• EV-DO ning ishlash prinsipi.
  • O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi




    Download 0,8 Mb.
    bet19/24
    Sana21.03.2017
    Hajmi0,8 Mb.
    #726
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
    38,4



    76,8



    153,6



    307,2



    307,2



    614,4



    614,4



    921,6



    1228,8



    1228,8



    1843,2



    2457,6

    Modulyatsiya turi

    QPSK

    QPSK

    QPSK

    QPSK

    QPSK

    QPSK

    QPSK

    8PSK

    QPSK

    16QAM

    8PSK


    16QAM


    Paketda bitlar soni

    1024

    1024

    1024

    1024

    2048

    1024

    2048

    3072

    2048

    4096

    3072

    4096


    Kanalda taymslotlar soni

    16

    8

    4

    2

    4

    1

    2

    2

    1

    2

    1

    1

    Signal/shovqin bo’sag’aviy qiymati, dB




    -12

    -9,6

    -6,8

    -3,9

    -3,8

    -0,6

    -0,8

    1,8

    3,7

    3,8

    7,5

    9,7


    DRC indeksi

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    7

    8

    9

    10

    11

    12


    .

    .

    EV-DO ning ishlash prinsipi. EV-DO standartini loyihalashtirishda shu factor (omil) hisobga olinganki, operatorlardan abonentlarga uzatiladigan axborotlar hajmi teskari yunalishdagi axborotlar hajmidan sezilarli ortiq bo’ladi. Abonent o’rtacha uzatadigan axborotga qaraganda 4 marta ko’p axborotni oladi.

    Shuning uchun EV-DO da operator abonent va abonent operator uzatish kanallarini alohida ko’rib chiqish ma’noga ega bo’ladi.

    Operator abonent kanalida ma’lumotlarni uzatish 16 ta slotlarga bo’lingan 26,67 ms davomiylikdagi paketlar to’plami ko’rinishida amalgam oshiriladi. Bitta paketni uzatish ma’lumotlarni uzatish tezligiga aniq ravishda 1 dan 16 tagacha slotlarni egallashi mumkin. Abonent terminali paketni olganidan va ma’lumotlar tekshirilganidan keyin paket muvoffaqiyatli olinganligi haqida bildirishni uzatish amalgam oshiriladi.

    Operator abonent kanalida ma’lumotlarni uzatish 38,4 kbit/s dan 2457,6 kbit/s gacha tezliklarda amalgam oshirilishi mumkin. Operator abonent kanalidagi bunday yuqori tezliklar kanallarni vaqt bo’yicha ajratishli ulanishdan foydalanish hisobiga ta’minlanadi. Real sharoitlarda ko’pincha 1228,8 kbit/s va 1843,2 kbit tezliklardan foydalaniladi. Bu usulning soddalashtirilgan ma’nosi shundan iboratki, bazaviy stansiya barcha abonentlarga bir xil axborotni uzatadi, lekin terminal faqat unga mo’ljallangan paketlarni rasshirrovka qilishi mumkin. Bunda ma’lumotlarni uzatish tezligi bazaviy stansiya va abonent terminali orasidagi masofaga shuningdek, xalaqitlar sathiga kuchli bog’liq bo’ladi.

    Abonent terminali doimo signal sathi va xalaqitlar orasidagi nisbatni o’lchaydi, undan keyin bu sathni bazaviy stansiyaga xabar qiladi. Bu har bir abonentlardan ma’lumotlarni maksimal uzatish tezligiga erishish imkoni beradi. Bundan oddiy xulosa chiqarish mumkinki. Ma’lumotlarni maksimal uzatish tezligi istalsa, bazaviy stansiyaga yaqinro joylashish kerak, va bu xolda u birinchi navbatda xizmat ko’rsatadi.

    Abonent operator kanalida ma’lumotlar 26,67 ms davomiylikdagi paketlar ko’rinishida 9,6 kbit/s dan 153,6 kbit/s gacha tezliklarda uzatiladi.

    Bunda kanallarni ko’p tomonlama ajratishli ulanish ishlatiladi, unda bir tashuvchi chastota maksimal soni 59 ta bo’lgan barcha xizmat ko’rsatiladigan abonentlar orasida bo’linadi. Prinsip jihatidan , abonentdan operatorga bunday o’tkazish qobilyati ko’plab foydalanuvchilarga yetadi.

