Ev-DO (Evolution Data Only) – bu CDMA 2000 ni rivojlantirish doirasida 3GPP2 standartlashtirgan va 2,4 Mbit/s gacha tezlikli ma’lumotlarni yuqori uzatish tezligini ta’minlaydigan uchinchi avlod (3G) mobil aloqa tarmoqlari texnologiyasidir.
Kompaniyaning navbatdagi yangiligi Moskva va Moskva viloyatlari hududlarida Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari abonentlari bilan halqaro rouming xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini tashkil etilishi bo’ldi. Oldin halqaro rouming xizmatlari faqat Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Farg’ona vodiysi uchun ochiq bo’lgan.
Yana shu yilning martidan " GUDOK " xizmati Andijon, Farg’ona, Namangan, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari abonentlari uchun ochildi.
Telekommunikatsion yechimlar bo’yicha yetakchi ishlab chiqaruvchi HUAWEI kompaniyasidan zamonaviy M2000 qurilmalarini joriy etish yo’li bilan UZMOBILE tarmog’ining monitoringi va nazorat qilish markazini to’liq rekonstruksiya qilish amalga oshirildi.
Internet xizmatlarini taqdim etish, ma'lumotlarni uzatish va ularning xavfsizligini ta'minlash tartibini takomillashtirish uchun bitta serverda to’rtta AAA serverlarni birlashtirish bo’yicha ishlar amalga oshirildi.
Ijtimoiy infratuzilmani telefonlashtirish bo’yicha Davlat dasturini ishlatish bilan filial 3327 ta maktablarni, 492 ta bolalar bog’chalarini, 807 ta vrachlik punktlarini telefonlashtirdi va imtiyozli shartlarda xizmatlarni taqdim etmoqda. 3574 maktab ZiyoNet ta'lim tarmog’iga ulandi.
2010-yilda ishlayotgan va potensial abonentlarning barcha segmentlari manfaatlarini hisobga olib, statsionar va mobil aloqa tariflari sezilarli kamaytirildi, Internet xizmatlar va ma'lumotlarni uzatish tariflari yangilandi.
Mobil aloqa bozorida birinchi marta UZMOBILE "ALSKOM" sug’urta kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Ulan va bepul sug’urtani ol" aksiyasini e'lon qildi. Uning doirasida, filialning tarmog’iga ulangan fizik shaxslar baxtsiz hollardan 100000 so’mga avtomatik sug’urta qilindilar.
Mavjud va doimo kengayib boradigan diler tarmog’i nafaqat yangi abonetlarni ulash, balki abonent xizmatlarini taqdim etish va ishlayotgan abonent tomonidan to’lovlarni qabul qilish bilan ishlamoqda.
Sotuvlar tarmog’ini optimallashtirish maqsadlarida CDMA-450 standarti xizmatlarini "Uzbektelekom" AK regional filiallari taqdim etishlari haqida qaror qabul qilindi va bugungi kunda bunday yangi savdo nuqtalari soni 210 taga oshdi.
"Uzbektelekom" AK IVR-platformasi asosida yagona UZMOBILE axborot-ma'lumotlar xizmati yaratildi. Bepul 8 (800) 2000990 ("Uzbektelekom" AK telefonlari orqali respublikaning barcha hududlaridan qo’ng’iroqlar uchun) va 0990 (UZMOBILE telefonlaridan qo’ng’iroqlar uchun) nomerlar ajratildi.
Toshkent, Namangan va Qarshi shaharlarida har yili bo’ladigan Milliy ICTExpo 2010 -axborot texnologiyalari ko’rgazmalari bo’lib o’tdi. Unda filial tomonidan mobil, simsiz, shuningdek, turli modifikatsiyalardagi statsionar modemlar taklif etildi.
Ko’rgazma qatnashchilari EV-DO texnologiyasi bo’yicha tashkil etilgan yuqori tezlikli mobil Internet va aloqaning a'lo sifatiga ishonch hosil qilish imkoniyatiga ega bo’ldi.
Bu barcha ishlar natijasida abonent bazasini bir yarim marttaga oshirishga erishildi.
Yana shuni ta'kidlashni istardimki, 2012- yilda Internet va ma'lumotlarni uzatish xizmatlarining foydalanuvchilari soni 61 foizga ortdi.
Bu yilning yakunlari bo’yicha shuni qat’iy aytish mumkinki, u avvalo, bizning aloqani nafaqat regionlarga kirib kelishi, balki, taklif etilayotgan xizmatlar sifatini sezilarli oshirilishida yangi texnologik holatda boy va mahsuldorligi bilan bo’lib o’tdi.
2014-yilda kompaniya yangi rivojlanish darajasiga chiqishni rejalashtirmoqda. Buning uchun kompaniya zamonaviy talablarga javob beradigan yangi savdo ofislarini ochishi,rebredingni o’tkazishi, mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini oshirishni va yangi xizmatlarni va o’ziga tortadigan tariflarni joriy etishni rejalashtirmoqda.
Shunigdek, tarmoqni sezilarli kengaytirish va taqdim etiladigan xizmatlar sifatini oshirish bo’yicha ishlar olib borilmoqda.
Boshqa standartlarga taqqoslaganda CDMA - 450 ning qamrovi darajasi yuqoriroq.
CDMA - 450 standarti abonent terminallari bozor sharoitidan kelib chiqqan holda, abonentlarga mobil shuningdek, statsionar terminallari taklif etilmoqda. Filialning abonentlar bo’limi muntazam ravishda abonentlarga xizmat ko’rsatish sifati oshirib borilmoqda. Filial tomonidan abonentlarga qulaylik yaratish maqsadida joylarda qo’shimcha agentlik punklari ochilmoqda.
CDMA 450 MGs standartining boshqalaridan afzalligi internet tarmog’iga ulanish imkoni, telefonlashtirish murakkab bo’lgan hududlarni simsiz radioaloqa qamrovi bilan effektiv taminlash imkonini beradi.
CDMA 450 MGs standartining boshqa raqamli texnologiyalarga nisbatan asosiy foydali jihatlari:
- CDMA texnologiyasida signal shovqin darajasi pasayganda ham yuqori sifatli aloqa bilan ta'minlay oladi. So’zlashuvni muntazam quvvatda ushlab tura oladi.
- CDMA standarti kodi foydalanuvchilar aniqlanishi bilan birga yuqori darajada maxfiy va bu bir vaqtda filtr vazifasini xam bajaradi.
|