2.6 - rasm. “O‘zbektelekom” AK provayderlar uchun internet xizmatlari tariflari dinamikasi
Misol uchun, 2020 yilgacha keng polosali optik aloqa tarmoqlarini rivojlantirish va kengaytirish, undan so‘ng mamlakatning barcha hududlarida EDVO, 3G i 4G LTE baza stansiyalarini o‘rnatish ishlarini olib borish rejalashtirilgan. Korporativ sohalar uchun multimedia xizmatalrini ko‘rsatish studiyalarini ishga tushirish, axborot-ma’lumotnoma markazlari, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash, keshlash markazlari faoliyatini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida “elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi vazifalar belgilab olingan:
- “Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari komplekslari va ma’lumotlar bazalarini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda loyihalar ro‘yxati kompleks dasturi tasdiqlangan;
- Kompleks dastur – O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini joriy etishning o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 22 ta loyiha va 6 ta tadbirlarni o‘z ichiga oladi;
- Milliy axborot kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirishning Kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil qilingan.
Shu bilan birga Qo‘mita qoshida 2 ta yirik “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash markazlarini tashkil etish belgilangan.
O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini joriy etishning o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha grafiklar ishlab chiqilgan. Mazkur grafiklarda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan quyidagilarni amalga oshirish belgilangan:
- Dastlabki loyiha oldi tadqiqotlarni o‘tkazish, bunda interaktiv xizmatlar bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish, mavjud holatini o‘rganish, va takliflar ishlab chiqish;
- Loyihani amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish;
- Dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish;
- Dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ekspertizadan o‘tkazish;
- Texnik topshiriq ishlab chiqish;
- Loyihani amalga oshiruvchini aniqlash bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish;
- Loyihani amalga oshirishdan iboratdir.
“Elektron hukumat” tizimini joriy qilishning istiqbolli rejalari doirasida 2014-2016 yillarda idoralararo integratsiyalashgan platformani yaratish loyihasi amalga oshiriladi. Bu platforma barcha davlat organlari axborot tizimlarini birlashtiradi, aholiga ma’lumot olish, ariza topshirish va boshqa xizmatlardan foydalanish bo‘yicha idoralar o‘rtasida ma’lumot almashishga xizmat qiladi.
Davlat organlarining aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro axborot almashinuvlari, muloqotlari, shuningdek bir qator davlat xizmatlarini ko‘rsatish 2013 yilda ishga tushirilgan Yagona Portal orqali amalga oshirilmoqda.
Dasturga muvofiq, “elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish maqsadida ochiq kalitlar bazasida yagona identifikatsiya tizimini yaratish loyihasini tashkil qilish ko‘zda tutilgan.
|