CDMA 2000 standartining o’ziga hos xususiyatlari. CDMAOne standartidagi kabi CDMA 2000 standartiga o’hshash 1,25 MGs chastotalar polosasiga ajratilgan o’sha bir chastotalar diapazonini ishlashi uchun foydalaniladi. Bu yangi standartga operatorlarning o’tishini sezilarli osonlashtiradi, chunki yangi chastotaviy litsenziyani olishga zarurat bo’lmaydi. Bu yangi standartdagi tarmoqlarni qurishda asosiy ushlab turuvchi faktorlardan biri hisoblanadi. Bunday keyingi qabul qiluvchanlik tufayli operatorlar bosqichma – bosqich qurilmalarni yangilariga almashtirishlari va bu bilan standartning yangilanishida vujudga keladigan abonent qurilmalarining kam tarqatilishi, dastlabki katta harajatlar,transport kanallarini tashkiletish va boshqa muammolarni minimumgacha kamaytirishlari mumkin.
CDMA 2000 standarti chastotaviy resurslardan samarador foydalanishni quyidagi yahshilanishlar hisobiga yahshilaydi:
1. Quvvatni boshqarishning takomillashtirilgan algoritmi. CDMA 2000 standarti CDMA (code division multiple access) tarmog’iga abonentlarning ulanishini kodli usulidan foydalanadi. Uning asosiy kamchiligi abonentlar soni oshganda interferensiyaning vujudga kelishi hisoblanadi. Lekin,har bir mobil terminal (MS) uchun quvvatni boshqarish mehanizmi tufayli mazkur vaqt momentida optimal quvvat beriladi. Bu bir tomondan,boshqa abonentlarga halaqit qilmasligiga,boshqa tomondan esa talab qilinadigan xizmat ko’rsatish sifati darajasini (Qo S) ta’minlashga imkon beradi. MS quvvatini boshqarish algoritmidagi asosiy o’zgarish abonent qurilmasi ma’lumotlarini uzatish quvvatini o’zgartirishga komandalar jo’natilishi chastotasini oshirish (16 marttagacha) bo’ldi. Shunga ko’ra,tarmoqning sig’imi 1,5 martagacha oshishga erishildi.
2. Uzatishninig surilishi (Transmit diversity) , bunda har bir antenna 6 tagacha turli signallarni qabullashi/uzatishi mumkin. Bunda MS eng katta sathli signal chastotasini tanlaydi. Transmit diversity tufayli aloqa kanalidagi xatoliklar darajasini sezilarli kamaytirish va signal sifatini sezilarli oshirish mumkin.
2.6-rasm. Bazaviy stansiyadan surilishli uzatish prinsipi.
3. Aqlli antennalar (Smart Antennas) . ular har bir abonent uchun bir necha o’nlab metrlardagi aniqlikda signalning alohida nurlarini shakllantirish imkoniyatini beradi. Smart antenna tufayli abonentlar fazoviy ko’p tomonlama kira olish usuli deyiladigan usul (SDMA – Space Division Multiple Access) ishlatilgan. Bu radioefirda interferensiyaning umumiy darajasini sezilarli kamaytirishga va tarmoq sig’imini sezilarli kengaytirishga imkon beradi.
2.7 rasm. Smart antennalarning ishlash prinsipi
4. CDMA 2000 standarti QPSK (Quadrature Phase Shift Keying) modulyatsiyadan foydalanishni ko’zda tutadi.
5. Raqamli kodlash texnologiyasini yahshilash.
6. CDMA 2000 standartida yanada samaraliroq vokoderdan va yanada ko’p sonli kengaytiruvchi kodlardan (Walsh code) foydalaniladi. CDMAOne standartida maksimal 64 ta kengaytiruvchi koddan bitta tashuvchida foydalanish mumkin bo’lgan. CDMA 2000 standartida 128 tagacha kengaytiruvchi kodlardan foydalanish mumkin. Shunday qilib har bir sotada 2 martagacha ko’p past tezlikli bog’lanishlarga,masalan tovushli bog’lanishlarga xizmat ko’rsatilishi mumkin.
Bu va boshqa afzalliklar radio bog’lanish orqali abonent ma’lumotlarini uzatish tezliklarini marttalarga oshirishga va tarmoqning sig’imini ortishiga imkon berdi.
|