Toshkent arxitektura qurilish universiteti "texnologiya"




Download 1,05 Mb.
bet2/17
Sana05.06.2024
Hajmi1,05 Mb.
#260622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Diplom ishi 111111

M U N D A R I J A

Malakaviy bitiruv ishibo‘yicha topshiriq............................................................


Kirish 6
Arxitektura-qurilish qismi 12
Qurilish tumanining tasniflari 12
Hajmiy - tarxiy yechimlar 14
Texnik-iqtisodiy kursatkichlar 16
Konstruktiv yechimlar 17
Poydevorlar 18
Devorlar va Pardadevorlar 20
Qavatlararo yopmalar 23
Pollar 27
Zinalar 30
Tomlar va tom qopmalari 32
Tashqi va ichki pardozlash 34
Obodonlashtirish, irrigatsiya va ko‘kalamzorlashtirish 34
Hisobiy qismi 35
Mehnat muhofazasi qismi 46
Xulosa. 58
Foydalanilgan adabiyotlar 60
Kirish
O’zbekistonda arxitektura va qurilish ayniqsa u mustaqillikka erishganidan keyingina jadal suraatlar bilan rivojlana boshladi. Oldinlari Navoiy, Angren, Jizzax kabi sanaladigan erkin iqtisodiy zonalarimiz bo’lgan bo’lsa, bugungi kunga kelib esa har yili bunday zonalarning bir nechtasi paydo bo’lmoqda. Bunday erkin iqtisodiy zonalarda zamonaviy, qulay sharoitli, arzon turar-joy binolari, xalqqa zamonaviy xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan turli-tuman jamoat binolari, katta-kichik har xil turdagi innovatsion texnologiyalar asosida faoliyat ko’rsatadigan ishlab chiqarish korxonalari bunyod etilmoqda. Bu ishlarga chet el investitsiyalari hamda texnika-texnologiyalari, mutaxassislari keng jalb qilinib kelmoqda.
Qurilish sohasini jadal rivojlantirish, qurilishda yangi yangi texnologiyalar va energiya tejamkor materiallarni ko’broq qo’llash, qurilish-pudratchi va loyixa tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ular uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini kuchaytirish soha rivojining yangi davrini boshlab berdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026 yilarga mo’ljallangan Yangi O’zbekiston- ning taraqqiyot strategiyasi” Davlat Dasturida 2022-2026 yillarda 5 mlrd. AQSH dollarlik loyihalarini amalga oshirish orqali qurilish materiallari sohasini yanada rivojlantirish, yani qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini 2 barovarga Ko’p paytirish, renovatsiya va uy-joylar dasturi asosida shaharlarda eskirgan uylar o’rniga 19 million kvadrat metrdan ortiq zamonaviy uy-joylarni barpo etish, 275 mingdan ziyod oilani yangi massivlarga ko’chib o’tishi uchun sharoit yaratish, 2026- yilga qadar 72 400 o’rinli 181 ta talabalar turar joylarini barpo etish natijasida talabalarni yotoqxona bilan ta‟minlash darajasini 60 foizdan oshirish, shaharlarni raqamlashtirish, qurilish va loyihalashtirish ishlari sifatini oshirish, “Aqlli shahar” konsepsiyasiga muvofiq rivojlantirish, oliy ta‟lim muassasalarida arxitektura-qurilish sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni amaliyot bilan uyg„unlashtirish, qurilish sohasini texnik tartibga solish, aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqarish tizimini tubdan takomillashtirish va shaharsozlik hujjatlari bilan ta‟minlash dasturini ishlab chiqib, amalga oshirish, aholini joylashtirishning bosh sxemalrini ishlab chiqish va boshqa masalalar ko’zda tutilgan.
2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasining “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid Davlat Dasturida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida hududlarning “o’sish nuqtalari” dan kelib chiqib, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma ob‟ektlarini qurishga alohida e‟tibor qaratish, 2022-yilda respublikaning 323 ta qishloq va 90 ta mahallalarining arxitektura qiyofasini tubdan yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish va aholi turmush darajasini oshirish, 18 800 o’rinli 47 ta talabalar turar joylarini barpo etish, “Yangi O’zbekiston massivlari” davlat dasturi doirasida quriladigan uy-joy, ijtimoiy va tijorat ob‟ektlarini qurishda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchi qurilmalardan keng foydalanish, xususiy sektor, ijtimoiy soha va mahalliy boshqaruv organlari ob‟ektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo’yicha namunaviy loyihalarni ishlab chiqish, xorijiy konsultantlarni taklif qilgan holda loyiha va qurilishda BIM texnologiyalarilan foydalanishni tartibga soluvchi texnik normativ jujjatlarni ishlab chiqish va uni “aqlli shaharlar” konsepsiyasiga muvofiqligini ta‟minlash,

