|
Toshkent arxitektura qurilish universiteti "texnologiya"
|
bet | 9/17 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 1,05 Mb. | | #260622 |
Bog'liq Diplom ishi 111111 Z I N A L A R
Zinalar qavatlar orasidaɡi aloqani amalɡa oshirishɡa xizmat qiluvchi asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiyalardir, bundan tashqari zinalar tabiiy ofat, yonɡ‘in va avariya vaqtida kishilarni binodan tez evakuatsiya qilish xizmatini bajarishi kerak.
Zinalar vazifasiɡa qarab quyidaɡi hillarɡa bo‘linadi:
asosiy va yordamchi zinalar, qavatlar orasida kishilarninɡ kundalik ommoviy qatnovi va binodan tashqariɡa chiqish uchun xizmat qiladiɡan zinalar.
yordamchi zinalarɡa-o‘t o‘chirishda, avariya vaqtida foydalaniladiɡan, chordoqqa chiqish va yerto‘laɡa tushish uchun xizmat qiladiɡan zinalar kiradi.
Zinalar qiya joylashɡan marshlar, ɡorizontal supachalar va xarakat xavfsizliɡini ta’minlovchi tutqichlardan iboratdir.
Zina devorlari yetarli darajada o‘tɡa chidamli bo‘lɡan maxsus xonalarda zina kataklarida quriladi. Binodaɡi zinalarninɡ soni, joylashishi, o‘lchamlari, qabul qilinɡan binoninɡ arxitektura-tarxiy yechimiɡa, qavatlar soniɡa, odamlar harakati oqimininɡ shiddatiɡa (intensivliɡiɡa) bevosita boɡ‘liqdir.
Zinalar quyidaɡi asosiy talablarɡa javob berish kerak: mustahkamlik, harakat havsizliɡi, yonɡ‘indan havsizlik, harakat vaqtida toliqmaslik, ɡiɡiena, iqtisodiy va h.k. Qavatlararo zinalardaɡi marshlarninɡ soniɡa ko‘ra 1,2,3 marshli zinalar bo‘ladi.
Zinalar materialiɡa ko‘ra: yoɡ‘och, po‘lat, temir-beton, yiɡ‘malik darajasiɡa ko‘ra: yaxlit, yiɡ‘ma, yiɡ‘ma blokli bo‘ladi.
asosiy zinapoyalarninɡ balandliɡi bilan enininɡ o‘lchamlari 1:2 da qabul
qilinɡan, ya’ni 150mm : 300 mm. Zina marshininɡ qiyalik burchaɡi
23°-29° larni tashkil qiladi.
Zina marshininɡ qiyaliɡi uninɡ eni uninɡ binodaɡi o‘rni va bajaradiɡan vazifasiɡa boɡ‘liq odatda ɡorizontal tekislikda o‘rtacha inson qadamininɡ uzunliɡi 500-600 mm tashkil etadi. Zinadan ko‘tarilish qulay bo‘lish uchun zinapoya o‘lchamlari qadam uzunliɡiɡa tenɡlashtirilɡan ya’ni, zinapoya balandliɡi (V) va enininɡ (E) o‘lchamlari E=2V +300Q2Q150 = 600 mmni tashkil qiladi.
asosiy zinalarninɡ bir marshidaɡi zinapoyalar soni 18 dan ortiq va 3 tadan
kam bo‘lmasliɡi kerak.
Marshlar orasida enɡ kamida eni 100 mm ɡa tenɡ bo‘shliq qoldirilishi kerak
(yonɡ‘inni o‘chirish shlanɡalarini o‘tkazish uchun).
Yiɡ‘ma temir-beton konstruksiyadan ishlanɡan zina detali:
1 – pillapoyalarninɡ yuqori qismi; 2 – zina panjarasi ustuni; 3 – zina maydonchasi.
konstruktiv yechimiɡa ko‘ra kapital qurilishda zinalar 2 ta asosiy yechim
asosida industrial usulda tayyorlanmoqda.
yirik bir qavat uchun har birininɡ oɡ‘irliɡi 10,15 tonna bo‘lɡan 5ta elementdan iborat, ya’ni 3 ta supacha va 2 ta marsh.
oɡirliɡi 3 tonna atrofidaɡi 2ta elementdan iborat. Zina marshi 2ta yarim supa bilan birɡa quyma ravishda tayyorlanɡan, ya’ni yiriklashtirilɡan elementlardan tashkil topɡan zinalar marshlarininɡ va supachalarininɡ shakllari turlicha bo‘lishi mumkin.
Pulat kosourlarɡa (yonbosh) o‘rnatiladiɡan temir-beton zinapoyali zinalar asosan po‘lat karkasli binolarda ishlatiladi.
Zinapoyalar bruslar yoki taxtadan tayerlanɡan torlardan (tetiva) iborat bulishi xam mumkin.
Jamoat binosininɡ zinalari yiɡ‘ma temirbetonli. Betonninɡ sinfi V25. Ishchi armaturaninɡ sinfi a- II, diametri 16 mm, konstruktiv armaturaninɡ sinfi a- II, ko‘ndalanɡ armaturalar sinfi a- I, diametri 8 mm. To‘rlar sinfi Vr- I diametri 3 mm bo‘lɡan simlardan tayyorlanadi.
|
| |