1.2.CDMA standartida kanallarni tashkil etish
CDMA stadartida ( IS-95, IS-96 ) BS da barcha signallarni ulanish kanallari to’g’ri kanallar ( Forward ) MS dan esa teskari kanallar ( Reverse ) deyiladi. Aynan bu belgi standartni ishlab chiqaruvchilar tomonidan kanallar tuzilmasi asosiga qo’yiladi ( 1.2-rasm ).
CDMA bazasidagi tizimlarda muhim rolni har bir BS ning uzatish rejimida uzluksiz nurlantiradigan va uning xizmat ko’rsatish sohasidagi barcha MS lar bir vaqtda qabul qiladigan pilot-signalni ( Pilot Channel ) uzatish kanali o’ynaydi. BS dagi MS ga chaquruvlarni uzatish PCH chaqiruv kanali bo’yicha, ko’p stansiyali ulanish esa ACH bo’yicha amalga oshiriladi. Boshlang’ich sinxronlashtirishni o’rnatish uchun SYNC sinxrokanal ishlatiladi. CDMA da turli aloqa xizmatlarini taqdim etish uchun ikki turdagi kanalardan foydalaniladi. Ulardan birinchisi asosiy ( FCH ), ikkinchisi esa qo’shimcha ( SCH ) deyiladi. Bu to’rt kanallar orqali taqdim etiladigan xizmatlar aloqani taklif etilishi sxemasiga bog’liq. Kanallar ma’lum xizmat ko’rsatish turiga moslashtirilishi va turli kadrlar o’lchamlarini ikkita tezlik qatorlarining istalgan qiymatlari RS-1 ( 1500, 2700, 4500 va 9600 bit/s ) yoki RS-2 ( 1800, 3600, 7200 va 14400 bit/s ) bilan ishlashi mumkin. Qabul qilish tezligini aniqlash va tanlash avtomatik amalga oshiriladi.
PICH- pilot signal kanali;
SYNC- sinxrosignal kanali;
PCH- chaqiruv kanali;
ACH- ulanish klanali;
FCH- asosiy kanal;
CAPICH- pilot-signal umumiy qushimcha kanali;
DAPICH- pilot-signal ajratilgan qo’shimcha kanal;
CCCH- boshqaruv umumiy kanali;
DCCH- ajratilgan boshqaruv kanali.
1.2-rasm. CDMA 2000 standarti kanallarining tuzilmasi.
CDMA uchinchi avlodida ( CDMA 2000 ) mavjud kanallar tuzilmasi saqlab qolingan, lekin kanallarning turlari soni 15 tagacha oshirilgan. Avvalo, uchta to’g’ri kanalda ikkita CAPICH va DAPICH va teskari kanalda R-PICH qo’shimcha pilot-signal kiritilgan.CAPICH BS ga so’ralgan antennalar bo’lganida tor nurli yo’naltirilgan abonent antennalar ishlatilganida foydalaniladi, R-PICH esa BS uchun boshlang’ich sinxronlashtirishni bajaradi. Bundan tashqari, to’g’ri va teskari kanallarda aloqani tashkil etish uchun mo’ljallanishi bo’yicha PCH ( to’g’ri kanalda ) va ACH ( teskari kanalda ) kanallarga o’xshash umumiy ( CCCH ) va ajratilgan ( DCCH ) kanallari kiritilgan.
IS-95 va CDMA standartlaridan farqli ravishda UTRA ( ETSI,Evropa ) va W-CDMA ( ARIB, Yaponiya ) standartlarida turli ierarxik darajalar ob’ektlari orasida o’zaro aloqani hisobga olishga asoslangan boshqacha prinsiplari taklif etilgan. Bunda uchta mantiqiy, transport va fizik turdagi kanallarni ajratish mumkin. Mantiqiy kanallarni ikkita CCH boshqarish va TCH trafikli kanallari mavjud. Boshqarish kanali ( BK ) bo’yicha chaqiruv va xizmat xabarlari, signalizatsiya quvvatini boshqarish va yo’naltirilganlik diagrammasini boshqarish komandalari, trafik kanali ( TrK ) bo’yicha esa axborot omillari uzatiladi.
