O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi




Download 0,8 Mb.
bet2/24
Sana21.03.2017
Hajmi0,8 Mb.
#726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
T A S D I Q L A Y M A N

Kafedra mudiri: D.A.Davronbekov

2013-yil ______ _________________
Malakaviy bitiruv ishiga
T O P SH I R I Q
Ahmedov Nuriddin Vasihitdinovich.

1.Ish mavzusi : CDMA standartida ma’lumot uzatish tezligini oshirish usullari.

2. 2013-yil «_____» _________ dagi _______________ sonli buyruq bilan tasdiqlangan.

3.Ishni himoyaga topshirish muddati 25.05.2013 yil.

4. Ishga oid dastlabki ma’lumotlar: Rahbar topshirig’i,ilmiy texnik adabiyotlar.

5. Hisoblash tushuntirish yozuvlarining mazmuni (ishlab chiqiladigan masalalar ro’yhati): Kirish. 1.CDMA standarti xususiyatlari. 2.CDMA standartining rivojlanish bosqichlari. 3.CDMA standartining O’zbekistonda qo’llanilishi. 4. Hayot faoliyati xavfsizligi. Xulosa.

6 . Grafik materiallar ro’yhati: Demonstratsion slaydlar

7. Topshiriq berilgan sana: 25.01.2013 yil


Rahbar ________________________

(imzo)

Topshiriq oldim ______________



(imzo)
8. Ishning ayrim bo’limlari bo’yicha maslahatlar.

Qism



Maslahatchi o’qituvchining F.I. otasining ismi.

Imzo, sana

Topshiriq berildi.

Topshiriq olindi.

1-3 bo’limlar.



Sultonova . M . O.



25.01.2013 yil

25.01.2013 yil

4-bo’lim.


Amurova N.Yu.



05.06.2013 yil

05.06.2013 yil

9. Ishni bajarish grafigi.





Ish qismlarining nomi.

Bajarish muddati.



Rahbar (Maslahatchi) belgisi.


1

Kirish.






2


CDMA standarti xususiyatlari






3


CDMA standartining rivojlanish bosqichlari.






4


CDMA standartining O’zbekistonda qo’llanilishi.







5


Hayot faoliyati xavfsizligi.






6


Xulosa






Bitiruvchi ______________________________ «______» ______________2013-yil.

(imzo)
Rahbar _________________________________ «______» _______________2013-yil.

(imzo)


ANNOTATSIYA
Ushbu bitiruv malakaviy ishida CDMA standartida ma’lumot uzatish tezligini oshirish usullari tahlili keltirilgan

CDMA standartining xususiyatlari, CDMA standartining rivojlanish bosqichlari hamda CDMA standartining O’zbekistonda qo’llanilishi ko’rsatib o’tilgan.

Shuningdek, Hayot faoliyati xavfsizligi masalalari ko’rib chiqilgan.

MUNDARIJA
Kirish. ………………………………

1.CDMA standarti xususiyatlari………………………………

1.1. CDMA standartida kanallarni tashkil etish……………………………

1.2.CDMA standartining afzalliklari. ………………………………

2.CDMA standartining rivojlanish bosqichlari. ……………………………

2.1.CDMA IS-95 (cdmaOne) standarti harakteristikalari. …………………

2.2.CDMA 2000 standarti harakteristikalari. ……………………………

2.3.CDMA 2000 1x-EV-DO- harakteristikalari. ……………………………

3.CDMA standartining O’zbekistonda qo’llanilishi. ………………………

3.1.Perfectum mobile kompaniyasi haqida. ………………………………

3.2. ."O’zbektelekom" AK "UzMobayl" filiali haqida. ……………………

4. Hayot faoliyati xavfsizligi. ………………………………

Xulosa. ………………………………

Adabiyotlar ro’yhati . ………………………………



KIRISH

Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasida korxonalarni texnik va texnologik qayta jihozlash, moderenizatsiya qilishni o’tkazish, zamonaviy ixcham texnologiyalarni keng joriy qilish ko’zda tutilmoqda. Ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash, moderenizatsiya qilish soha bo’yicha qabul qilingan dasturlarini ishlatilishining tezlashtirilishi masalasi qo’yilmoqda. Jamiyatimiz oldida turgan muhim masalalardan biri mamlakatni bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni keyingi joriy etish va rivojlantirish bo’yicha choralar to’g’risida “ gi qabul qilingan qarorida axborot-kommunikatsion texnologiyalar infratuzilmasini rivojlantirishga katta e’tibor berilgan, “O’zbekiston Respublikasi 2012-2014 yillarda axborot texnologiyalarini keyingi joriy etish va rivojlantirish dasturi “ qabul qilingan [1].

