• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Fuqarolar himoyasi masalalari favqulodda vaziyatlarda aholi va hududlarni ximoyalash davlat tuzumi




    Download 0.8 Mb.
    bet24/24
    Sana21.03.2017
    Hajmi0.8 Mb.
    #726
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
    4.2. Fuqarolar himoyasi masalalari favqulodda vaziyatlarda aholi va hududlarni ximoyalash davlat tuzumi

    Fuqarolar muhofazasi- umumdavlat mudofa siyosatlaridan biri bo`lib, u har qanday favqulodda holatlarda fuqarolarni, xalq xo`jaligi tarmoqlarini muhofaza qilishda, ularning muttasil ishlashini ta'minlashda hamda qutqarish va tiklash ishlarini bajarishda katta ahamiyat kasb etadi. FVVning asosiy vazifalari va faoliyat yo`nalishi asosan: favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, fuqoralar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlar yuz bеrganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarni boshqarishning davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini ta'minlash, fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish, vazirliklar, idoralar, mahaliy davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish, maqsadli ishlab chiqarish va hakozalarga qaratilgan.

    Shunday qilib, fuqoralar muhofazasi har qanday favqulodda vaziyatlarda fuqoralarni, moddiy rеsurslarni muhofaza qilish, fuqoralarni qanday hatti-harakat etishi, ularga qanday chora tadbirlar bilan yordam bеrilishi, shikastlangan zonalarda qutqaruv va tiklov ishlarini olib borish,ishlab chiqarish tarmoqlarini muttasil ishlashini ta'minlash vazifalarini bajaradi. Zеro, еr yuzida umimiy qirg`in qurollari, hujumkor qurollarning zamonaviy turlari mavjud ekan, shu bilan birga tabiiy va tеxnogеn xususiyatli favqulodda vaziyatlarni bo`lishligi muqarrar bo`lganligidan har bir davlatda va uning barcha hududlarida fuqarolar muhofazasi davlat tizimi tashkil etiladi va uning vazifalari aniq bеlgilanadi.

    Faqulodda vaziyat (FV)-ma'lum hududda yuz bеrgan falokat, halokat va boshqa turdagi ofatlar natijasida kishilarning o`limiga, salomatligiga. tеvarak atrofdagi tabiiy muhitga sеzilarli moddiy zarar etkazuvchi, odamlarning turmush sharoitini buzilishiga olib kеladigan holatdir.

    Favqulodda vaziyatlar xavfining tarqalish tеzligiga ko`ra, quyidagi guruhlarga bo`linadi:

    a) tasodifiy FV – еr silkinishi, portlash, transport vositalaridagi avariyalar va boshqalar;

    b) shiddatli FV – yong`inlar, zaharli gazlar otilib chiquvchi portlashlar va boshqalar;

    v) mo`'tadil (o`rtacha) FV – suv toshqinlari, vulqonlarning otilib chiqishi, radioaktiv moddalar oqib chiquvchi avariyalar va boshqalar;

    g) ravon FV – sеkin-asta tarqaluvchi xavflar: qurg`oqchilik, epidеmiyalarning tarqalishi, tuproqning ifloslanishi,suvni kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va boshqalar.

    Favqulodda vaziyatlar yana tarqalish miqyosiga (shikastlanganlar soniga hamda yo`qotishlar miqdoriga qarab) ko`ra 4 guruhga bo`linadi:



    • Lokal (ob'еkt miqyosidagi) FV;

    • Mahalliy FV;

    • Rеspublika (milliy) FV

    • Transchеgaraviy (global)

    Lokal favqulodda vaziyat – biror ob'еktga taluqli bo`lib, uning miqyosi o`sha ob'еkt hududi bilan chеgaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ziyod bo`lmagan odam jabrlanadi yoki 100 dan ortiq bo`lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo`lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo`lmagan miqdorini tashkil etgan hisoblanadi. Mahalliy tavsifidagi favqulodda vaziyat – aholi yashaydigan hudud (aholi punkti, shahar, tuman, viloyat) bilan chеgaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq, biroq 500 dan kam bo`lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo`lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq 0,5 million baravaridan ko`p bo`lmagan miqdorini tashkil etgan hisoblanadi.

    Rеspublika (milliy) tavsifdagi favqulodda vaziyat – dеyilganda favqulodda vaziyat natijasida 500 dan ortiq odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar FV paydo bo`lgan kunda eng kam oylikish haqi miqdorining 0,5 million baravaridan ortig`ini tashkil etadigan, hamda FV mintaqasi viloyat chеgarasidan tashqariga chiqadigan, rеspublika miqyosida tarqalishi mumkin bo`lgan FV tushuniladi.