Jamoatchilik muhokamasi natijasida «Harakatlar strategiyasidan ————


———— Taraqqiyot strategiyasi sari» tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yoʼnalishdan iborat 2022 — 2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni «Inson qadrini ulugʼlash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin:
inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori oʼsish surʼatlarini taʼminlash;
adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;
mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturlar asosida har yili barcha tuman va shaharlarning barcha joylarida muammo va imkoniyatlarini chuqur o‘rgangan holda hududlar kesimida taraqqiyot dasturlari ishlab chiqiladi;
Shaharlardagi aholining turmush tarzi qulayligini baholovchi «Shaharlar qulayligi» indeksini joriy etish.
Shaharlarni raqamlashtirish, qurilish va loyihalashtirish ishlari sifatini oshirish va «Aqlli shahar» konsepsiyasiga muvofiq rivojlantirish.
Toshkent shahrida barpo etilgan «INNO» innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkini 4 ta hududda tashkil etish. Innovatsion hududga aylantirilayotgan tumanlarda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘zlashtirish.
Oliy ta’lim muassasalarida arxitektura-qurilish sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish.
Qurilish sohasini texnik tartibga solish. Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tizimini tubdan takomillashtirish va shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlash dasturini ishlab chiqib, amalga oshirish.
Aholini joylashtirishning bosh sxemasini ishlab chiqish. Renovatsiya va uy-joylar dasturlari asosida shaharlarda eskirgan uylar o‘rniga 19 million kvadrat metrdan ortiq zamonaviy uy-joylarni barpo etish, 275 mingdan ziyod oilaning yangi massivlarga ko‘chib o‘tishi uchun sharoit yaratish
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligiga oid texnik jihhatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
2024 — 2026-yillarda takomillashtiriladigan shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ hujjatlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2024 — 2026-yillarda ishlab chiqiladigan “Uzbekistan building code” UBC 3-ilovaga muvofiq;
Qurilish resurslari millliy klassifikatorini joriy qilish va narxlar elektron platformasini shakllantirish sxemasi 4-ilovaga muvofiq;
Qurilish jarayonlariga loyiha boshqaruvining raqamli tizimini joriy etish sxemasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
qurilish va uy-joy sohasidagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda shaharsozlik norma va qoidalarini (keyingi o‘rinlarda — normativ hujjatlar) hamda innovatsion va raqamli texnologiyalarni o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqish, amaliyotga joriy qilish muammolarini tahlil qilish orqali takomillashtirish;
normativ hujjatlarni xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish, ekspertizadan o‘tkazish, kelishish va ularning fondini yaratish;
vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan va taqdim etilgan qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarining sohadagi normativ hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan xulosalar berish;
eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan shaharsozlik normalari va qoidalarini qayta ko‘rib chiqish, amaliyotda qo‘llash bilan bog‘liq muammolarni tahlil qilish hamda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan uyg‘unlashtirish;
qurilish materiallarini guruhlarga va bo‘limlarga tasniflagan holda, har birining alohida identifikatsiya raqamlanishini va normativ hujjatlarga muvofiq nomlanishini nazarda tutuvchi milliy klassifikatorni joriy qilish va narxlar elektron platformasini yuritish;
qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasiga raqamli texnologiyalar asosida axborot-dasturiy tizimlarini va qurilish jarayonlari monitoringi tizimlarini joriy etish;
bino va inshootlarni energiya samaradorlik nuqtai nazaridan audit qilish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
qurilishda narxlarni shakllantirish tizimi va resurslar sarfi bo‘yicha normativ bazani, shu jumladan, qurilish texnikalari, mashina va mexanizmlar hamda texnologiyalarni xronometrajdan o‘tkazish orqali takomillashtirib borish;
qurilish mahsulotlarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini tasdiqlash.
Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
vazirlikka normativ hujjatlarni takomillashtirish maqsadlari uchun har yili respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida shartnomalar asosida olingan mablag‘lar;
Institutning raqamli texnologiyalar asosida yaratilgan axborot-dasturiy tizimlarda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilardan to‘lanadigan to‘lovlar;
milliy klassifikator va narxlar elektron platformasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar, ish va xizmatlarni sotish bo‘yicha ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilar tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladigan to‘lovlar;
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari;
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar;
xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning grantlari;
tadqiqotlar o‘tkazishdan va shartnoma asosida ishlarni bajarishdan (xizmat ko‘rsatish) tushadigan mablag‘lar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
raqamli texnologiyalar asosida axborot-dasturiy tizimlar, milliy klassifikator va narxlar elektron platformasini joriy qilish, yuritish va uning uzluksiz ishlashini ta’minlash foydalanuvchilarning to‘lovlari, Institut mablag‘lari va Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
vazirlikka normativ hujjatlarni takomillashtirish maqsadlari uchun har yili respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar shartnomaviy munosabatlar asosida taqsimot bilan Institutga va vazirlik tizimidagi loyiha institutlariga yo‘naltiriladi, shuningdek, bunda zarur hollarda boshqa tegishli tashkilotlar jalb etiladi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.J. Ramatov hamda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.

