ILMNI VA ILM AHLINI ULUG’LASH HAQIDA




Download 3,02 Mb.
bet7/8
Sana19.12.2023
Hajmi3,02 Mb.
#123211
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
pisaxalogiya mavzusi

ILMNI VA ILM AHLINI ULUG’LASH HAQIDA
Bilgilki, tolibi ilm ham, tolibi kasb-hunar ham faqatgina ilm va ilm ahlini.hurmatini o’z o’rniga keltira olishi uni hurmatlab, ta’zimini ado eta olishi bilangina ilmga, kasbga erishib, ulardan muvaf-faqiyat ila manfaaat topadi. Ustozni hurmatiga e’ti-bor va uni qat’iyan ulug’lash, salobatli tutish esa alohida ahamiyat kasb etadi. Donishmandlarimiz: Hurmat saqlash toat-ibodatdan ko’ra afzalroqdir,-deganlar. Yana bir ulug’ zotdan: -Ilm afzalmi yoki odob?- deb so’raganlarida, ul zot: -Odob afzal,- deb javob berganlar. Haqiqatda ham, go’zal xulq, odob har qanday olimu-xunar egasining benazir ziynatidir. Yana shunday mo’’ta-bar insonlardan: kim nimaga erishgan, fazilat va daraja topgan bo’lsa faqat hurmat, odob saqlash bilan erishibdi. Kimki o’z obro’-e’tiboridan, erishgan fazilatidan ayrilgan bo’lsa, bilsinki, u faqatgina bu ayriliqni odob saqlashni loyiq ko’rmagani, hurmat va e’zozni tark qilgani sababidandir,- deb ogoh qiladilar. Yana: -Ogohlik, ziyrak fahm bilan bir oz fikr qilgin, inson gunohu ma’siyat bilan imondan ajrapmaydi. Balki izzat-ikromni va odobni tark etgani uchun kofir bo’ladi. Farishtalarga dars o’tagan Iblisni yodingga ol! U beodoblik va tarki ehtirom-la Alloh taoloning rahmat dargohidan quvildi, Unga osiy bo’ldi. Vahhobiylarni ko’r! Kattalarga hurmatlari, kichikka izzatlari yuzakilikka, yohud yo’qlikka yuz tutgani sabab ustozning ulug’ligini e’tirof etmadilar. Barcha us-tozlarining norizolik dastorlarini boshlariga qo’yib, ustlariga duoibaddan iboratliboslar kiydilar. «Ilmu taqvolari» bilan muborak, pok dinimizga qancha zarar keltirdilar. Ushbu harakatlari natijasida to’g’ri yo’ldan chiqdilar, Allohning roziligiga muyassar bo’ladigan yo’ldan adashib, dunyoga, shayton rizoligi tomoniga o’tdilar. Musannif (a.r.) hazratlari, muallim va ta’lim-tarbiya beruvchi insonni hurmatini qoim qilish, ular huzurida odobu ahloq sulukotlariga rioya qilish bevosita ilmni hurmati, ta’zimidan sanaladi, - deb qayd etadilar. Hazrati Ali (r.a.)ning ushbu so’zlarini gapimizning tasdig’i desak, mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Hazrati Ali aytdilar: - Menga bir dona harf o’rgatgan kishining quliman. Хohlasa sotsin, xohlasa qullikdan ozod qilsin, xohlasa kul qilib ishlatsin. Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 15 Aqli raso insonga bundan ehtirom qilinishga eng haqdor va loyiq zot muallim, ustoz ekani ma’lum bo’ladi. Kishi iymonining belgisi shubhasiz, ustozning hurmatiga va duoi xayriga sazovor bo’lishidir. Ustozni izzat-ikromini o’z o’rniga qo’yish maqsadida hadya va xayru ehsonlar qilish afzal ishlardan hisoblanadi. Masalan, bir harf o’rgatsa, ustozga ming dirham hadya qilmoq nihoyatda xayrli amaldir. Bordi-yu, diningda, imon-e’tiqodingda muhtoj bo’lgan masalada bir harf ta’lim bersa, u inson sening