CDMA 2000 standarti tarmog’ining tuzilmasi




Download 0,8 Mb.
bet16/24
Sana21.03.2017
Hajmi0,8 Mb.
#726
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
CDMA 2000 standarti tarmog’ining tuzilmasi. CDMA 2000 tarmog’I taqdim etadigan hizmatlar spektri va sifati kengayganligi hisobiga tarmoq tuzilmasida bir qancha yangi elementlar paydo bo’ldi, oldingi funksiyalar o’zgarishlarga uchradi. Quyida tarmoqning yangi elementlari keltirilgan va ularning asosiy funksiyalari ko’rib chiqilgan:

2.8-rasm. CDMA 2000 standarti tarmog’ining tuzilmasi.

CDMA 2000 tarmog’ida mobil stansoya bu abonent qurilmasi bo’lib, mobil telefon bo’lishi shart emas. Bu sotali aloqa hizmatlariga ulanish moduli masalan,kommutatordan internet tarmog’iga ulanish uchun ishlatiladigan qandaydir boshqa qurilma bo’lishi mumkin.

Mobil stansiya paketli tarmoqga ulanish maqsadida zarur tarmoq resurslarini olish uchun RAN bilan o’zaro ta’sirlashishadi va so’ngra ajratilgan resurslar holatini (band,kutish rejimi,bo’sh) kuzatadi. MS agar joriy vaqtda tarmoq resurslariga ruhsat bo’lmasa , foydalanuvchi ma’lumotlarini buferlashtirishi mumkin.

Ulanganidan keyin MS aftomatik ravishda tarmoqda ro’yhatdan o’tadi va HLR da uning joriy holati belgilanadi. Bu protsedura quyidagi tartibda amalga oshadi:

1.MS ni autentifikatsiyalash.

2.MS ning joriy joylashgan o’rni HLR ga kiritiladi.

3.Keyin MSC ga tarmoqning ruhsat etilgan hizmatlar to’plami habar qilinadi.

Ko’rsatilgan protseduralardan muvaffaqqiyatli o’tganidan so’ng mobil stansiya tovushli chaqiruvlarni amalga oshirishi va ma’lumotlarni uzatishi mumkin. Ohirgi xizmat ikki tarmoqlarning biridan foydalanib taqdim etilishi mumkin: MS CDMA2000 standartida ishlay olishi faktiga bogliq ravishda paketlarni yoki kanallarni kommutatsiyalashli hizmatlarni taqdim etilishi mumkin. Agar mobil qurilma faqat IS-95 (cdmaOne) standarti bilan moslashgan bo’lsa , ma’lumotlarni uzatish faqat paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoq orqali bo’lishi mumkin. Bunda uzatish tezligi 19,2 kbit/s dan oshmaydi. Agar terminal CDMA 2000 standartiga moslashgan bo’lsa, u holda operator tarmog’i orqali bo’lishi mumkin , ya’ni ikki ma’lumotlarni uzatish usullaridan biri tanlanishi mumkin.

CDMA 2000 1x tarmog’i uchun ma’lumotlarni paketli uzatish tezligi 144 kbit/s gacha yetishi mumkin.

Radio ulanish tarmog’i taqdim etiladigan hizmatlarga bog’liq bo’lmagan holda operator butun tarmog’iga abonentning kirish nuqtasi hisoblanadi. Operator tarmog’iga paketlar kommutatsiyalanishli yangi domenning qo’shilishi tufayli ulanish tarmog’iga tarmoq abonentlarini identifikatsiyalash, paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqga bog’lanishlarga hizmat ko’rsatish, so’raladigan servisga abonentning ruxsat etilishi huquqini tekshirish kabi yangi funksiyalar yuklandi.

Bazaviy stansiya (BTS-Base Station Transceiver) BTS va MS orasidagi radiointerfeysga barcha ta’sirlarni nazorat qiladi,shuningdek,tarmoq va mobil qurilmalar orasida interfeys sifatida hizmat qiladi. Radioresusrlarni boshqarish,masalan,chastotaviy kanallarni tayinlash,sotalarni ajratish, uzatish quvvatini boshqarish va boshqalar bazaviy stansiya vazifalariga kiradi. Bunga qo’shimcha ravishda BTS foydalanuvchi ma’lumotlarini va signalizatsiyani uzatish jarayonida minimal vaqt kechikishlarini ta’minlash uchun MS va BSC orasida traffikning o’tishi uchun “skvoz” bog’lanishni tashkil qiladi.

