|
O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi
|
bet | 13/24 | Sana | 21.03.2017 | Hajmi | 0,8 Mb. | | #726 |
2.2.CDMA 2000 standarti
CDMA 2000 standarti uchinchi avlod (3G) sotali aloqa standartlarining vakili hisoblanadi. U shuningdek, IMT-CDMA Multi-Carrier yoki IS-2000 nomlari bilan ma’lum. CDMA 2000 niyaratishdan asosiy maqsad oldingi cdmaOne standartiga qaraganda o’tkazish qobiliyatini va ma’lumotlarni uzatishning maksimal ruhsat etiladigan qiymatlarini oshirish bo’ldi. CDMA 2000 ni ishlab chiqish 3GPP2 tashkiloti tomonidan 2000-yilda boshlandi. Natijada yuqorida ko’rsatilgan talablarga erishishga imkon bergan yangi radiointerfeysni va radio ulanish tarmog’ida ( Radio Access Network, RAN ) va komutatsiyalash tizimida (CN) sezilarli yahshilanishlarni tavsiyalaydigan qator standartlar turkumi chiqarildi.
CDMA 2000 bu cdmaOne / IS-95 tarmoqlarini uchinchi avlod standartlariga evolyutsiyasini ta’minlagan texnologiya hisoblanadi.
CDMA 2000 bir necha fazalarda ko’rib chiqilishi mumkin. Birinchi faza o’rtacha 144 kbit/s tezlikda ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydigan CDMA 2000 1x bo’ldi. Keyingi faza 1x-EV-DO qisqartma nomni olgan (Evolution data only or data optimized) standart hisoblandi. U bitta tashuvchida 2Mbit/s gacha tezlikda ma”lumotlarni uzatishga imkon beradi. CDMA 2000 standartining yana bir seriyasi 1x-EV-DV (Evolution Data/Voice) hisoblanadi. U bir necha o’nlab Mbit/s tezlikdagi ma’lumotlarni uzatish , ma’lumotlarni uzatish sifatini yahshilanishini ko’zda tutadi. CDMAOne standartida ma’lumotlar tovush uzatiladigan o’sha bir tizimlarda uzatildi. Bu ma’lumotlarni maksimal uzatish tezligini va tarmoqning umumiy sig’imini chekladi. CDMA 2000 standartida ma’lumotlarni katta tezliklarda uzatish yuqori havfsizli uzatish imkoniyatini beradigan, paketlar komutatsiyalanadigan Packet Core Network (PCN) maxsus ma’lumotlarni uzatish tarmog’i joriy etildi.
|
| |