Boshqarish kanallari o’z navbatida umumiy (CCCH ) va ajratilgan ( DCCH ) kanallarga bo’linadi. XEAU ( ITU-R M.I.035 ) tavsifiga binoan LCCH ( Leash CCH ) nomini olgan va qa’tiy biriktirilgan uchinchi turdagi kanal taklif etilgan. Hozirgi vaqtda CDMA protokoli bazalardagi tizimlarda u ishlatilmaydi. CCCH umumiy kanallar bog’lanishga yo’naltirilmagan boshqarish va signalizatsiya axborotlarini uzatish rejimlari uchun mo’ljallanmagan. Tizimda to’rtta turdagi bunday kanallar mavjud:
-
chaqiruv PCH;
-
ixtiyoriy ulanish ( RACH, R dan ACH ).
BS va HS orasidagi ikki tomonlama aloqa ikki kanallar bo’yicha amalga oshiriladi. CKK da ma’lumotlar ajratilgan trafik kanali ( DTCH ) bo’ycha, paketli axborotlar esa abonentlar paketlarini uzatish kanallari ( UPCH ) bo’yicha uzatiladi. Mantiqiy kanallar kabi, fizik kanallarni yuqori darajadagilari bilan bog’laydigan transport kanallari ikki guruhga bo’linadi. Birinchisi ishchi polosada MS ni identifikatsiya qilinishini talab qilmaydigan umumiy CCH, ikkinchisi esa MS fizik kanalga bog’langan, ya’ni ma’lum kodli chastotali ajratilgan PCH kanali. Ulardan birinchisi abonentlar guruhlariga ruxsat etiladi, aloqa BS va bir necha MS lar orasida tashkil etiladi, ajratilgan kanal bo’yicha esa ma’lumotlar yoki signalizatsiya uzatiladi.
W-CDMA va UTRA loyihalari orasidagi farqlardan biri ajratilgan kanallarning turli sonlari hisoblanadi. W-CDMA da bir turdagi DTCH, UTRA da esa uchta DTCH, avtonom ( SDCCH ) va aralash ( ACCH ) ishlatiladi. DTCH uzatish tezligini tezkor o’zgartirish ( har bir 10 ms da ) ko’zda tutilgan. ACCH ma’lumotlar oqimidan boshqarish axborotlarini birgalikda uzatish uchun mo’ljallangan. Fizik kanallar axborotlarni sifat ko’rsatkichlari va uzatish rejimlarini aniqlaydi. Ularning bosh xarakteristikalari kod, chastota va fazaviy surilish hisoblanadi. Ular ham umumiy ( CPCH ) va ajratilgan ( DPCH ) kanallarga bo’linadi. Umumiy boshqarish ( CCPCH ) kanali bo’yicha chaqiruv boshqarish axborotlar uzatiladi. Pilot-signal simvollarini uzatish uchun alohida sinxronlashtirish kanalidan ( SCH ) foydalaniladi. Aniq foydalanuvchi bilan aloqani tashkil etish uchun ham abonent axborotlari, ham boshqarish signallari, antenna yo’naltirilganlik diagrammasini boshqarish yordamchi pilot- simvollari, shuningdek, quvvatni boshqarish bitlari va boshqa xizmat ma’lumotlari uzatiladigan maxsus kanal ajratilgan. Kodli ajratishli texnologiyaning ulkanligi shundaki, har bir mantiqiy kanal o’ziga xarakterli bo’lgan uzatish tezligini va kodli fizik kanalga ,,individual” akslanadi.
Tarmoq darajasida kanallar soni kanalli darajadagidan sezilarli ko’p bo’lganligi sababli, bir transport kanalida bir necha kichik tezlikli mantiqiy kanallar birlashtiriladi ( 1.2-rasm ). Transport darajadan fizik darajaga o’tishda ham kanallarni birlashtirish mumkin, bunda PCH chaqiruv kanalini va FACH ulanish kanalini umumiy ,,pasga” fizik kanaliga, RACH ulanish kanalini esa ,,yuqoriga” fizik kanaliga aks ettirish qabul qilingan. Axborotlarni bir kanaldan boshqasiga uzatishda ma’lumotlar oqimi kanalli intervallar darajasida kodlar va signalizatsiya ma’lumotlariga o’zgartiriladi. Masalan, chaqiruv kanali bir superkadrdagi bir necha guruhlarga bo’linadi va chaqiruv axboroti har bir guruhga uzatiladi.
|