dindagi otang, padari buzrukvoringdir. Shayxul Islom buyuk imom, muhtaram ustozimiz Sadiduddin Sheroziy hazratlari: -Bir kishi o’g’lini olim, fozil bo’lishini orzu qilsa, olimu faqihlarning, ilm yo’lida yurganlarning haqlarini, ya’ni hurmatlarini rioya qilmog’i lozimdir. Bu ta’zimlarini o’rniga keltirish va hadyalar berish ila bo’ladi. Agar o’g’li olim bo’lib yetishmasa, unda albatta nevarasi olim bo’ladi,- deganlar. Ustozning mehru muhabbatiga, e’tiboriga loyiq bo’lishni istagan shogird avvalo quyidagilarga amal qilmog’i lozim: - Ustozning oldiga tushib yurmaslik; - Ustozning o’rniga o’tirmaslik; - Huzurlarida ruxsatsiz gapirmaslik; - Malol keladigan bo’lsa, dars vaqgida ko’p savol bermaslik; - Darsdan tashqari savolni vaqgida so’rash qoidalariga rioya qilish; - Darsga kech yoki barvaqg kelish; - Ustozni bezovta qilmaslik; - Ustozning eshiklarini taqillatmaslik, balki o’zlari kelishlarini yoki chiqishlarini sabr qilib kutish. Mazkur amallarning samarasi - ustozning roziligini topish, ko’nglida muhabbat paydo qilishdan iborat. Shuningdek, norozi qilib qo’yishdan, g’azabidan saqlanish ham hosil bo’ladi. Ustoz gunoh va ma’siyatga buyurmasa, barcha farmonlariga itoat qilmoq, so’zsiz bajarmoq shartdir. Shogird ustoziga o’zini doim bo’ysungan holda ko’rishi ilm hosil etishiningomilidir. Janob payg’ambarimiz (s.a.v.): -Хoliqqa, ya’ni Allohtaologa osiy va gunohkor bo’ladigan ishda mahluqqa, ya’ni biror kimsaga itoat yo’q, -deb ogohlantiradilar. Demak, bundan boshqa barcha buyruq va ko’rsatmalarini sidqidil bilan ado etish bilan ustozining rizoligini topadi. Zero, ilm Allohning mulki va ulug’ ne’mati bo’lib, o’zi saralab olgan bandalariga in’om qiladi. Shunday ekan, Janob payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning muborak hadislari ma’nosiga ko’ra, tolibga uch turli kishilarning duolari bilan ilm hosil bo’ladi: ustozi, ota-onasi va o’zining kechalari shikastalik bilan qilgan ibodatlari, duolari natijarida unga ilm hosil bo’ladi. Kitob o’qish, dars tayyorlash, saboq olish, mukolama qilish kabilar bilan ham, ilm hosil qilish mumkin, lekin u yodda qolmaydigan, yoki zarur vaqtda foyda bermaydigan ilm bo’ladi. Ogoh bo’l! Ustozning roziligi, duosi senga suv va havodek zarur, shuningdek, kelajagingda asosiy saodat poydevoridir. Ustozni hurmatini o’zida kasb etgan amallardan yana biri ustozning farzandlarini, yaqin bo’lganlarini hurmat qilish, odob saqlash hisoblanadi. Shayxul islom «Hidoya» kitobiningsohiblari, ustoz Burhoniddin Marg’inoniy hazratlari hikoya qiladilar: -Buxoroi sharifning katta allomai kiromlaridan biri dars halqasida edilar. Dars asnosida goho Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 16 o’rinlaridan turib ko’yardilar. Ziyrak toliblari buning sa-babini so’radilar. U zot kamoli ehtirom bilan: - Mehribon ustozimning farzandlari ko’chada bo-lalar bilan o’ynab yuribdilar. Goh o’ynab eshik oldiga kelsalar, darhol ustozimni hurmatlari uchun o’rnimdan turyapman, - deb javob berdilar. Yana hikoya qiladilarki, Imom Buxoriy