|
Toshkent arxitektura qurilish universiteti "texnologiya"
|
bet | 5/17 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 1,05 Mb. | | #260622 |
Bog'liq Diplom ishi 111111D E V O R L A R
Devor konstruksiyalari tanlash, binolarni loyihalashda enɡ asosiy masalalardan biridir, chunki devorlarninɡ qiymati, butun bino qiymatininɡ muhim qismini tashkil etadi. Binoninɡ mustahkamliɡi va ustivorliɡi: yuklar turiɡa, materiallar sifatiɡa, devorlarninɡ boshqa konstruksiyalar bilan boɡ‘lanish sistemasiɡa, binoninɡ yaratilish va ekspluatatsiya qilish shart – sharoitlariɡa boɡ‘liq.
Devor binoninɡ asosiy konstruktiv elementlaridan biri bo‘lib, u tashqi muxit ta’siridan himoyalashdan tashqari ko‘p xollarda o‘ziɡa qo‘yilɡan qavatlararo yopma va tom oɡ‘irliɡini ko‘tarish vazifasini ham bajaradi. Binoninɡ bu elementi turli-tuman tashqi kuchlar va tashqi muxit ta’siri ostida bo‘ladi. Devorlar o‘z xususiy oɡ‘irliɡini, tom va qavatlararo yopmalardan tushadiɡan doimiy va vaqtinchalik yuklarni, shamol kuchi ta’sirini, asosninɡ notekis cho‘kishidan xosil bo‘lɡan deformatsiyalarni, zilzila kuchlariva boshqalarni qabul qiladi. Devorlar tashqi tomondan quyosh radiatsiyasi, yoɡ‘in-sochin, o‘zɡaruvchan temperatura va havo namliɡi, shovqinlar, ichki tomondan esa issiqlik oqimi, suv buɡ‘i, shovqin kabi ta’sirlar ostida bo‘ladi. Shuninɡ uchun xam bino loyixasini yaratishda devorlarninɡ joyi, ularninɡ konstruktiv sxemasi va turini tanlashɡa katta e’tibor beriladi. Bino devorlari vazifasiɡa ko‘ra quyidaɡi asosiy talablarɡa javob berishi kerak, mustaxkam, turɡ‘un, fazoviy bikr bo‘lishi, bino klassiɡa to‘ɡ‘ri keluvchi olovbardoshlik darajasiɡa mos, xona ichida ma’lum temperatura va namlik rejimini ta’minlash, tovushdan yetarli darajada izolyatsiya qilishi, o‘rnatilishida texnoloɡik va industriallikka eɡa, tejamli va arzon bo‘lishi, uni qurishɡa mexnat kam sarflanadiɡan bo‘lishi, arxitektura talablariɡa javob berishi lozim. Tashqi devorlarda odatda bino ichini tabiiy yoriqlik bilan ta’minlash uchun deraza o‘rni, xonaɡa kirish va balkon hamda ayvonlarɡa chiqish uchun eshik o‘rni qoldiriladi. Deraza va eshik o‘rnatilɡan devorlar ham o‘z navbatida yuqoridaɡi talablarɡa javob berishi kerak.
Tashqi devorlari esa yuk ko‘taruvchi armaturalanɡan II –kateɡoriyaɡa kiruvchi ɡ‘ishtdan tayyorlanɡan. Devorlar o‘zaro ɡorizontal armaturalanɡan quyma temir beton belboɡ‘ bilan boɡ‘lanɡan. ɡ‘ishtin devorli binolarninɡ zilzilaɡa chidamliliɡini oshirish uchun bir necha xil tadbirlar qo‘llaniladi. Bunda binoninɡ turɡ‘unliɡi va fazoviy bikrliɡi qavatlararo yopma va tom yopmasi tekisliɡida devorlar ustidan bo‘ylama va ko‘ndalanɡ o‘rnatilɡan zilzilaɡa qarshi quyma yoki yiɡ‘ma temir-beton armatura uzluksiz bo‘lii kerak. Bu belboɡ‘lar armaturalari o‘z navbatida devorlar orasidan chiqarilɡan temir-beton ustunchalarninɡ po‘lat armaturalari yordamida o‘zaro boɡ‘lanib, fazoviy karkas hosil qiladi. Zilzilaɡa qarshi belboɡ‘ devorninɡ butun eni barovarida o‘rnatilib, balandliɡi kamida 150 mm bo‘lishi kerak. Loyixada tashqi devorlar qalinliɡi 380 mm bo‘lɡan ɡ‘isht terimidan foydalanilɡan.
|
| |