|
ILM VA FIQHNING MOHIYAТI VA FAZILAТI HAQIDA
|
bet | 4/8 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 3,02 Mb. | | #123211 |
Bog'liq pisaxalogiya mavzusiILM VA FIQHNING MOHIYAТI VA FAZILAТI HAQIDA
Janob payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom aytdilar: «Har bir musulmonning ilm talab qilishi farzdir». Ma’lumki, har bir ishning ilmini bilish, uni oxiriga yetkazish va mukammal ado etishga asosiy omil bo’ladi. Mo’’tabar manbalarda mashoyixlarimiz: «Ilmning afzali hol ilmini bilmokdir»,- deb ta’kidlaganlar. Bundan hamma ilmlarni o’rganish farz bo’lmasligini tushunish mumkin. Balki, hozir bajarilishi lozim bo’lgan amalning ilmini bilmog’i insonga buyuriladi. Shunda qiladigan ishi nuqson va kamchiliklardan holiy va ilm bilan bo’lgani sababidan mukammap bo’ladi. Amalning afzali esa, xato va nuqsonlardan muho-fazalanganidir. Bu muhofazani ilm bilan hosil bo’lishi aqli raso kishiga sir emas. Demak, bir kishi na-moz o’qimoqni ixtiyor qilsa, unga namozga oid bo’lgan barcha ilmlarni (namozning ado etilish tartiblarini) bilmog’i zarur bo’ladi. Shundagina uning namozi xatoyu kamchiliklardan holiy va mukammal bo’ladi. Boshqa amallar ham xuddi shunday farzi, vojibi, sunnati va makruh-u mufsid, ya’ni uni buzadigan omillarini bilishni bajaruvchiga bevosita shart qilib ko’yi-ladi. Farz yoki vojib amallardan biri bajariladigan bo’lsa, uni qilishlik uchun kerak bo’lgan ba’zi amallar o’rtada vosita bo’lganlari ham farz yoki vojib hisoblanadi. Bu ilmlarni barchasiga amal qilish shart emas, balki ish to’liq va nuqsonsiz qoim bo’lishiga imkon beradigan mikdorda ilm egallamog’i farz bo’ladi. Bundan ortig’i shart emas, lekin uni o’rgansa zarar qilmaydi. Zero, Alloh taolo ilmni zararli qilmagandir. Yuqorida aytib o’tganimizdek, ro’za, haj va zakot, hattoki tijorat ishlarida ham farzu vojiblri, makruhlarini bilmog’imiz, ular o’rtasida vosita bo’lib turgan amallarni qay darajada ekanligini bilishligimiz shartqilinadi. Hazrati Imom Muhammad ibn Hasandan zamondoshlari: -Zohidlik, taqvo va parhezkorlik to’g’risida bir kitob yozib bersangiz, ko’p foydalik bo’lar edi,- deb so’raganlar. Ul zot: savdo-sotiq, tijorat ishlari to’g’risida kitob yozdim, - deb javob berdilar. Demak, zohidlik, tvqvoyu parhezkorlik jami ishlarda - xohdunyoviy, xohu oxirat ishi bo’lsin harom, makruh va shubhalardan saqlanmoq bilan bo’ladi. Mazkur ilmlar qatorida musulmon kishiga yana qalb holatining ilmlarini ham bilmoqligi kerak. Qalb holining nlmi juda nozik va murakkab, o’z navbatida juda muhim ilmdir. Тavakkul qilish - butun ishlari, ichki dunyosi kechin-malarini va qnpayotgan ishini oxiri xayrli Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 3 bo’lishini umid qilib, uni xrlis Alloh taologa topshirishi, tafviz etishidir. Inobat esa, qila olmagan ishlariga nisbatan qayg’urish, afsuslanish, xato-nuqsonlarini e’tirof etib tavba qilish, Allohning amrlariga bo’ysunish va o’zini kamtarona, shikasta xrlda tutishdir. Хoshya - qo’rquv,, xushu’ va tazarru’da bo’lish, qalban doimo Yaratganning’ g’zzabidan, qiyomatda qattiq azobidan qo’rqish, rahmatu fazlidan umidvor bo’lib, xavfu rijoda turmoqlikdir. Qalb ilmlaridan biri rizodir. Rizo esa barcha ishlarga rozi bo’lishlikdir. Aklmo bunda ogoh va ziyrak bo’lish kerak. Gunoxu ma’siyatga, kufr va shirkka zinhor rozi bo’lmaslikka buyuriladi. Darxaqiqat, ma’nan yetuklikka intilgan kishi kjrrida sanab o’tilgan qalbiy holatlarni har vaqg va har joyda amal qilishi kerakdir. Ilmning sharafi, ulug’liligiga shubha yo’q. Chunki u insoniylikka xss xususiyatdir. Inson ko’p jihatlarda boshqa mavjudotlar bxtzt sherikdir, lekin ilmda sherik emas. Shijoat, jur’atlik, kuch-quvvat, saxiylik, mehr, shafqatda o’xshash tamonlari bor, ammo ilmda emas. Vaholanki, Allohtaolo Odam alayhissalomning fazlini ilm bilan ko’rsatdi. Shuning uchun ham, farishtalarga hazrati Odamga sajda qilishni buyurdi. Chindan ham ilmning sharafi, oliymaqom ekani, u abadiy saodatga - Alloh taoloning dargohida izzatu hurmatga hakdor etadigan taqvoga vosita ekanidir. Bu hakda Muhammad ibn Hasan ibn Abdulloh shunday deganlar, bayt: Ilm o’rgan har on, Ilm ahliga ziynatu fazilat Ham oliy unvon. har on talabgori foyda bo’l, Foyda dengizlarida g’avvos bo’l. Ilm, ilmdan ilm unar, Sohibini ziykatlar. Manfaatlik dengizlarda G’avvos bo’lmoqqa chog’lar. Fiqh ilmi - yaxshilikkachetaklovchi, taqvoga boshlovchi mukammal omildir. U maQbadlarning eng oliysi va odilrog’i bo’lib, hidoyat yo’liga boshlaydi. Fikh mashaqqatu qiyinchiliklardan najot beruvchi bir qo’rg’ondir. Bitta parhezkor, taqvoli olim mingta ibodat qiladigan bandadan afzaldir. Yana shuni qayd etish mumkinki, olimning bir o’zi mingta shaytonning dushmanlarini ashaddiyrog’i va dahshatlirog’idir. Bir kuni Janob Rasululloh (s.a.v.) masjidga borsalar, masjidning eshigi oldida tashvishli va noumid holdagi Shay-ton alayhilla’nani ko’rdilar. Rasululloh (s.a.v.) kelishining sababini so’raganlarida, u: -Yo, Rasululloh! Masjidning ichida bir omyy (uquvsiz, ilmsiz) kishi zo’r berib namoz o’qimoqda. Men ukg chalg’itishni-xohladim, lekin uning yonida «Ilm shahri ning darvozasi» hazrat Ali (karramallohu vajhah) uxlab yotibdi. Agar men shu omiyni adashtirsam, u Alini uyg’otib, undan so’rab, bu to’g’rida ilm hosil qiladi. Bu menga ko’proqzarar va yoqimsizdir. Chunki bir zararim o’zimga bir necha barobar qaytadi. Shundan bu yerda noumid bo’libturibman,-debaytdi. Rasululloh (s.a.v.) shundan so’ng: «Bir olim ming obiddan afzalroqdir!» - dedilar.
|
| |