3.CDMA STANDARTINING O’ZBEKISTONDA QO’LLANILISHI
3.1.”Perfectum mobile” kompaniyasi haqida
“Rubicon Wireless Communication” kompaniyasi 1995-yilning 25-noyabrida tashkil qilingan va uning faoliyat ko’rsatish prioriteti O’zbekiston Respublikasi hududida mobil sotali aloqa tarmog’ini yaratish bo’ldi. 1997-yilda mamlakatda birinchi bo’lib D-AMPS raqamli standarti sotali aloqani tijorat maqsadlarida ishlatilishini boshlashini bilan kompaniya O’zbekistonda ilg’or texnologiyalarni joriy etishga va respublika sotali aloqa bozorida raqobatni rivojlantirishga sezilarli hissa qo’shdi.
2001-yilda O’zbekistonda birinchi marta “Perfectum Mobile” savdo belgisi ostida CDMA standarti sotali tarmog’I paydo bo’ldi. CDMA kanallarni kodli ajratish texnologiyasi chastotalardan foydalanish samaradorligining yuqori darajasi tufayli abonentlar uchun hizmatlar spektrini maksimal kengaytirish va sifatni yahshilashga imkon berdi.
2003-yilga kelib qo’ng’iroqlarni sekundli tarifikatsiyalashtirish, bepul kirish qo’g’iroqlari,abonent to’lovisiz tariff rejasi,statsionar sotali telefonlar,ekspress-to’lov kartalari orqali to’lov tizimi, “Mobil Internet” hizmatlari,mobil chat, “Wave” WAP-portal, SMS bazasidagi turli hil servislar kabi yangiliklar paydo bo’ldi.
2004- yilda mobil internet va ma’lumotlarni uzatish tezligini 14 kbit/s dan 153 kbit/s gacha oshirishga imkon beradigan, bu vaqt momentidaga eng ilg’or bo’lgan yangi tarmoq CDMA 2000 1x standartini ishga tushirdi. CDMA texnologiyasining imkoniyatlari “Perfectum Mobile” sotali tarmog’iga O’zbekistondagi sotali aloqa operatorlari orasida internet traffic va ma’lumotlarni mobil uzatish tezliklari bo’yicha birinchi o’ringa chiqib olishiga imkon berdi. Qurilmalarni masshtabli moderenizatsiyalashdan keyin butun O’zbekiston bo’yicha sotali tarmoqni aktiv kengaytirish, rasmi agentlik tarmog’ini yaratish boshlandi. O’zbekistonda birinchi marta ofislarni yagona ahborot tarmog’iga birlashtirishni istaydigan tashkilotlar uchun “Mobil Bank” va “ Mobil VPN” hizmatlari taqdim etila boshlandi.
2007-yilda “Perfectum Mobile” qoplash zonasi 200 dan ortiq aholi yashash punktlarigacha kengaydi,mobil va radiotelefonlar assortimenti kengaydi. Bu filiallari an’anaviy telefon aloqasi yo’q va telefon kabellari yotqizish juda qimmat yoki noqulay bo’lgan mahalliy joylarda joylashgan yirik korhonalardan ko’p sonli korporativ mijozlarni tarmoqqa jalb etdi. 2007-yilda mobil internet-traffikka masshtabli narhlarni kamaytirilishidan keyin abonent to’lovisiz ulanishli va qulay mobil internet yanada ko’proq ijtimoiy ahamiyatga, ayniqsa mamlakatning chekka burchaklarida ega bo’ldi. Tunggi vaqtlarda internet traffic va qo’ng’iroqlarga imtiyozli tarifikatsiya,simvolik abonent to’loviga tarmoq ichida erkin muloqot imkoniyati paydo bo’ldi.
2009-yilda “Perfectum Mobile” qishloq maktablarini telefonlashtirish davlat dasturida faol qatnashdi. 2009-2010-yillarda bu ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan loyiha doirasida qishloq joylaridagi 3500 dan ortiq maktablar telefonlashtirildi. Va qaytarmaslik asosida zarur miqdorda statsionar telefonlar,internetga imtiyozli limitlar va tovushli traffiklar ajratildi. Bundan tashqari,qishloq vrachlik punktlarida va bolalar sog’lomlashtirish oromgohlarini telefonlashtirish dasturi o’tkazildi. Bu dastur asosida bepul telefonlar va bir necha yillarga bepul efir vaqti ajratildi.
Shuningdek, “Do’stim hisobidan qo’ng’iroq” , “ Sizga qo’ng’iroq qilishdi, “Mahfiy qo’ng’iroq”, “ Mobil cabinet” , “Menga qo’ng’iroq qiling”, “ Ovozli SMS”, “SMS-Agent Mail.ru” kabi servislar, “ SMS – To’lov” naqd pulsiz to’lovlar tizimi joriy etildi,abonentlari bilan halqaro SMS-habarlar almashtirilishi mumkin bo’lgan davlatlar va operatorlar ro’yhati kengaydi. Marketing siyosatining o’zgartirilishi ayniqsa,o’zgartirilgan firma usulida,o’tkazilgan aksiyalarda va joriy etilgan tariff rejalarida sezilarli bo’ldi. Tarmoq ichidan chiqadigan qo’ng’iroqlarga bepul kirish qo’ng’iroqlari tariflari yaratildi. 2011- va 2012-yillar ko’pchilikning mijozlar uchun sovg’alar va mahsus aksiyalar hilma hilligi bilan yodida qoldi. Bonuslar orasida CDMA-telefonlar,imtiyozli internet-traffik, tanlovlar natijalari bo’yicha turli sovrinlar,bepul minutlar va SMS lar,imtiyozli “oltin” nomerlarga chegirmalar, hisobga pullik bonislar va boshqalarni ta’kidlash mumkin.
2013 – yilda O’zbekistonda raqamli aloqa bozorining boshlanishida turgan “Rubicon Wireless Communication” kompaniyasiga 18 yil va “Perfectum Mobile” sotali tarmog’iga 12 yil to’ldi. Bu yillar davomida uchta aloqa standarti (AMPS/D-AMPS, CDMAOne(IS-95),CDMA 200 1x) o’zgardi.
Bugungi kunga kelib “Perfectum Mobile” sotali tarmog’i O’zbekistonning barcha viloyatlarida ishlamoqda va dinamik rivojlanayotgan korhona hisoblanadi. Insonlarning tez o’sayotgan ehtiyojlarini hisobga olib kompaniya nafaqat yangi TEXNOLOGiyalar sohasida ,balki yuqori sifatli sotali aloqani, qo’shimcha hizmatlarni tanlanishining boyligini va minimal iste’mol sarflarida a’lo servisni taqdim etishda yetakchi kompaniya bo’lishga intilmoqda.
|