ARXITEKTURAVIY QURILISH QISMI


Qurilish xududi – Navoiy shahri
Iqlimi - keskin kontinental.
Gruntlar - agressiv emas.
Gruntning muzlash chuqurligi - 0,7m.
Yer osti suvlari yerning yuzasidan 1,5-3,0 m. chuqurlikda joylashgan.
Maydonning zilzilabardoshligi - 8 ball.
Qurilish maydoni sharoitlari: lyossimon grunt, 1-katlam sochiluvchan
grunt, quvvati 3,0 m. gacha, sochiluvchan gruntlarni zichlash tavsiya etilmaydi.
2- qatlam suglinka lyosli sog tuproq, makroporistie quvvati 8,0 m. gacha.
Qor qatlami - 50 kg/m2
Shamol bosim tezligi - 38 kg/𝑚2.
Gruntlar - o‘ta cho‘kmaydigan.
Gruntning yuk ko‘tarish qobiliyati - R = 0,2 kg/sm2,
Cho‘kuvchanlik sharoiti bo‘yicha gruntning turi -II kategoriya
Fizik-mexanik xossalarining ko‘rsatkichlari zichlik - 𝛾 = 1,41-1,56 t/𝑚3 ;
Sochiluvchan gruntlarning solishtirma ogirligi- 𝛾 = 1,80 t/𝑚3 ;
Sog‘ tuproqlarning (suglinok) solishtirma ogirligi - 𝛾 = 1,77 t/𝑚3 ;
Ichki ishqalanish burchagi 𝜑=23°07’;
Gruntning yuk ko‘tarish qobiliyati s = 10,0 KPa.
O‘ta cho‘kuvchanlik sharoiti bo‘yicha grunt turi - cho‘kmaydigan.
O‘ta cho‘kuvchanlik qalinligining quvvati - 5,0 m. gacha.
Boshlang‘ich o‘ta cho‘kish bosimi - 0,20 MPa.
Ishonchlilik koeffitsienta 𝛾 = 0,95;
Binoning olovga bardoshlilik darajasi - II.
Nisbiy sathi 0,000 mavjud binoning 1-qavat polidan qabul qilingan.
Havoning eng sovuq oydagi o‘rtacha namligi - 55 %.
Havoning eng iliq oydagi o‘rtacha namligi - 22 %.
Yanvar oyidagi rumb bo‘yicha shamolning o‘rtacha maksimal tezligi-2,1m/s
Iyul oyi uchun esa shamolning o‘rtacha maksimal tezligi -1,4 m / s.
Qish vaqtida ishlarni bajarish uchun ҚМҚ talablariga rioya qilish kerak.
" Navoiy viloyatida joylashgan 125 o’ringa mo’ljallangan maktabgacha ta’lim muassasasi binosini loyihalash " quyidagi me’yoriy xujjatlar ko‘rsatmalariga
binoan loyihalangan.
ҚМҚ 2.01.03 - 2019 Сейсмик ҳудудларда қурилиш. ЎзР Қурилиш вазирлиги.
ШНҚ 2.01.01 - 22 Лойиҳалаш учун иқлимий ва физикавий - геологик
маълумотлар. Тошкент, 2022.
ШНҚ 2.08.02-09* “Жамоат бинолари ва иншоот- лари”. - Тошкент, 2009 й. (Ўзбекистон Республикаси Қурилиш Вазирлигининг 2019 йил 23 декабрдаги 561-сонли буйруғи билан тасдиқланган “Жамоат бинолари ва иншоотлари”га 3-сонли ўзгартириш ҳисобга олинган).

