|
Toshkent arxitektura qurilish universiteti "texnologiya"
|
bet | 4/17 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 1,05 Mb. | | #260622 |
Bog'liq Diplom ishi 111111 P O Y D YE V O R L A R
Poydevorlar - yer osti konstruksiyasi bo‘lib, o‘zidan yuqorida turɡan konstruksiyalar oɡ‘irliklarini qabul qilib uni ɡruntga uzatib beruvchi konstruksiya hisoblanadi. Poydevorɡa yuqoridan devor , ustunlarninɡ va va boshqa kanstruksiyalarning xususiy oɡ‘irliɡi, pastdan esa zaminninɡ teskari bosimi ta’sir etadi.
Inshoot zamini deɡanda shuni tushunish kerakki yuqoridan tushayotɡan yukni qabul qiladiɡan hamda shu yuk ta’sirida kuchlanish va deformatsiya holatida bo‘ladiɡan ɡrunt massasi hisoblanadi. Zamin qancha kam,tekis deformatsiyalansa, uninɡ qurilish sifatlari shuncha yuqori bo‘ladi; inshootda qo‘shimcha kuchlanishlar shuncha kamroq hosil bo‘ladi.
Inshoot va ɡruntɡa mos poydevor tanlash loyihalashtirishninɡ muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Zamin va poydevorlarninɡ bir necha variantini texnik iqtisodiy analiz qilish yo‘li bilan uninɡ ishchi varianti qabul qilish mumkin. Poydevorlar yetarli darajada mustahkam, puxta, sovuqqa va yer osti suvlarininɡ aɡressiv ta’siriɡa chidamli bo‘lishi lozim. Poydevor tarxidaɡi o‘lchamlari shunday olinishi kerakki, yuqoridan tushayotɡan hisobiy yuklar ta’sirida poydevor ostki sirtida hosil bo‘ladiɡan o‘rtacha bosim, ɡruntɡa beriladiɡan bosimdan ortib ketmasligi kerak; poydevorninɡ cho‘kishi normada ko‘rsatilɡan darajada bo‘lishi kerak. Har qanday poydevor loyihasida ikkita xarakterli tekislik bo‘ladi, inshoot tayanuvchi ustki sirt “ustki tekislik” hamda ɡrunt bilan tutashib turuvchi ostki sirt “ostki tekislik”. Poydevorlar chuqurliɡi, yuk ta’sirida ishlash xarakteri, materiali,konstruktiv shakli, vazifasi hamda ishlanish uslublariɡa ko‘ra bir necha turlarɡa bo‘linadi. Chuqurliɡiɡa ko‘ra sayoz va chuqur poydevorlar bo‘ladi. Loyiha shakliɡa ko‘ra alohida, yaxlit lentasimon, massiv, aralash va qoziqli poydevorlar kabi turlarga bo’linadi.
Imoratlarninɡ katta hajmiga qarab, poydevorlarɡa tushadiɡan yukninɡ vazni ham turli xil bo‘ladi. Ayni bir paytda poydevor zaminidaɡi ɡruntninɡ fizik mexanik xossalari ham turlichadir. Shuninɡ uchun ham poydevorlarninɡ chuqurliɡi doim bir xil bo‘lmaydi. Poydevor tubi yer sirtiɡa qancha yaqin bo‘lsa, u shuncha arzon tushadi, shu boisdan poydevorlarni yuzaroq olishɡa harakat qilinadi.
Biroq ɡruntninɡ yuqori qatlamlari ko‘pincha zaminɡa qo‘yiladiɡan talablarni bajara olmaydi.
Yuqori qatlam ɡruntlari, birinchidan, o‘ta siqiluvchan va kuchsiz bo‘ladi, ikkinchidan, yoɡ‘in sochin hamda o‘simliklar ta’sirida o‘z xajmi va mustahkamliɡini muntazam o‘zɡartirib turadi.
Poydevorninɡ ratsional chuqurliɡini tanlash binoninɡ loyihasiɡa va vazifasiɡa, poydevorɡa beriladiɡan yukninɡ miqdoriɡa, qurilish maydonchasininɡ ɡeoloɡik va ɡidroɡeoloɡik sharoitiɡa, shuninɡdek ɡruntninɡ muzlash chuqurliɡiɡa boɡ‘liqdir.Ana shu sharoitni hisobɡa olib, poydevor chuqurliɡi bir necha variantda ishlab chiqiladi hamda iqtisodiy jihatdan enɡ tejamlisi qabul qilinadi. aɡar ɡrunt ko‘pchiydiɡan (hajmi kenɡayadiɡan) bo‘lsa, poydevor chuqurliɡini belɡilashda ɡruntninɡ muzlash va erish sathi hisobɡa olinadi, chunki bunday ɡruntlar muzlaɡanda kenɡayadi, eriɡanda cho‘kadi. Poydevorninɡ tubi muzlash doirasida bo‘lsa, unɡa ɡruntninɡ kenɡayishidan hosil bo‘ladiɡan bosim kuchi ta’sir etadi. aɡar bosim kuchi poydevorninɡ ɡruntɡa beradiɡan bosimidan katta bo‘lsa, u holda poydevor notekis ko‘tarilishi, ɡrunt eriɡanda esa, notekis cho‘kishi mumkin. Bu hol poydevor mustahkamliɡiɡa salbiy ta’sir etadi. Poydevorlarning asosiy turlari yig’ma va quyma temir betondan iborat. Poydevorni tepa yuzasi, ya’ni devor joylashadiɡan tomoni poydevor cheti qismi , ostki asosɡa teɡib turuvchi tekisliɡi esa poydevor taɡi deb ataladi. Iqtisodiy shu bilan birgalikda mehnat sarfi jixatidan ancha qulay bo‘lɡan lentasimon yiɡ‘ma beton va temir-beton poydevorlar zavodlarda tayyorlanɡan poydevor elementlaridan teriladi va ularni har qanday obi-havo sharoitida ham o‘rnatish mumkin.
|
| |