    EV-DO standarti qo’llaniladigan yumshoq xendover bir bazaviy stansiyadan boshqasiga qayta ulanishda bog’lanishni uzilishidan foydalanuvchiga xavotirlanmaslikdan tashqari, ma’lumotlarni uzatish tezligi sezilarli kamayganligini sezmasligiga imkon beradi. Bu samaraga bir bazaviy stansiya xizmat ko’rsatish zonasi chegarasidan chiqmasdan boshqasi xizmat ko’rsatishni boshlashi hisobiga erishiladi. Maxsus desturiy ta’minot tufayli aloqani uzilishi bo’lib o’tmaydi. Bunda bir stansiyadan uzoqlashish bilan u yanada kamroq ma’lumotlarni, boshqasi esa yanada ko’proq ma’lumotlarni yaqinlashishiga qarab uzatadi. Albatta, 100 km/soat tartibdagi katta tezliklarda harakatlanganida ma’lumotlarni uzatish tezligi maksimal qiymatdan sezilarli kam bo’ladi, lekin uzilish bo’lmaydi.

    EV-DO tufayli virtual xususiy tarmoqqa deyarli istalgan kompyuter uning joylashgan o’rniga bog’liq bo’lmagan xolda ulash mumkin. Faqat bunda kompyuter EV-DO tarmog’i xizmat ko’rsatish zonasida bo’lishi kerak, bu ma’lumotlarni tunnelashtirilishni ta’minlaydigan o’rnatilgan L2TP protokolini ishlatilishi bilan ta’minlanadi. Bu shuningdek, mobil kompyuterlarga ( noutbuklar, KPK ) o’z VPN bilan yuqori tezlikda doimo aloqaga ega bo’lishga imkon beradi. Bunday qulay yechimni barcha qo’llanilish sohalarini ko’zda tutish qiyin bo’ladi. Misol uchun xizmat safarida bo’lgan A kompaniya savdo menedjeri o’z kompaniyasining VPN serveriga tezkor ulanishi va A kompaniya omborlarida bo’lgan tavarlar haqida axborotlarni minjrga tezkor taqdim etishi mumkin.

    EVDO da standart (relizlar) avlodlariga bog’liq ravishda quyidagilarga erishadi (yuklash/berish):

    Rev.0 ( CDMA 2000 1x rvl.O ) Down_link/Up_link da 2,4/0,153 Mbit/s;

    Rev.A ( CDMA 2000 1x rev.A ) Down_link/Up_link da 3,1/1,8 Mbit/s;

    Rev.B ( CDMA 2000 1x rev.B ) Down_link/Up_link da 73,5/27 Mbit/s ( 15 ta tashuvchi kanallari, bir tashuvchida 4,9/1,8 Mbit/s, 2010- yil da chiqarilgan telefonlar yoki modemlar 2 yoki 3 tashuvchida ishlay oladi );

    Rev.C ( CDMA 2000 1x rev.C ) Down_link/Up_link da 280/75 Mbit/s;

    Rev.D ( CDMA 2000 1x rev.D ) Down_link/Up_link da 500/120 Mbit/s.

    2.5-jadval.

    CDMA 2000 texnologiyasining rivojlanish jadvali.



    Texnologiya

    Ma’lumotlarni

    uzatish tezligi



    Xizmatlar

    CDMA 2000 1x



    153 kbit/s gacha



    Tovushli aloqa, qisqa xabarlarni uzatish,elektron pochta,ma’lumotlarni va qo’zg’almas tasvirlarni uzatish.

    EV-DO Rev.O



    To’g’ri kanalda 2,4 Mbit/s gacha, teskari kanalda 153kbit/s gacha ( ko’p qabul qilish, kam berish )

    Eng keng xizmatlar spektrli, real vaqt rejimida videoni uzatish.

    EV-DO Rev.A



    Abonentga yo’nalishda 3,1 Mbit/s gacha, Abonentdan yo’nalishda 1,8 Mbit/s gacha ( ko’p qabul qilish, kam berish )

    Tovushni, ma’lumotlarni uzatish va IP tarmoqlar bo’yicha keng uzatishni amalga oshirish.

    EV-DO Rev.B



    Abonentga 4,9 Mbit/s, abonentdan 2,4 Mbit/s, 15 ta chastotaviy kanallar ( maksimal bo’lishi mumkin sonli ) birlashtirish abonentga 73,5 Mbit/s abonentdan 27 Mbit/s tezliklarga erishishga imkon beradi.

    Videotelefoniya,tovushlar va multimediani parallel ishlatish, multisession tarmoq o’yinlari va boshqalar.



    Download 0,8 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




    Download 0,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi

    Download 0,8 Mb.