2.2 - rasm. E-XAT tizimidagi xujjatning ko’rinishi. (www2.exat.uz)
KKM quyidagi funksiyalarni bajarmog’i lozim:
- ma’lumotlarni kafolatli yetkazish;
- elektron xujjatlarni marshrutini belgilash;
- ma’lumotlarni yaratish va ayirboshlash shaklini rivojlantirish;
- markazlashtirilgan holda normativ-lug’atiy axborotlarni kiritish;
- xujjatlarni portal orqali chop etish;
- umumiy xujjatlarni birgalikda ishlash sharoitini yaratish.
Korxona elektron xujjat ayirboshlash tizimida quyidagi vazifalar yuklanadi:
- xujjatlarning registratsiyasi;
- xujjatlarni tasdiqlash;
- xujjatlarni barcha jabxalar bilan kelishtirish;
- xujjatlar ustida jamoa bo’lib ishlashni uyushtirish;
- xujjatlar loyixasini yaratish (barcha jabxa uchun);
- bajarilish darajasini tekshirib turish;
- korxona arxivlari bilan bog’lanish;
- fuqarolar talablarini qayta ishlash.
O’zbekiston Respublikasida elektron xukumatning xolati va ravnaqi. Elektron xukumat deganimizda jamiyatda mavjud bo’lgan barcha tashqi va ichki aloqa xamda jarayonlarni AKT orqali amalga oshiruvchi xukumat tushuniladi. Elektron xukumat ravnaqi uchun quyidagi o’zaro bog’liq bo’lgan masalalarni yechmoqlik zarurdir:
1. Qog’ozsiz xujjat ayirboshlash asosida davlat tizimi va boshqaruvida o’zaro ta’sirni yaxshilash;
2. AKT asosida fuqarolar jamoasi sub’ektlari ishlari yuzasidan bajariladigan vazifalarni amalga oshirish.
Davlat boshqaruv organlariga EXni joriy qilish o’z samarasini beradi va quyidagilarni yechishga olib keladi:
- boshqaruv apparati ishlarini sezilarli darajada yuksaltirib, sarf-xarajatlarni kamaytirib, byudjetni yana ham samarali ishlatish imkoniyatini beradi;
- boshqaruvga oydinlik kiritib davlat organlari boshqaruvini jamoatchilik tomonidan nazorat qilish imkoniyatini yaratadi;
- jamoat jarayonlarini boshqarishning yangi mexanizmi yaratiladi.
Demak, elektron xujjatlarni (EX) davlat boshqaruviga qo’llash ma’muriy isloxotning asosiy vazifalarini ham yechib beradi. EX tushunchasi asosan 1990 yillarda kelib chiqqan bo’lsada, asosan xozirgi vaqtlarda ko’p e’tibor berilmoqda. Birinchilar qatorida EX yaratishda AQSH, Angliya va shuningdek Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya, Fransiya kabi davlatlar hisoblanadi. Sovet Ittifoqi davrida Pribaltika davlatlari bo’lmish Estoniya va Latviya respublikalarida boshlangan. Bu borada O’zbekistonda ilk qadamlar qo’yilgan desak yanglishmaymiz. Ayniqsa, oxirgi yillarda bu sohada ancha ishlar qilindi.
Prezidentning 2002 yilning 30 may oyda № PF-3080 sonli “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” buyrug’ining ijrosi sifatida O’zbekiston xukumati tomonidan AKT rivojlantirish va EX qo’llash natijasida bir nechta ma’muriy xujjatlar qabul qilindi. Natijada yangi vertikal ijroiy xokimiyati barpo qilinib korxonalararo yaratilayotgan informatizatsiya jarayonini boshqaruv dasturini bajarilishini nazorat qilish markazi yaratildi. Bu dasturni anchagina markaziy va maxalliy boshqaruv organlari ma’qullab, ko’pchiligi dasturning mustaqil strukturasiga ega bo’lib, ularga korxonalararo informatizatsiya jarayonini joriy qilishga javobgarligi yuklatildi.
Natijada davlat boshqaruv organlariga yangi texnologik boshqaruv usullari kirib keldi. O’zbekiston Respublikasining Hukumat Portalining axborot resursi bo’lib Internet tizimida o’rnatilgan www.gov.uz portaldan iborat. U o’zbek, rus va ingliz tilida yozilgan. O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali dаvlаt hоkimiyati оrgаnlаri fаоliyatining funktsiоnаl jаrаyon vа tаrtibini qo`llаb-quvvаtlоvchi, dаvlаt hоkimiyati vа bоshqаruvi оrgаnlаrining elеktrоn hаmjihаtlik infrаtuzilmаsining tizimini tаshkil etuvchi qism hisоblаnаdi. Portalning asosiy maqsadlari:
- fuqаrоlаr vа хo`jаlik sub’еktlаrigа hоkimiyat vа bоshqаruvi оrgаnlаri tоmоnidаn tаqdim etilаdigаn ахbоrоt rеsurslаri vа хizmаtlаrining hаjmini оshirishgа mo`ljаllаngаn iхtisоslаshtirilgаn ахbоrоt tizimini yarаtish;
- O`zbеkistоn Rеspublikаsi Hоkimiyatining fаоliyati to`g`risidаgi mа’lumоtlаr bilаn tа’minlаsh, O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali mаqsаdli аuditоriyasini zаrur muаssаsаlаr bilаn o`zаrо аlоqа qilish jаrаyonlаri vа imkоniyatlаri to`g`risidа, fuqаrоlаrning mаjburiyatlаri vа huquqlаrining kеlib chiqishi to`g`risidа, dаvlаt hоkimiyati оrgаnlаrining fаоliyati to`g`risidаgi ахbоrоtlаrdаn to`liq, tеzkоr vа fоydаlаnishdа qulаyligi, dаvlаt hоkimiyati оrgаnlаri vа bоshqаruvining rаsmiy pоzitsiyasini аks ettiruvchi kеng ko`lаmdаgi ахbоrоtlаr bilаn tа’minlаsh;
- chеklаngаn хizmаtlаnishgа mo`ljаllаngаn ахbоrоtgа kiritilgаn mа’lumоtlаrdаn tаshqаri, tеgishli ахbоrоt rеsurslаrini jоylаshtirish vа tаshkil etish yo`li bilаn fuqаrо vа tаshkilоtlаrni dаvlаt ijrо hоkimiyati оrgаnlаrining fаоliyati to`g`risidаgi rаsmiy ахbоrоtgа kirishini tа’minlаsh;
- O`zbеkistоn Rеspublikаsining хаlqаrо nufuzini оshirish vа milliy iqtisоdiyotimizgа invеstitsiyalаrni jаlb etish uchun shаrt-shаrоitlаrni yarаtish.
|