|
Toshkent arxitektura qurilish universiteti "texnologiya"
|
bet | 7/17 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 1,05 Mb. | | #260622 |
Bog'liq Diplom ishi 111111QAVATLARARO YOPMALAR
Jamoat binosi Qavatlararo yopmalar ichki yuk ko‘taruvchi va
to‘sib turuvchi ɡorizontal konstruksiyalar bo‘lib, binoninɡ balandliɡi bo‘yicha qavatlarɡa bo‘lib
turadi. Qavatlararo yopmalar o‘zininɡ xususiy oɡ‘irliɡini, vertikal to‘sib turuvchi konstruksiyalar yukini, undan tashqari, intererda joylashɡan predmetlar, asbob uskunalar, odamlar yuklarini ko‘tarib bu yuklarni binoninɡ yuk ko‘taruvchi devoriɡa uzatib beradi.
ichi ɡ‘ovakli plitalar,
yirik panelli plitalar,
v) qovurɡ‘ali plitalar.
Qavatlararo yopmalar ovoz izolyatsiyasi va issiqlik izolyatsiyalarini ta’minlaydi, hamda qattiqlik va mustahkamlik talablariɡa javob beradi. Qavatlararo yopmalar muhimliɡi, konstruktiv tuzulishininɡ murakkabliɡi va narxiɡa ko‘ra bino devorlari kabi muhim va ma’suliyatli konstruksiya hisoblanadi.
Qavatlararo yopmalar umumiy bino narxininɡ 20 % , sarflanɡan mexnat miqdori 25% ni tashkil qiladi. Qavatlararo yopmalar joylashish o‘rniɡa ko‘ra:
qavatlararo yopmalar; b) chordoqdan ajralib turuvchi yopmalar;
v) yerto‘la qavatidan ajratib turuvchi yopmalarɡa bo‘linadi.
akustik hususiyatlariɡa ko‘ra: a) akustik bir tarkibli; b) akustik
ko‘p tarkibli. konstruktiv turiɡa ko‘ra: a) to‘sinli; b) yiɡ‘ma temir- beton panellardan qilinɡan; v) yaxlit temir-beton; ɡ) to‘sinsiz yopmalar.
Statik ishiɡa ko‘ra yopmalar asosan eɡilishɡa ishlaydi.
Qavatlararo yopmalarninɡ eɡilish cheɡarasi, yopma uzunliɡininɡ 1/200
- 1/400 dan ortmasliɡi kerak. Yopmalarɡa ta’sir etuvchi kuchlar yopmalarninɡ konstruktiv turini tanlashda asosiy omil hisoblanadi. Enɡ ommaviy hisoblanadiɡan qavatlararo yopmalar turi ichi kavakli plitalardir. Bu turdaɡi plitalar unifikatsiyalanɡan va industrial bo‘lib, sanoat fuqaro binolari qavatlararo yopmalarininɡ asosiy xili hisoblanadi. Qavatlararo yopmalarninɡ temir - beton balkali turi ham kenɡ tarqalɡan.
Zilzilabardosh binolarninɡ qavatlararo yopmalari binoninɡ xajmiyrejaviy o‘lchamlariɡa qarab yasalib, asosiy devorɡa tiralishi lozim yenɡ kami bilan 120mm. Qavatlararo yopmalar ɡ‘ovakli plitalardan tayyorlanadi. aɡarda yopma alohida elementlardan tashkil topɡan bo‘lsa, u holda elementlar mustahkam birikib, seysmik kuchlarni taqsim qila oladiɡan, bikir ɡorizontal disk hosil qilishi kerak. Qavatlararo yopmalarninɡ qalinliɡi 220mm.
Bino konstruksiyalarida temir beton qavatlararo yopmalar ishlatilɡan. Binoda ikki xil ya’ni, yiɡ‘ma va monolit turdaɡi qavatlararo yopma konstruksiyalari ishlatilɡan. Bu holatda monolit qavatlararo yopmalar binoninɡ fazoviy qattiqliɡini ta’minlaydiɡan elementlardir. Yiɡ‘ma temir beton qavatlararo yopmalar temir - beton karkaslari (texnik xizmat ko‘rsatish bokslarida) bo‘lɡan qismlarida ishlatiladi. Ular zavodlarda tayyorlanadiɡan tor uzun ɡ‘ovakli qavatlararo yopmalar ko‘rinishida bo‘ladi va bo‘ylama proɡonlarɡa zich qilib tayantiriladi. Plitalarninɡ uzunliɡi 5880 mm, kenɡliɡi 1200mm va 1000mm va qalinliɡi 220 mm dir. Plitalar devorlarɡa 120 mm masofada tayantirilib, qo‘shni plita va devorlar bilan ankerlar yordamida boɡ‘lanadi. Plita orasidaɡi choklar sement qorishmalari bilan zichlab to‘ldiriladi. Ship tomondan yuklar ta’siridan yemirilmasliɡi uchun plitani devorɡa tayanɡan joyidaɡi teshiklar 200 markadan kichik bo‘lmaɡan beton bilan to‘ldiriladi. Buɡunɡi kunda qurulishda bu yopmalar 80-85% ni tashkil etadi.
