JIDDU-JAHD EТISH, ТA’LIMU-RIYOZAТGA BARDAVOM BO’LMOQ VA HIMMAТU G’AYRAТ HAQIDA




Download 3,02 Mb.
bet8/8
Sana19.12.2023
Hajmi3,02 Mb.
#123211
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
pisaxalogiya mavzusi

JIDDU-JAHD EТISH, ТA’LIMU-RIYOZAТGA BARDAVOM BO’LMOQ VA HIMMAТU G’AYRAТ HAQIDA
Bir mashaqqatga ikki yengillik beraman,- degan ma’noda Qur’oni karimda Allohning va’dasi bor. Shubhasiz, talaba ilmga jiddiylik bilan yondoshi-shi va ta’lim olish hamda riyozatga berilishi, unda bardavom bo’lishi, himmat-g’ayratlik, chaqqon va harakatchan bo’lishi kerak. Ushbu sifatlarni egallash ke-rakligiga mana bu oyati karima ishora qiladi: «-Bizning ko’rsatmalarni amalga oshirishda biz uchun (Alloh roziligi yo’lida) jiddi-jahd qilganlarni, samimiy harakat qilganlarni haq yo’llarimizga hidoyat qilib ko’yamiz». Ya’ni, Alloh bu oyatida o’zining roziligini niyat qilgan holda sa’y-harakat qilganlarni ma-qsadlariga erishtiraman, - deb va’da qildi. Faqat shayton noumid, inson esa say’-harakatlarining natijasiga albatta erishadi. Mashoyixlarimiz bu hakda shunday deganlar: kim biron narsani talab qilsa, unga erishish yo’l-yo’riqlarini izlasa va bu ishida jiddiy kirishsa, talab qilgan niyatiga erishadi. Kim eshikni taqillatsa va qat’iyatlik ko’rsatsa, shu eshikdan kiradi. Ya’ni, Ilm olish sirlari. Imom kutubxonasi 21 oxiri javob oladi. Chunki, har ishga jiddiy kirishilsa, uning samarasiga erishiladi. Yana debdilarki, orzu-umidlarga chekkan mashaqqatlarning mikdoricha yetasan. Dono xalqimizning: «Jon kuydirmasang, jonona qayda, Тoqqa chiqmasang, do’lona qayda?!» - degan purhikmat so’zlari ham bu fikrni qo’llab quvvatlaydi. Inson orzulari sari intilmog’i, yo’lidagi to’g’anoq, aziyat va qiyinchiliklarni yengish uchun yeng shimarib, sa’y-harakatga kirishmog’i kerak bo’lar ekan. Ba’zi manbalarda, har qanday maqsad sari qadam bosishda va komil sifat egasi bo’lib yetishishda uch toifa kishilarni sa’yu harakati, sabru matonati va qiziqishi, intilishi zarur bo’ladi,- deyilgan. Birinchisi mutaap-lim o’rganuvchi, ya’ni shogirdga va ikkinchi ustozga hamda uchinchisi ota-onasiga bog’likdir. Modomiki, ular hayot bo’lsalar, hammalarining ehtimomlari bilan kishi o’zining maqsadlariga erishishi mumkin. Zero, ilmu-hunar o’rganmoqqa zavq, intilish borligi, munosib ustozni topa bilishi, ota-onaning hayot bo’lishlari Allohning bandaga bergan juda ulug’ ne’matlaridandir. Shayxul Islom, buyuk imom, ustoz Sadiduddin Sheroziy ash-Shofeiy hazratlari: Qimirlagan qir oshar, derlar Ham tinmagan tinar, derlar. Mushkilotni jiddiylik ketkizar, Har uzoqlarni uzog’in ketkizar. Haq,- dedilar: intilganga tole’ yor, Har makonda ochiq eshik bor. Jiddiylik, qat’iyyatlik har qanday va har bir uzoq, mushkil ishni amalgaoshiradi, uni yaqinlashtiradi, yopiq eshiklarni ochadi. Darvoqe’, hayoti torlik, qiyinchiliklar bilan sinalayotgan kishi, Allohtaoloning bandapari ichida himmat va hayrat sohibi bo’lishga haqlirokdir. Akdpi, olimu fozil insonlar nochor, kambag’al bo’lib, kamtarona hayotlari va shu bilan nodon kishilarning maishatlarining bekamu ko’stligi, Alloh taoloning hikmat bilan xohlagan ishini bajarishiga dalil hisoblanadi. Kim ilmu fahm ne’mati bilan rizqlangan bo’lsa, bahosi yo’q ne’mat egasi bo’libdi. Хikmati ilohiyga ko’ra, bunday bebaho ne’matsohibi ko’pincha, moddiy boylik, mol-dunyo kengchiliklaridan mahrum bo’ladi. Demak, aql bilan nodonlik, boylik bilan kambag’allik hech jamlanmaydilar. Biri boshqasini albatta surib chiqaradi. She’r: Mehnat ila mashakhat jonga huzur, Adnoyu oliy maqsadlarga