Bugungi kunga kelib telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanib borishi har daqiqa sayin tezlashib bormoqda. Shu sababli aloqa sohasida doimo rivojlanib borayotgan soha va tarmoqlarni o’rganib borish, shu barobarida dunyo miqyosidagi rivojlangan davlatlar qatorida bo’lib, aholini sifatli aloqa bilan ta’minlash asosiy maqsad qilib olingan.

Ushbu bitiruv malakaviy ishining maqsadi hozirda dunyo miqyosida keng qo’llanilib kelinayotgan,aholini sifatli aloqa bilan ta’minlay oladigan va bir qancha qulayliklarga ega bo’lgan CDMA standarti haqidadir. CDMA standartidagi ma’lumotlar uzatish tezligini oshirish usullarining tahlili keltirib o’tilgan.

CDMA standartidan foydalanish ancha yillar ilgari boshlangan. Bu standartning ishlab chiqilishida 1950 yillarda AQSh harbiy kuchlarining harbiy sohada aloqani tashkil qilish maqsadlari asos bo’lgan. 1989 yilning noyabrida AQSH ning “Qualcomm” kompaniyasi tomonidan San-Diego shahrida kanallarni kodli ajratish asosidagi raqamli sotali aloqa tizimlarining imkoniyatlari birinchi marta namoyish qilindi.1990-1992 yillarda turli regionlarda (Nyu-York, Vashington va boshqa ) qurilmalarni namoyish etishlar boshlandi. Ular boshqa tizimlardan bu tizimning farqli bo’lgan yuqori harakteristikalarini tasdiqladi.

Kanallarni kodli taqsimlashga asoslangan radioaloqa xizmati yangi texnologiyasi paydo bo’lishi XX asr oxirida mobil aloqa tarmoqlari rivojlanishiga turtki bo’ldi.

IS-95 standartidan so’ng yangi CDMA 2000 standarti ishlab chiqildi. CDMA 2000 ko’rinishidagi yangi texnologiyalardan tashkil topgan tarmoqni qurish ishlari keng miqyosda qurila boshlandi. CDMA 2000 standartining bir qancha imkoniyatlari va boshqa standartlardan afzalliklari ko’p edi.

CDMA 2000 standarti asosida yangi CDMA 2000 1x Ev-DO standarti ishlab chiqilgandan so’ng aloqa sohasida yangi.sifatli aloqa bilan va yuqori tezlikdagi ma’lumotlarni uzatish imkoniyatlariga ega bo’lgan, aholini keng miqyosda aloqa bilan ta’minlay olish imkoniyatlari yuzaga keldi. GSM standarti bilan solishtirganda CDMA standartining bir qancha afzalliklari va qulayliklari mavjud.

O’zbekistonda ham dunyo miqyosida keng ishlatiladigan CDMA standartidan foydalanish keng miqyosda yo’lga qo’yilgan. O’zbekistonda hozirgi kunda “Perfectum Mobile” savdo belgisi ostida CDMA standartidagi 800 MGs chastota diapazonida ishlovchi kompaniya hamda O’zbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish dasturiga muvofiq, " O’zbektelekom " aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan CDMA-450 standartidagi simsiz radioaloqa xizmat o’zlashtirish maqsadida "O’zbektelekom Mobayl " filiali tashkil etildi. Bu kompaniyalarning asosiy vazifalaridan biri, O’zbekiston Respublikasida umummilliy simsiz radioaloqa tarmog’ini rivojlantirishdir.

Bu kompaniyalar O’zbekiston hududining deyarli barcha joylarida aholini aloqa bilan ta’minlashni yo’lga qo’ydi. Vaqt o’tishi bilan boshqa sohalar singari aloqa sohasida ham turli o’zgarishlar, yangiliklar paydo bo’lishi barobarida unga bo’lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda. Aholini yuqori tezlikli tarmoq bilan ta’minlab berish, sifatli aloqa hamda yangi qo’shimcha xizmatlarni abonentlarga taqdim etish, orqali mamlakatimizning telekommunikatsiya sohasida rivojlangan davlatlar qatorida bo’lishligini ta’minlash eng asosiy vazifa hisoblanadi.



Download 0,8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 0,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi

Download 0,8 Mb.