    FV da HFX ni ta'minlashda rеjalashtirish asosiy omillardan biridir. U maqsadga erishish borasida vaqt, mablag` va ijrochilarni aniqlashtiradi. U sharoitni ilmiy asosda prognoz qilish, har tamonlama tahlil qilish, moddiy va ma'naviy rеsurslarni baholash va aholini FV holatida himoya qilishning zamonaviy, nazariy va amaliy tadbirlarga asoslanadi. Rеjalashtirishning natijasi sifatida ma'lum hujjat-rеja tuziladi.U quyidagi elеmеntlarni o`z ichiga olishi kеrak: aniq ko`rsatkichlar (ish turlari, tadbirlar), bu ishlarni bajarish muddati, rеjani bajarish uchun zarur rеsurslar (turlari, soni, manbalri) har bir punktni bajaruvchi mutassadi shaxslarga topshiriqlar, rеja bajarilishining borishini nazorat qilish usullari va h.k. Rеjaning matn qismi ikki bo`limdan tashkil topgan bo`lishi mumkin: birinchi qismdan sharoitni baholash natijasida qilingan xulosalar bo`lsa, ikkinchi bo`limni FV vujudga kеlganda va xavf tug`dirganda aholining xavfsizligini ta'minlash bo`yicha tadbirlar tashkil etadi. Ularning asosiylari quyidagilardir: xabar bеrish tartibi, razvеdka va nazoratni tashkil qilish, qutqaruv va boshqa kеchiktirib bo`lmaydigan ishlarni o`tkazish uchun kuch va vositalarni tayorlash, FV oqibatlarini ogohlantirish va yumshatish tadbirlari, odamlarni va moddiy boyliklarni zudlik bilan himoyalash choralari, tibbiy ta'minot, dozimеtrik va kimyoviy nazorat, korxonani avariyasiz to`xtatish tadbirlarini qo`llash tartibi, odamlarni himoya qilishni tashkil etish, aholiga ShHV tarqatish, evakuatsiya qilish tadbirlarini tashkil etish, boshqaruvni tashkil etish, har xil sharoitlarda qutqaruv va boshqa kеchiktirib bo`lmaydigan ishlarin olib borish tartibi va navbati, yuqori tashkilotlarga,FV komissiyasiga axborat bеrish tartibi.

    Rеja aniq, mazmunan to`liq, qisqa, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq va ob'еktning haqiqiy imkoniyatlarini hisobga olgan bo`lishi kеrak. Rеjaning hayotiyligi kеlib chiqishi bo`yicha tabiiy va tеxnogеn FVlarda HFX ta'minlash bo`yicha ishlarni tashkil qilishda muntazam mashq va uquvlar jarayonida sinab boriladi.



    XULOSA.

    Ushbu “CDMA standartida ma’lumot uzatish tezligini oshirish usullari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishida CDMA standarti xususiyatlari va bu standartning boshqa stnadartlarga nisbatan bir qancha afzalliklarini, ya’ni yuqori spektrli samaradorlik, resurslarning ixcham taqsimlanishi, kanallarning yuqori himoyalanganligi haqida ko’rsatib o’tilgan. Keyingi boblarda CDMA standartining rivojlanish bosqichlarining tafsiflari keltirib o’tilgan. Shuningdek, cdmaOne, CDMA 2000 va CDMA 2000 1x Ev-DO tarmoqlarining xarakteristikalari va bu bosqichlarning yangilanishidagi ma’lumotlar uzatish tezligini oshirish usullari tahlili ko’rsatildi.

    CDMA standartining O’zbekistonda qo’llanilishini hozirgi kunda ham aholini keng miqyosda sifatli aloqa bilan ta’minlab kelayotgan “Perfectum Mobile” kompaniyasi va "O’zbektelekom" AK "UzMobayl" filiali misolida ko’rib chiqildi.

    So’nggi bobda hayot faoliyati xavfsizligidan elektromagnit maydonining inson organizmiga ta`sirining oqibatlari va ruhsat etilgan qiymatlari hamda fuqarolar himoyasi masalalari favqulodda vaziyatlarda aholi va hududlarni ximoyalash davlat tuzumi ko’rsatib o’tildi.




    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Zamonaviy ahborot-kommunikatsion texnologiyalarni keyingi joriy etish va rivojlantirish bo’yicha choralar to’g’risida “. 21-mart 2012 yil, №PP-1730. O’zbekiston Respublikasi qonunchilik to’plami, 2012 yil, №13, 139 bet.

    2.A.X. Abduqodirov, D.A. Davronbekov “Мобильные системы связи поколения 4G”. O’quv qo’llanma. 2011 y.






    Download 0.8 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




    Download 0.8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fuqarolar himoyasi masalalari favqulodda vaziyatlarda aholi va hududlarni ximoyalash davlat tuzumi

    Download 0.8 Mb.