"O’zbektelekom" AK "UzMobayl" filiali haqida




Download 0.8 Mb.
bet21/24
Sana21.03.2017
Hajmi0.8 Mb.
#726
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
3.2."O’zbektelekom" AK "UzMobayl" filiali haqida

Telekommunikatsion dunyoning rivojlanishidagi zamonaviy an'analar har bir yilda axborot dunyosiga o’z o’zgartirishlarini kiritmoqda, shuning uchun har bir telekommunikatsiyalar operatori zamonaviy an'analar bilan parallel rivojlanishga intilmoqda.Bundan "Uzbektelekom Mobayl" (ya'ni, UZMOBILE) filiali mustasno emas.

O’zbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish dasturiga muvofiq, " O’zbektelekom " aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan CDMA-450 standartidagi simsiz radioaloqa xizmat o’zlashtirish maqsadida "O’zbektelekom Mobayl " filiali tashkil etildi. Filialning asosiy vazifalaridan biri, O’zbekiston Respublikasida umummilliy simsiz radioaloqa tarmog’ini rivojlantirishdir.

"O’zbektelekom" AK tomonidan 2004- yilda Jizzax viloyatida simsiz radioaloqa tarmog’i ishga tushirildi. Shuningdek, 2004- yilning 18- dekabrida Buxoro viloyatida CDMA - 450 standartidagi simsiz radioaloqa tarmog’i Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida ishga tushirilganligi tadbiri o’tkazildi. Ushbu loyiha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 6 - iyul' 1994 - yildagi № 331 - sonli Yaponiya "OECF" chet el iqtisodiy hamdo’stligi jamg’armasining imtiyozli krediti "JBIC" loyihasi doirasida "O’zbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmog’ini rivojlantirishga xizmat qilishi chora - tadbirlari to’g’risida" gi qaroriga muvofiq amalga oshirilgan edi.

CDMA-450 standartining boshqa standartlarga nisbatan afzalligi internet tarmog’iga 1x. Evdo rev.a 3.1 Mb/s tezlikkacha ulanish imkoniyatining mavjudligi, shuningdek, GSM standartiga qaraganda 4 ta BTS o’rnatish o’rniga 1 ta BTS o’rnatish (shahar ichida) imkoniyatiga ega bo’lib, telefonlashtirish murakkab bo’lgan hududlarni simsiz radioaloqa tarmog’i xizmatlari bilan effektiv ta'minlash imkonini beradi.

"O’zbektelekom Mobayl " filiali milliy dasturni bajarish maqsadida ijtimoiy infrastruktura ob'ektlariga kiruvchi bolalar bog’chalari, maktablar va qishloq vrachlik punktlarini telefonlashtirish vazifasini oldilar. Dasturni bajarish maqsadida ushbu ob'ektlar talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda maxsus ta'rif rejasi ishlab chiqildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010- yil davomida CDMA-450 mobil aloqa tarmog’ini rivojlantirish maqsadlarida 20.01.2009- yildagi №PP-1041 "Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini keyingi rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha tadbirlar haqida" gi qarorini ishlatilishi doirasida EV-DO-texnologiyalarni joriy etish va tarmoqni ishlash zonasini kengaytirish bo’yicha ishlar amalga oshirildi. Toshkent shahrida va respublika viloyatlarida qo’shimcha 100 ta bazaviy stansiyalar o’rnatildi, ishlayotgan kommutatorlarning sig’imi oshirilgan tarmoqni modernizatsiya qilish amalga oshirildi.



Download 0.8 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Download 0.8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"O’zbektelekom" AK "UzMobayl" filiali haqida

Download 0.8 Mb.