hazratlari (r.h.) bir mudsat Makkai Mukarramada dars o’taganlar. Bir ziyoratchi Buxoroi sharifdagi ustozlaridan salom va maktub olib keladilar. Shunda, ustozlarining yurtidan kelganlarini bilib, kuchoq ochib ko’rishib, hurmat izhor qilganlar. So’ng, salom xabarini eshitganlarida, Buxoroi sharif tomoniga yuzlanib, salomga alik olib hurmat bajo keltirganlar. Keyin maq-tubni ikki ko’llab olib, tabarruk qilib, ehtirom bilan xatni o’qiganlari aytiladi. Qarang, qanday ibratli voqea bo’lgan ekan, ustoz hazratlari uzoqda, g’oyib bo’lsalarda, huzurlarida turgandek hurmat bajo keltirdilar. Balki ulug’ al-lomai zamonlarning o’z davrida yetishgan baland ilmiy darajalarining omillardan biri shu bo’lgan bo’lsa, ajab emas. Hozirgi tolibi ilmlarimiz ham shunday omillardan bahra olib, yana diyorimiz shuhratini ilmu taraqqiyot sohasida ko’klarga sarafroz etadigan ulamoi za-monlar bo’lib yetishsalar edi, Janobimiz (s.a.v.)ning: «Dunyoga ta’lim beruvchilar bu tomondan chiqadi», -degan bashoratlari yana isbotini topgan bo’lur edi. Hazrat qozi Imom Faxriddin al-Arsobandiy Marv viloyatida barcha imomlarning raisi edilar. Marvning sultoni bu zotni g’oyatda hurmatlar edilar va: -Faqatgina ustozimning duolari sharofati bilan bu mansabga erishdim. Hurmatlarini o’rinlatishga harakat qildim. Hazrat uyetozim qozi Imom Abu Yazid addabbusiy (a.r.)ning xizmatlarida qush misoli uchar edim. Kiyimlarini yuvib, poyabzallarini tozalab, taomlarini hozirlar, ustozim ovqatlanib bo’lgunlari-cha, o’zim tanovul qilmas edim,- deb yod etadilar. Yana bir ulug’ zot ushbu voqeani aytib berganlar. Shayxul Islom buyuk imom, shamsul aimma hazrati Хalvoniy ma’lum bir sabab tufayli, Buxoroi sharif atrofidagi qishloqlarning birida bir necha kun yashaganlar. Shogirdlaridan Shayxul Islom, Qozi Abu Bakr az-Zaranjiy hazratlaridan boshqa barchalari kelib, us-tozlarini ziyorat etdilar. Kunlarning birida ustoz bu shogirdni uchratib qolib: -Nega meni ziyoratimga kelmading?- deb, malomat bilan ko’ngillaridagi muhabbatning darz ketganiga ishora qildilar. -Men munis onajonimning xizmatlari bilan mashg’ul bo’lib, ziyoratingizga kela olmadim, - deb uzr so’radilar. -Umringizning uzoq bo’lishiga nasiba olibsiz, ammo ilmingiz ravnaqi, darsingiz rivojini rizqlantira olmabsiz, bu nasibadan bebahra qolibsiz,- degan ekanlar. Хuddi mana shu so’zlarning isboti yuz berib, bu zot ko’p vaqtlarini qishloqlarni kezish, shu yerlarda yashab, dars berish va dars olish imkoniyatlaridan mah-rum bo’lgan ekanlar. Qissadan hissa, kim ustozini norozi qilsa, unga ozor bersa, ilm barakotlaridan mahrum bo’ladi va ilmdan foyda topmaydi. Agar topsa ham, yo’q hisobida foydalanishi mumkin. Izzattalab bo’lmas muallim, tabib, Shu ishdan elda bo’ldilar habib. Izzatu xurmating qaytar bo’lib saodat, Andishasiz qadaming o’zingga qaboxat. Ogoh bo’lki, muallim va tabib, Hech qilmaslar talabi izzat, Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 17 Qilmaslar buni pandu nasihat, Qadring bilgil, ehtiromlar ko’rsatib, Ustozdan noil bo’l ikki