳалар бўйича арзон уй-жойларни қуриш Дастури”.
    3. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 24 ноябрдаги “Қишлоқ жойларда ва фуқароларнинг айрим тоифалари учун арзон уй-жойлар қуришни кенгайтиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-4028-сонли Қарори.
    4. Буга П.Г. Гражданские. Промышленные и сельскохозяйственные здания. Учебник.-М.: Высщая школа, 1983. – 408 с.
    5. Орловский Б.Я., Магай А.А. Основы проек- тирования гражданских и промышленных зданий. Учебное пособие. – М.: Стройиздат, 1980. -240 с.
    6. Абуханов А.З., Белоконев Е.Н., Белоконева Т.М., Алиев С.А. Основы архитектуры зданий и сооружений. Учебник. - М.: РИОП ИНФРА-М, 2021.-196 с.
    7. Тусина В.М. Архитектура гражданских и промыш- ленных зданий. Учебное пособие. - М.: АСВ, 2019. - 328 с.
    8. Забалуева Т.Р. Основы архитектурно-конструк- тивного проектирования. Учебник. - М: Изд-во МГСУ, 2015. - 196 с.
    9. Шерешевский И.А. Конструирование гражданс- ких зданий. Учебное пособие. –М.: Архитектура - С., 2019. - 176 с.
    10. Шерешевский И.А. Конструирование гражданс- ких зданий. - М.: Архитектура - С., 2007.
    11. Туполев М.С. Конструкции гражданских зданий. Учебник. - М.: Архитектура - С., 2007. - 240 с.
    12. Маклакова Т.Г. Архитектурно-конструктивное проектирование зданий. Т.1. Жилые здания. - М.: Ар- хитектура - С., 2010.
    13. Маклакова Т.Г. Конструкции гражданских зданий.
    - М.: АСВ, 2004.
    14. Чикота С.И. Архитектура. - М.: АСВ, 2010.
    15. Вильчик Н.П. Архитектура зданий. Учебник для сред. спец. учеб. заведений. - М.: ИНФРА-М, 2007.
    16. Дыховичный Ю.А. и др. Архитектурные конструкции. Книга1. Архитектурные конструкции жилых зданий. Учебное пособие. - М.: Архитектура
    - С., 2011.
    17. Благовещенский Ф.А., Букина Е.Ф. Архитектурные конструкции. Учебник. - М.: Архитектура - С., 2011.
    18. Dominick R.Pilla. Elementary Structural Analysis and Design of Buildings. A Guide for Practicing Enginecrs fnd Studeuts CRC Press Taylor Francis Group Boca Raton London, New York, 2017 y.
    19. Zevi B. le Langage de l’architekture. – Paris, 1981.
    20. Walter R.Jaggard Francis E.Drury Architectural Building construction:Volume 1: A Text Book for the architectural and Building Student Cambridge Univ Press England,Cambridge,2013.
    21. Francis D.K.Ching Building Construction Illustrated 5 th Edition Wiley; 5 edition USA,2014.
    22. ШНҚ 2.01.01-22 “Лойиҳалаш учун иқлимий ва физикавий-геологик маълумотлар”-Тошкент,2022 й.
    23. ШНҚ 2.01.02-04 “Бино ва иншоотларнинг ёнғин хавфсизлиги”.-Тошкент,2004 й.
    24. ҚМҚ 2.01.03-19 “Сейсмик ҳудудларда қурилиш”. - Тошкент, 2019 й.
    25. ҚМҚ 2.01.04-18 “Қурилиш иссиқлик техникаси”.
    – Тошкент, 2018 й.
    26. ҚМҚ 2.01.05-19 “Табиий ва сунъий ёритиш”.- Тошкент, 2019 й.
    27. ШНҚ 2.08.02-09* “Жамоат бинолари ва иншоот- лари”. - Тошкент, 2009 й. (Ўзбекистон Республикаси Қурилиш Вазирлигининг 2019 йил 23 декабрдаги 561-сонли буйруғи билан тасдиқланган “Жамоат бинолари ва иншоотлари”га 3-сонли ўзгартириш ҳисобга олинган).
    28. Интернет сайтлари:
    - www.gov.uz - O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.
    - www.lex.uz - O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.
    - www.minstroy.uz - O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi.
    - www.ZiyoNet.uz.
    - www.google.ru.
    - www.google.uz.
    - www.ASV.ru.






    Download 1,05 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 1,05 Mb.