Bazaviy stansiyalar kontrolleri (BSC-Base Station Controller) sotalar va MSC (Mobil Switching Centr) orasida signalizatsiya habarlari va tovushli ma’lumotlarni uzatadi. Bundan tashqari,BSC abonentlar mobilliklariga bog’liq bo’lgan bir qancha protseduralarni bajaradi, masalan zarurat tug’ilganda sotalar orasida handover protsedurasini nazorat qiladi.

Paketli bog’lanishlarni nazorat qilish qurilmasi (PCF-Packet Control Function) – cdmaOne da bo’lmagan CDMA 2000 tarmog’ining yangi elementi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi BTS va PDSN orasida paketlarni marshrutlashtirish hisoblanadi. Paketli sessiya jarayonida PCF tarmoq abonentlari uchun ularning ehtiyojlariga va to’langan hizmatlar hajmiga muvofiq ruhsat etiladigan radio resurslarni tayinlaydi. PCF ning asosiy vazifasi tarmoq resurslari,shuningdek radio resurslardan maksimal samarador foydalanilishi va bunda taqdim etiladigan hizmatlar sifati pasaymasligiga erishish uchun resurslarni taqsimlanishini rejalashtirishdan iborat.

CDMAOne tizimiga nisbatan sezilarli o’zgarishlarga uchramadi. Uning tarkibiga ham tizimda tovushli bog’lanishlarni o’rnatishiga javob beradigan MSC, shuningdek,abonentlar haqida ahborotlar saqlanadigan qator registrlar (HLR, VLR va boshqalar) kiradi.

Bu foydalanish paketlarini tashqi tarmoqga (masalan,Internet) va undan uzatishga,shuningdek abonentlarni autentifikatsiyalash, IP-manzillarni tayinlash va boshqalarga javob beradigan butunlay yangi sotali aloqa tarmog’i tizimi hisoblanadi.

Tashqi agent bilan birlashtirilgan paketli tarmoqni hizmat ko’rsatuvchi tuguni (PDSN/FA-Packet Serving Node/Foreign Agent) – bu radioulanish tarmog’i va tashqi paketli tarmoqlar orasida shlyuz hisoblanadi. Bu qurilma quyidagi vazifalarni bajaradi:

-sessiyalar o’rnatilishi,ushlab turilishi va yakunlanishini qo’shganda bazaviy stansiyalar tizimlarini va paketli tarmoq orasidagi bog’lanishlarni boshqaradi;

-tarmoq abonentlariga IP-manzillarni taqdim etish;

-operator tarmog’i va ma’lumotlarni uzatish tashqi tarmoqlari orasida paketlarni marshrutlashtirishni bajaradi;

-billing tizimida ko’rsatilgan hizmatlarning hisobini shakllantiradi va uzatadi;

-AAA-serverdan olinadigan abonentlar profillariga muvofiq abonent hizmatlarini boshqaradi;

-mustaqil autentifikatsiyalashni o’tkazadi yoki autentifikatsiyalashga so’rovni AAA-serverga uzatadi.

AAA (Authentication, Authorization and Accounting) –server abonentlarni autentifikatsiyalash va mualliflashtirish protseduralarini o’tkazish,shuningdek , billing va hisoblarni berish maqsadida abonent ma’lumotlarini saqlash uchun ishlatiladi.

Uy agenti (HA-Home Agent) CDMA 2000 standartinig boshqa tarmoqlari bilan cheksiz roumingini taqdim etadi. HA dastlabki tarmoq orqali istalgan foydalanish ma’lumotlarini uzatish uchun hizmat qiladigan MS uchun “yakorli” IP-manzilni taqdim etadi. Bundan tashqari uy agenti abonentlarni ro’yhatga olish, PDSN ga paketlarni uzatish, shuningdek, himoyalangan bog’lanishni (opsional) yaratishni bajaradi.


Download 0,8 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Download 0,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



CDMA 2000 standarti tarmog’ining tuzilmasi

Download 0,8 Mb.