olam saodatin, Тabibdan ol darding davosin. Gar johillik va kibr ila jafolar bersang, ey, azizim Baxting qaroligiga va darding alamiga sabr kosasin ol. -Ey, shogird! Ey, bemor! Meni hurmat qil, odob-ahlo-qingni tuzat,- deb nasihat qilmaydilar. -Ey inson, axir hayoting, dunyo ishlaring, oxirating, kelajaging mening qo’limda, unga men tufayli erishasan, ishlaringni oqibatini o’ylab qilgin,- deb va shu kabi ko’rsatmalarni bermaydilar. Beodoblik qilib, ularni ranjitdingmi, qo’polliging bilan ularga aziyat yetkazdingmi, o’z dardingga, kasalingga sabr qil, og’riqlariga chida! Yoki, o’zingni johilligingga qanoat qil! Hikoya qilibdurlarki, hazrati Horun ar-Rashid o’g’illarini imom Asmo’iy (a.r.) huzurlariga ilm va odob o’rganmog’i uchun yubordilar. Bir kuni ustoz hazratlarining tahorat olayotganlarini ko’rib qoladilar. O’g’illari esa oyoqlariga suv quyar edi. Shunda xalifa hazratlari imom Asmo’iyni itob (urishib) va malomat qildilar. - Men sizning huzuringizga o’g’limni ilm va odob o’rgansin deb jo’natgan edim, shunday ekan nima uchun bir qo’li bilan suv kuyib, boshqasi bilan oyog’ingizni yuvishni buyurmaysiz?! - dedilar. Demak, ustoz hurmatiga rioya qilmoq, xizmatlariga qoim bo’lmoq, uning ko’nglida muhabbat va rizoligini topish har bir talabaning hayotiy vazifasiga aylanmog’i kerak ekan. Bu esa, ilmidan o’zi ham, boshqalar ham manfaat topishiga asosiy omillardan biridir. Тolib bu yuksak burchni ixlos va samimiyat bilan yondoshgandagina, samarasidan bahra olishga erishadi. Endi ilmni e’zozlash, uni ulug’lash haqida fikr yuritsak. Ilmning bulog’i hisoblangan ustoz, muallim hazratlarini va ularning maqomlarida bo’lgan har bir kishini hurmat qilish ham ilmning ta’zimi bo’ladi. Albatta, ilm bulog’i va manbai kitobdir. Demak, kitobga ahamiyat berish, uni ozoda va ko’rkam tutish, faxr bilan ko’tarib yurish, pokiza va baland joylarga qo’yish nafaqat uning hurmati, balki ilmni ulug’lash hisoblanadi. Shuningdek, kitobni asta varaqlash, imkon qadar bir ochishda kerakli sahifani ochish va zarur bo’lganda kitobni varaqlash ham ilmni ulug’lash jumlasiga kiradi. Kitobni varaqlashda kitob varaqlarini g’ijimlab, buklab, barmog’iga tuflab varaqlash noshoista ishdir. Kitob va daftar ustiga jild va g’ilof tutish mo’’tabar amaldir. Zero, kitobni ulug’lash ilmni ulug’lash ekan, talaba kitobni har vakt tahorat bilan ushlamog’i kerak bo’ladi. Bu ishga odatlanishi o’ziga foydadir. Shayxul Islom, imom Хalvoniy hazratlaridan hikoya qiladilarki, ul zot: -Men bu ilmga faqat uni hurmat qilib eryshganman! Qog’ozni doim tahorat bilan olar, betahorat kitobga yaqin kelmas edim», - deganlar. Shayxul Islom, Shamsul aimma, imom Saraxsiy hazratlari kunlarning birida qorin og’rig’i kasalligi bilan og’ridilar. O’sha kechasi tahoratlarini takrortakror yangilaganlar. Хullas, o’n yetti bora tahorat olgan ekanlar. Chunki, bu zot ilmlarini faqat tahoratda qaytarar edilar. Zero, ilm nurdir, tahorat esa poklik va nurdir. Ikki nur bir-biriga qo’shilib, nurlar yanada ziyoda bo’ladi. Тahoratning nuri ilm nurining ziyosini ko’paytiradi. Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 18 Rioya etilmog’i nihoyat zarur bo’lgan amallardan: -uzrsiz qiblaga va kitoblarga oyoq uzatmaslik; -tafsirga oid kitoblarni barcha kitoblarning ustiga ko’yish va ularning ustiga boshqa kitob va biron narsa ko’ymaslik hisoblanadi. Shayxul islom, ustoz Burhoniddin Marg’inoniy hazratlari hikoya qiladilar: -Bir faqih, olim kishi siyoxdonini kitob ustiga qo’yar edilar. Shunda ul zotga fors tilida «Bar na yobiy, ya’ni o’smaysan, kamol topmaysan»,- degan ekanlar. Mazkur masalada Faxri islom, Qozixon nomi bilan mashhur, ustoz Aliyyul qori hazratlari shunday deganlar: -Agar bu ish bilan kitobni xorlashni, mensimaslikni iroda qilmagan bo’lsa, unda zarari yo’q. Lekin bu ishdan ham saqlanmoq yaxshirokdir. Ilmning ulug’lanishiga yuz tutadigan amallardan yana biri - yozuvini ozoda, ko’rkam va husni xat bilan yozishi sanaladi. Bundan maqsad, yozgan yozuvlaridan kelajakda o’zi ham, boshqalar ham o’qib foydalanishlarini ta’minlaydi. Shuningdek, mayda yozmaslik, qisqartmaslik, faqat o’ziga ma’lum bo’lgan belgi va ishoralar qo’llamasligi ham ilmni hurmatlash hisoblanadi. Yozganda esa, ba’zi ishora va aniqliklarni kiritish uchun va mayda yozuvlar qilish uchun hoshiya qoldiradi. Imom A’zam Abu Hanifa (r.a.) hazratlari mayda harf bilan yozayotgan bir kotibni ko’rib, nasihat qilgan ekanlar: - Ey kotib! Mayda xat bilan yozma! O’zinggina biladigan qisqartmalarni kiritma! Agar uzoq yashab, o’z xatingni qo’lingga olsang, nadomat chekasan! Agar vafot etsang, sendan norozi bo’ladilar, qarg’aydilar. Bu so’zning ma’nosi, agar ulug’ yoshga yetishni Alloh nasib etsa, qarilik ne’mati o’z hikmati bilan ko’zingning nurini zaiflashtiradi va o’zing bilgan qisqart-malaringni ham yodingdan ko’taradi. Shunda yozganlaringni o’qiy olmay, o’zingni malomat va mazammat qilasan. Bu ishingga nadomat chekasan. Vafotingdan keyin, xatingni o’qiy olmagan kishilar seni so’kadilar va mazammat qiladilar. Shayxul islom, Majididdin, imom Saraxsiy (a.r.) hazratlari: nimani mayda va qisqartirib yozgan bo’lsak, kelajakda unga nadomat va xasrat chekdik. Nimani o’zimizga tanlab olgan bo’lsak, unga ham xasrat va nadomat chekdik. Nimaning qadriga yetmagan bo’lsak, shuningdek, nimani yaxshi-yomonligini fikrlamagan bo’lsak, shularga ham ko’p nadomat chekdik,- degan ekanlar. Demak, ilm tolibi o’z husni xati ustida ishlamog’i, xatiga hamma vaqg boshqalar ham tushuna oladigan bo’li-shiga erishishi kerak. Nihoyat yozishda turli qisqartmalardan saqlanmog’i, ilm va axli ilmni hurmatlashi va ulug’lashi hisoblanadi. Kitobning kesimi to’rtburchak bo’lmog’i kerak, chunki to’rtburchak kesim hazrat Imom A’zam Abu Hanifa (a.r.) ning kesimlaridir. Тo’rtburchak kesimli kitob ko’tarishga, qo’yishga, mutolaa qilishga yengil va kulaydir. Ilm tolib sheriklarini va boshqa talabalarni ham hurmat qilmog’i, ularga rahm-shafqat, izzat-ikrom va yordamini ko’rsatishi kerak bo’ladi. Zero, mazkur ishlar ham aslida ilmni va ilm ahlini