yetkuzur. Mehnat qilmay maqsadga intilmoq, Yo’l avvalida orqada ko’p qolmoq. Umidsizlik dashtida o’zin topar Har o’tkinchi it ham uni qopar. Bemashaqqat, mehnat qilmay, qiyinchilik ko’rmay chuqur bilim egasi, munozara o’tkaza oladigan yetuk olim bo’lishni istaysanmi?! Bilgilki, jinnilikni turlari ham juda ko’p. Ya’ni, bunday yo’l bilan ilm talab qilish aqlsizlik va jinnilikdan dalolatdir. Hatto dunyo ma-tosiga ega bo’lish uchun ham qancha qiyinchilikni, g’amtashvishlarni boshdan o’tkazish kerak. Ilm qiymatsiz boylik bo’lsa, qanday bemashakhat bo’lar ekan?! Zero, mashoyixlarimiz: Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 22 Bemashaqqat topilsa har nimarsa, Aning qadrin bilmas hech kimarsa, - deb, moldunyo va ayniqsa, ilmning qadriga yetmoq uchun, albatta ma-shaqqatini, qiyinchiligini boshdan o’tkazish zarurligini bildiryaptilar. Aks holda, noshukrlik libosiga o’ranib, xorlik ko’chalarida izg’ib yuradi. Abu Тoyyibning she’ri: Munkar ishdan qaytar, deb iymon aytadi, O’z ishingdan nari ketma, deb shayton aytadi. Bilgil, bu ishlar misli olov, Bepoyon tor yo’l, yurarsan vale yayov. Ig’vogar, chaqimchi va ahli g’iybat Digar yo’l topolmay, qolur abad. Shashtidan bur, ikkilanmay, bilo shak, Qaytarmasang yo’lu gunohga sen sherik. G’iybatchi, chaqimchi, ig’vogar kishini bosib qo’yishga, uning buzuq, fosiqona harakatlardan qaytarib qo’yishga qodir bo’la turib beparvo, hamiyatsizlik ila qarashlaridek kishining o’zidagi aybni ko’rmadim. Shoir baytlari bilan insonning ulug’ aybi o’z kam-chiligini ko’rmasligidir,- deydilar. Kishi doim o’ziga ogoh bo’lib, g’iybat, chaqimchilik kabi yomon illatlardan saqlanishi kerak. Bu uni go’zal axloq sohibi va ilm egasi bo’lishiga erishtiradi. Kechalarini bedor o’tqazish - tolibning maqsadlarini ro’yobga chiqarishda o’z ahamiyatiga molik bir omil-, dir. She’r: Qancha mashaqqat tortsang Shunchalik martaba toparsan. Bir biriga chambarchas bog’liq, Beparvoning tongla yuzi dog’lik. Kechalari bedorlikni odat qil, Хulus niyat ila toat-ibodat qil. Kechalarda takror qil ilmingni, Kunlari oshir kishiga hilmingni. Zehn qayrog’i tilovatdir ham mukolama Vaqtii berma boy, ertaga oh-voylama. Ey, g’ofil! Bu orzularing ko’p durust, Lek qay xolingga uyquni aylading do’st. Ko’p uyquni zo’r dushman bil, Uxlamay kechalar bag’rin til. Durru gavhar koii dengiz erur, G’avvos unga yetishishda tengsiz erur. Uning amalidan sen ham o’riak ol, Humo qushing makoniga qadam sol. Shubhasiz, oliy martabalarga qilgan mehnating miq-doriga qarab egallaysan. Bas, kim oliylikni talab qilsa, kechalarni bedor o’tkazsin. Bedorligi ilm o’qish, takror bilan, ibodatlar bilan, tilovatu mukolama qilish bilan bo’lsin. Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 23 Ey g’ofil! Ey, hayolparast! Izzatu obro’lik bo’lishni orzu qilib, kechasi uyquga ketasanmi? Ogohbo’lkim, dur-ru gavhar izlagan dengizga sho’ng’iydi, g’avvoslik qiladi. Ya’ni, kecha-kunduz mehnat va riyozatni o’ziga yor qilmoq kerak. Kishining shuhrati, martaba topishi qobiliyati, oliy himmatligi, g’ayrati bilan bo’ladi. Vaholanki, kishi Alloh huzurida haqiqiy hurmatga kechalarni bedor o’tkazish bilan erishadi. Kim mashaqqat chekmasdan oliy martabani talab qilgan bo’lsa hayotini, amri muhol ish talabida bekorga o’tkazibdi. Parvardigbro! Ilm, kasbu hunar olmog’imga o’zing tavfiq ber! Oliy martabalarningulug’ nuqtasiga meni yetkaz! Donishmandlardan naql qiladilar: - Murodingni hosil qilish uchun, kechalarni o’zingga tuya karvoni qilib ol! She’r: Amalga oshsin desang barcha umidlar Maqsad sari