Ev-DO (Evolution Data Only) – bu CDMA 2000 ni rivojlantirish doirasida 3GPP2 standartlashtirgan va 2,4 Mbit/s gacha tezlikli ma’lumotlarni yuqori uzatish tezligini ta’minlaydigan uchinchi avlod (3G) mobil aloqa tarmoqlari texnologiyasidir. Keyingi ishlanmalar tufayli CDMA 2000 1x-EV-DO standartining keyingi relizlari bir vaqtda bir necha taymslotlar va tashuvchilarni foydalanishga imkon berdi, bu ma’lumotlarni maksimal uzatish tezligini 70 Mbit/s dan ortiqqa oshirdi (Rev. B). Rejalashtirilayotgan Rev. C da esa tezlik 280 Mbit/s ga yetishi mumkin,bu 4 G ga kiradigan LTE standartiga mos keladi,
2003-yilda ishlab chiqilgan CDMA 2000 1x-EV-DV (Evolution Data/Voice) standarti radioefirda bitta tashuvchida ham tashuvchilarni,ham ma’lumotlarni uzatilishini ko’zda tutadi. Biroq bunday konsepsiya IP-kommutatsiyali kanallar bo’yicha tovushlarni uzatishni ko’zda tutadigan ALL-IP yo’nalishini rivojlanishi munosabati bilan mavjud rivojlanishni topmadi.
CDMA 2000 texnologiyasining navbatdagi ko’rib chiqiladigan rivojlanish bosqichi Ev-DO Rev. A standarti bo’ladi. Uning oldingi standartdan asosiy farqi mos ravishda 3,1Mbit/s va 1,8 Mbit/s uzatish tezliklarili to’g’ri va teskari kanallarning simmetrikligi hisoblanadi,bu 3G tarmoqlarni kalit hizmati videoaloqani ishlatilish imkoniyatini beradi.
CDMA 1x EV-DO tarmog’I CDMA 2000 1x standartining evolutsion davomi hisoblanadi va 1x tarmoqlarga teskari moslashadigan radiointerfeysga (air interface) ega. Amaliy nuqtai nazardan bu shuni bildiradiki, 1x standartining trubkasi EV-DO tarmoqda ishlay oladi,lekin paketli ahborotlarni maksimal uzatish tezligi atigi 153,6 kbit/s ni tashkil etadi. Shunga o’hshash cdmaOne terminallari uchun ular faqat qo’ng’iroqlar/sms ni amalga oshirishi mumkin.
Paketli ma’lumotlarni uzatishga optimallashtirilgan 1x Ev-DO standarti tarmoqlarida bir 1,25 MGs kanal bo’yicha nutqni va ma’lumotlarni uztalishini ta’minlaydigan 1x texnologiyalariga qaraganda yuqoriroq uzatish tezliklariga va katta o’tkazish qobiliyatiga erishish mumkin. Bu shu bilan ta’minlanadiki Ev-DO tarmog’ida paketli ma’lumotlarni uzatish uchun alohida kanal ajratilgan, bu prioritetligi paketli ma’lumotlarga qaraganda kuchli bo’lgan tovushli traffikni ustun bo’lishidan qochishga imkon beradi( oniy uzatish tezligiga va kechikish qiymatiga qat’iy talablar munosabati bilan).
Ma’lumki, katta hajmli ma’lumotlar foydalanuvchidan tarmoqqa qaraganda tarmoqdan foydalanuvchiga sezilarli ko’p uzatiladi. Ko’tarilish liniyasidagi traffikka nisbatan pasayish liniyasidagi traffic hajmi to’rttan bir qismga va oltidan bir qismga ham yuqori nisbatlarda o’zgarishi mumkin. Bu assimetrik ko’rinish 1x Ev-DO TEXNOLOGiyasida hisobga olingan, bu yerda ko’tarilish va pasayish liniyalarida ma’lumotlarni uzatish kanallariga turli ulanish usullari qo’llaniladi. Standartda Internet tarmog’i bo’yicha yoki istalgan hususiy IP tarmoq bo’yicha cheksiz ma’lumotlarni uzatish uchun IP protocol (internet muhitidagi marshrutlashtirish protokoli) ishlatiladi. Binobarin, Internet tarmog’ida ham ma’lumotlar oqimlarining assimetrikligi o’z o’rniga ega (pasayish liniyasidagi ma’lumotlar oqimi,ko’tarilish liniyasidagi ma’lumotlar oqimidan ancha yuqori), bu oqimlar ulanish terminali va bazaviy stansiya qabullagichi-uzatkichi orasida ham assimetrik hisoblanadi, bu ko’rib chiqilayotgan standart asosiga qo’yilgan.
Ma’lumotlarni uzatish maksimal tezliklari quyidagini tashkil etadi:
Downlinkda (BS-MS) – 2457,6 kbit/s;
Uplinkda (MS-BS) – 153,6 kbit/s.
O’rtachalashtirilgan agregatli o’tkazish qobiliyati oxirgi foydalanuvchilar yuqori harakatliligi uchun sektor-tashuvchiga 350 dan 550 kbit/s va past harakatli foydalanuvchilar va statsionar foydalanuvchilar uchun sektor-tashuvchiga 650 kbit/s gacha bo’lishi mumkin. Ma’lumotlarni uzatish tezligi ulanish terminalida o’lchangan signalning sathiga asoslanib aftomatik o’rnatiladi.
Pasayish kanalida ma`lumotlarni uzatish har biri 1,667 ms dan 16 ta slotlarga bo`lingan 26,67 ms davomiyligidagi ketma-ketlik ko`rinishida amalga oshiriladi.Yagona paketni uzatish davomiyligi ma’lumotlarni uzatish tezligiga bog`liq ravishda 1 dan 16 tagacha slotlarga o`zgarishi mumkin.
Pasayish kanalida ma`lumotlarni uzatish to`qqizta qayd etilgan tezliklar qiymatlarida amalga oshirish mumkin.Bunda turli paketlar o’lchashlari va har xil modulyatsiya turlari ishlatilishi mumkin.
Asosiy o’ziga hos xususiyat turli 1,25 tashuvchilar bo’yicha tovushli va IP-traffikning surilishi hisobiga IP-traffikni iste’mol qiluvchi abonentlarga hizmat ko’rsatish sifati (QoS) parametrlarini o’rnatish imkoniyati mavjud. Bu holat ularning sifatiga bo;lgan talablarni saqlab oqimli video,oqimli audio va internet kabi hizmatlar uchun yuqori tezlikli ahborotlar oqimlarini uzatilishini imkoniyatini beradi.
Ko`tarilish kanalida ma`lumotlar 26,67 ms davomiyligidagi ketma- ket paketlar ko`rinishida 9,6 kbit/s dan153,6 kbit/s gacha ma`lumotlarni uzatish tezliklarida uzatiladi.Ulanish terminali boshlang`ich uzatish tezligi 9,6 kbit/s ga teng. Natijada uzatish tezligi sektorni traffik bilan yuklanishiga bog’liq ravishda oshirilishi va kamaytirilishi mumkin
DRS indeksi bo`lganida va katta hajmli paketlar uzatilganda abonent ma’lumotlarini uzatish tezligi 2,4 Mbit/s ga yetishi mumkin. Bunda u faqat 1 ta taymslotni egallaydi.Barcha qolgan sig’imga boshqa abonentlar ruxsat etiladi.Yani tizim ma`lumotlarni uzatish tezligini boshqaradi va yomon sharoitlarda bo`lgan abonentlarga hech qachon boshqa resurslarni ajratmaydi
2.4-jadval.
Parametrlar jadvali.
|