hurmatlashga Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 19 kiradi. Sheriklarining qat’iyliklari bilan qilingai dars va mukolamalarning samarasi o’laroq, ilm pishiydi, uni puxta egallaydi. Kitobni bekordan-bekorga varaqlash mazmum (yomon ko’rilgan) va makruh amaldir. Ammo kitobini ustoziga yoki sheriklariga ochib bermog’i, foydalanish uchun bo’lsa kerak va lozim bo’ladi. Тalaba olayotgan ilmini va hikmatlarini chukur ehti-rom bilan eshitmog’i lozim. Agar bir masalani ming marotaba eshitishga to’g’ri kelsa, har vaqt butun vujudini kuloq qilib, joni bilan eshitmog’i kerak bo’ladi. Bu hakda donishmandlar naql qiladilar: -Agar tolib bir masalani ming marta eshitganda ham uni birinchi eshitgandek, ta’zim bilan eshitmasa, u ahli ilm bo’la olmaydi. Chunki, ilm takror bilan pishiq va puxta bo’ladi. Arab maqollarida: «Hamma narsa sarflash bilan zavol topadi, faqat ilm qancha sarflansa shuncha ziyoda bo’ladi»,- deyiladi. Тolibi ilmni biror ilm turini o’zi ixtiyor qilmog’i durust emas. Masalan, ustoz huzurlariga kelib: «Menga mana bu kitobdan ta’lim bering»,- deyishi to’g’ri emas. Balki, qaysi ilmni ta’lim olishini ustozning o’zlariga topshirmog’i eng afzal yo’l bo’ladi. Chunki, ustoz bu sohada ancha tajribali bo’lib, talabaga qanday ilm, qanday qitobni o’qish loyikligini yaxshi biladi. Shuning uchun ham tolibning mahsadlari ro’yobga chiqishida foydasi aniqroq ta’limni amalga oshira biladi. Shayxul islom, haq taoloning va dinning hujjati, ustoz Burhoniddin Marg’inoniy hazratlari (a.r.): -Avvalgi zamon tolibi ilmlari mazkur ishlarni ustozga topshirar edilar. Shul sabab o’z maqsadu murodlariga erishar, ustozlarining ilmu urfonlaridan o’zlari ham, o’zgalar ham bahramand bo’lar edilar. Hozir esa, talabalar qaysi ilmni o’qishni o’zlari ixtiyor qiladilar. Хuddi tanlagan ilmu kitoblari ularga ko’proq foyda va naf berishini o’zlari yaxshiroq biladigandek, bu sohani o’rgating, deb ilm navini tanlaydilar. Shuning uchun ham ilm va fikh sohasidagi maqsudlari hosil bo’lmaydi. Ilmlari foyda beruvchi, manfaatli bo’lmaydi. Hikoya qilishlaricha, barcha muhaddis olimlar peshvosi, buyuk vatandoshimiz imom Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy hazratlari mashxur fiqh olimi imom Mu-hammad ibn al-Hasan hazratlarida fiqh ilmidan ta’lim olganlar. Namoz ahkomlari bayon qilingan kitobga kelganlarida, ustozlari: siz hadis ilmini o’qing, hadisga oid ilmlarni o’rganing!- degan ekanlar. Тajribali, shogirdning kelajagiga yorqin nazar sola oladigan ustoz sifatida uning tabiatiga mos va iqtidoriga loyiq keladigan ilm hosil qilishni tavsiya qildilar. Hazrat imom Buxoriy (a.r.) shundan so’ng hadis ilmini talab qildilar va kelajakda hadis ilmi olimlarining peshvosi va amiri darajasiga yetdilar. Dars olish, saboq vaqtida shogirdning ustoziga juda yaqin o’tirishi yaxshi emas. Balki, ustoz va shogird o’rtasidagi masofa bir kamonning uzunligi miqdoricha bo’lishi kerak. Bu ulug’lashga loyiqroqsir. Barcha ahloqi zamimalardan, yomon xulqu harakatlardan tolibi ilm saqlanmog’i