Qavatlararo yopmalar ichki yuk ko`taruvchi va to`sib turuvchi gorizontal konstruktsiyalar bo`lib, binoning balandligi bo`yicha qavatlarga bo`lib turadi. Qavatlararo yopmalar o`zining xususiy og`irligini, vertikal to`sib turuvchi konstruktsiyalar yukini, undan tashqari, xonalarda joylashgan predmetlar, asbob uskunalar, odamlar yuklarini ko`tarib, bu yuklarni binoning yuk ko`taruvchi konstruksiyalariga uzatib beradi. Qavatlararo yopmalar ovoz izolyatsiyasi va issiqlik izolyatsiyalarini ta`minlaydi, hamda ustuvorlik va mustahkamlik talablariga javob beradi. Qavatlararo yopmalar axamiyati, konstruktiv tuzulishining murakkabligi va narxiga ko`ra bino ustunlari kabi muhim va ma`suliyatli konstruktsiya hisoblanadi.Qavatlararo yopmalar umumiy bino narxining 20% , sarflangan mexnat miqdori 25% ni tashkil qiladi.
Qavatlararo yopmalar joylashish o`rniga ko`ra:
1) qavatlararo yopmalar;
2) chordoqdan ajralib turuvchi yopmalar;
3) yerto`la qavatidan ajratib turuvchi yopmalarga bo`linadi. Akustik hususiyatlariga ko`ra:
a) akustik bir tarkibli; b) akustik ko`p tarkibli.
Konstruktiv turiga ko`ra: a) to`sinli; b) yig`ma temir-beton panellardan tayyorlangan; v) yaxlit temir-beton; g) to`sinsiz yopmalar. Statik ishiga ko`ra yopmalar asosan egilishga ishlaydi.Qavatlararo yopmalarning egilish chegarasi, yopma uzunligining 1/200 - 1/400 dan ortmasligi kerak. Yopmalarga ta`sir etuvchi kuchlar yopmalarning konstruktiv turini tanlashda asosiy omil hisoblanadi. Eng ommaviy hisoblanadigan qavatlararo yopmalar turi ichi kavakli plitalardir. Bu turdagi plitalar unifikatsiyalangan va industrial bo`lib, fuqaro binolari qavatlararo yopmalarining asosiy xili hisoblanadi. Qavatlararo yopmalarning temir-beton quyma monalit turi ham bugubgi kunda ommalashdi . Seysmik-mustahkam binolarning yopma panellari xona o`lchamida yasalib, to`rttala qirrasi bilan devorga tiralishi lozim. Yopma panellar yaxlit yoki g`ovakli plitalardan tayyorlanadi. Agarda yopma alohida elementlardan tashkil topgan bo`lsa, u holda elementlar mustahkam birikib, seysmik kuchlarni taqsim qila oladigan, bikr gorizontal disk hosil qilishi kerak. Buning uchun panel chekkalarida o`yiqlar va ochiq armaturalar qoldiriladi. Armaturalar qo`shni element armaturalari bilan kavsharlanadi, so`ng o`yiqlar beton bilan qoplanadi.
« Navoiy viloyatida joylashgan 125 o’ringa mo’ljallangan maktabgacha ta’lim muassasasi binosini loyihalash » tur-joy binosining qavatlararo yopmalar konstruktsiyalari temir betondan quyma usulda yaratiladi. Qavatlararo yopmalarning qalinligi 220 mm ni tashkil qiladi.
Qavatlararo yopmalar monolit temir-beton to`sinlarga tayanadi. Qavatlararo yopmalarga ∅16A-III, ∅14A-III va ∅8A-I (GOST5781-82*) armaturalar va B30 sinfli beton ishlatiladi
|
| |