BOSH REJA


Bosh reja yokida asosiy reja - 1. meʼmorlikda shaharning kelajakdagi rivojini aks ettiruvchi asoslangan ilmiy loyiha. Aholi yashaydigan manzilarda yangi binolar qurish, meʼmoriy obidalarni taʼmirlash, koʻkalamzorlashtirish, maydon, transport yoʻllari, yer osti yoʻllari va boshqalarni vujudga keltirish kabilar aks etadi. Unda shaharning maʼlum yillarda koʻzda tutilgan taraqqiyoti, qayta tiklash ishlari, qurilishlarning muddatlari boʻladi. 2. Sanoat korxonasi Bosh rejasi korxona loyihasining asosiylaridan boʻlib, unda ishlab chiqarish binolarini joylashishi, transport aloqalari, hududini obodonlashtirish va boshqa masalalarni rejalashtirishni uygʻunlikda hal qilish masalalari kiradi.
Bosh reja loyihalashda, avvalo bino joylashgan maydonining relefni, atrofidagi mavjud bino va inshootlar holatini, ishlab chiqarish korxonalari, maishiy xizmat shaxobchalari funksional jixatlari, loyixada rejalashtirilgan bino joylashashi holatining quyoshga nisbatan xolatini o‘rganib chiqish va shaxarsozlik normalariga qat’iy rioya qilinishi lozim. (ШНҚ 2.08.01.03* talablarini inobatga olish shart.) Malakaviy bitiruv ishida taklif etilgan jamoat binosini Navoiy shahrida loyixalash ko‘zda tutilgan. Bunda yuqorida qayd etib o’tilgan normalardan kelib chiqqan holda binoni bosh tarxini loyixalashda shamol yo‘nalishini ham , quyosh orientatsiyasini ham, ishlab chiqarish inshootlarini shamol yo‘nalishini past tomoniga joylashgani inobatga olingan. Bino atrofida yong‘in xavfsizligi talablariga mos yo‘laklar, landshaft ko‘kalamzorlashtirish maydonlari va piyodalar uchun yo‘laklar, shaxsiy avtomobillar turadigan maxsus joylar (parkovka)lar inobatga olingan holda loyihalangan
Texnik iqtisodiy ko'rsatkichlar
Navoiy shahrida 125 o‘rinli bolalar boɡ‘chasi maydonininɡ tasnifi quyidaɡacha:
Umumiy qurilish maydoni – 7270 m2 .
Qurilayotɡan bino maydoni – 741.6 m2 .
asfalt qoplamasi – 2340 m2 .
Xo‘jalik maydoni – 400 m2 .
ɡurux maydoni – 660 m2 .
Sport maydoni – 350 m2 .
ko‘kalamzorlashtirish maydoni 2416 m2
Bino maydoni texnoloɡik normalar va talablarɡa asosan loyixalanɡan. Hudud iloji boricha yuqori darajada ko‘kalamzorlashtirilɡan yani 33.15 % maydonlarni o‘z ichiɡa oladi. Uchaskaninɡ relefi ancha tekis.
Navoiy viloyatidagi 2- qavatli, 125 o‘rinli zamonaviy bolalar binosi zamonaviy shaklda zamonaviy tarzda loyixalangan. Bino uzining fuktsional yechimiga ega bo‘lib, yo‘laklar bilan bog‘langan. Barcha loyixalash ishlari va qurilish yechimlari QMQ 2.01.03-19 «Zilzilaviy xududlarda qurilish». meyoriy qoidalariga asosan ishlab chiqilgan.
Qavatlar balandligi 3,0 m ni tashkil etadi. Bolalar bog‘chasi binosi 2 qavatli va 1 qavatli qilib loyihalandi Binod balandligi 9.8 m ni tashkil qiladi. Binoning xajmiy tarxiy yechimi tarbiyalanuvchilarga qulay tarzda loyixalangan.
Navoiy viloyatidagi 2- qavatli, 125 o‘rinli zamonaviy bolalar bog‘chasi binosining loyihasi amaliyotida turli xil konstruktiv yechimlardan foydalanildi.

Download 1,05 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 1,05 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent arxitektura qurilish universiteti "texnologiya"

Download 1,05 Mb.