kerak, Bezbetlik, badfe’llik, farosatsizlik, dangasalik, kibr, manmanlik, qo’pol muomapa, nopoklik va boshqa barcha noshois-taliklar, kishi ko’nglida nafrat, yomon taassurot qoldiradigan xislatlardir. Chunki, bunday kishilarda farishta, yuzida nuri bo’lmaydi. Vaholanki, janob Rasululloh (s.a.v.) hazratlari: -Allohning rahmat fariigRalari surat va iti bor xonadonga kirmaslar,- deb ogohlantiradilar. It va surat tufayli uyga farishta kirmasa, axloqsiz ki-shilarni ma’naviy qashshoq, ichki dunyosi tubanlashgan, o’zligini bilmagan itlarga o’xshatishlari bejiz emas ekan. Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 20 Aytishlaricha, ilm ham, kasbu hunar ham tolibiga farishtaning vositasida hosil bo’lar ekan. Bu nuroniy zotlar esa, inson har jihatdan - moddiy va ma’naviy pokiza bo’lsagina, unga qo’nadilar. Insonning murodiga yetkazishda o’z fayzu futuhlari bilan rivoj beradilar. Axloqi zamimalarni axloq-odobga rid kitoblaridan bilib olish mumkin. Ulardan so’z ochsak, kitobimiz cho’zilib ketadi. Ammo, kibru havoga, manmanlik, gerdayishu-kekkayish to’g’risida to’xtalamiz. Ma’lum bo’lsinki, kibr bilan ilm zinhor hosil bo’lmaydi. Donishmandlar bu hikmatni shunday bayon qilganlar: -Ilm oliylikka intiluvchi uchun go’yo jang kurolidir. Janggoxda esa, kurolni mohirona ishlata olmasang, halok bo’lasan. Ya’ni maqsading ham hosil bo’lmaydi. Sel baland joylarni xarob qilib, tekislab yuborganiga o’xshaydi. Ilm ham insondagi kibrni sel balandlikni bo’ysundirib, tekislab yuborgani kabi yo’qotib yuborishi kerak. Har shonu-sharaf, shavkatga jiddu-jaxd, mehnat bi-lan erishiladi. Unga ota-bobolarning xizmati bilan hech qachon erishib bo’lmaydi. Shon-sharafga, ulug’likka jiddiylikla e’tibor bermasa baxt bo’lurmi?! Qancha baxtsaodat topgan qullar borki, ular hur insonlar darajasida, yana qancha baxtini topmagan, omadi chop-magan ozod kishilar borki, o’zlarini quldek tutadilar va ular qulning darajasidadirlar Тalaba ilmu hunarga noil bo’lishida turli kishilarning munosabatini ahamiyati bor. Avvalo ota, so’ng onaning rizoligi, duolari va albatta, farzandini qo’llab, qiziqtirib borishlari bilan, uchinchidan ustozning mehri-muhabbati, samimiy ta’limi va o’zining shogirddan ham, bergan bilimidan ham rozi bo’lishida kelajak uchun zarur asos bor. Qolaversa, shogird haqqiga qilgan xayrli duosi sharofati bilan
maqsad-murodlari hosil bo’ladi. Тo’rtinchi, tolibning o’zidan bo’ladigan jiddi-jahd, astoydil harakati, yuksak saviyadagi odobi bilan niyat qilgan manziliga bardam qadam tashlaydi. Hayot tajribalari ko’rsatadiki, har bir ilmu hunar izlovchi mana shu foydali ko’rsatmalarga amal qilib, orzu va umidlariga yetishi shubhaga qolmaydi. Shuning uchun ularni o’z ahamiyati, maqomi bor va bularga jiddiylik izhor qilish qiymati benazirdir. Keyingi faslda bu haqda kengroq so’z yuritamiz, inshaalloh!

Download 3,02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 3,02 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ILMNI VA ILM AHLINI ULUG’LASH HAQIDA

Download 3,02 Mb.