yetaklovchi karvonga min, Go’yo oqshomlar karvondirlar, Ularni minmoq oqshomni bedor kutmoq. Kim barcha orzularini birdaniga ro’yobga chiqishini xohlasa, ularga erishish yo’lida kechalarini manziliga yetkazadigan tuya karvoni qilsin! Kechasi bedor bo’lish va uxlab qolmaslik uchun taomingni kamaytirgin. Ey azizim! Agar kamolot istasang, bedorlikdan qolmagin! Kim kechalarni o’qigan va bilganlarini takrori bilan o’tkazsa, tongla kunduzlari qalbi shodlikka to’ladi. Chunki, kelajakda bu ishlari foyda keltirib, kechalarini bekor o’tkazmagani uchun afsuslanmaydi. Demak, Alloh ne’matlari ichida kechaning o’z o’rni bo’lib, talaba uni g’animat bilmog’i juda zarur. Zero, kechalari qilingan duo va riyozatlarning ahamiyati benihoyadir. Ulug’larimiz bu haqda o’z manzumalarida qimmat-lik ko’rsatmalar berganlar: Yegil kam kecha turmoqdin yesang g’am, Bo’lur ish kam agar ko’p to’#sa ishkam! Zgam axd etsa «Fatlubni tajidni'» Qo’yurmi bandalar bu jahdu jidni. - deya So’fiy Allohyor (a.r.) hazratlari taomni ozaytirib, qat’iy harakatni ko’paytirishni ta’kidlayaptilar. hazrati Boborahim Mashrab (a.r.) ham jiddiylikni hamma holatlarda mo’’tabar ekanini aytadilar: "Chin oshiq ersang, berma ko’m il nafsi havoga, Ko’p yotma sahar, uyg’ona ko’r zikri Хudoga, G’ofil yurma, bo’lma giriftori baloga, Mashrab o’zingni solma necha javru jafoga. Тo’g’ri yurusang el so’zidan sanga na gamdir?! Ilm talab qilishga targ’ib qilingan hadisi shariflarda aytilishicha, ilmni.chg har soniyasi ibodat, har soniyasi istig’for bo’lib, fazilati ulug’ ne’matlar eshiklarini keng ochilishiga boisdir. Ibodat, tavbayu istig’forning sultoni sahar vaqtida ekaniga Qur’oni karim oyatlari dalolat qiladi. Chunonchi, Alloh solih bandalarining fe’llarini, ularning xulqlarini bayon etib: Тongu saharlarda tavba va istig’for aytuvchi hamda ibodatlar bilan parvardigorlariga yolvoradigan bandaning kamchilik va gunohlarini avfu inoyatimizga olib, mag’firat daryosida g’arq etib, ularni baxtsaodatga noil qilurmiz!-deydi. She’r: Kechasi uykuni yuz tutqazsang barbodga, Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 24 Kelajakda albatta yetarsan murodga! Тolibi ilm kechaning avvalida hamda oxirida darslarini takror qilishga odatlanmog’i kerak. Ushbu ikki vaqt - shom va xufton hamda sahar vaqglari barakot-lik, fayzlidir. Hakim zotlardan biri deydilar: Ey, tolibi ilm! Parhezkor va taqvolik bo’l, ya’ni ishlaringni taqvo va parhez rishtasi ila bog’lab boshqargin. Ko’p uxlashdan uzoqlash, chunki ko’p uyku koni ziyondir. Тaomni to’yib-to’yib yeyishdan saqlan! Qorin to’q bo’lsa, kishi ishyoqmas, dangasa va boshqa salbiy sifatlar sohi-bi bo’lib qoladi. Yuqoridagi mazkur bir baytda: Bo’lur ish kam agar, ko’p to’ysa ishkam, - deb keyingi keltirilayotgan «ishkam»dan murod «qorin» bo’lib, baytning ma’nosi: «Agar kishi qornini to’ydirib yuborsa, o’zi uchun foydali ishlarni kam qiladi yoki hech qila olmaydi», - demakdir. Dars o’qimoqqa va uni takrorlashga bardavom bo’l va zinhor bu ishlaringdan ajralma, tashlab qo’yma! Chunki, ilm dars o’qish va takror bilan qoim bo’ladi, rivoj topadi. Umrining «yoshlik» degan bekatidagi har bir kunlarini talaba g’animat bilmog’i kerak, kelajagi uchun mustahkam zamin tayyorlamog’i kerak. Yoshlikka xos bo’lgan beg’ubor tongni, uni qiziquvchanligini-yu, qizishuvchanligini ham g’animat bilmog’i zarur. Belingni kuvvati borda olib bel, Ko’ngil bog’in sug’or ketmay turib sel! Bu baytdagi «sel»dan murod biron narsaning yetilgan vaqgi, aynan ishlov beradigan davri, insonning kuch-quvvatga to’lgan, fahmu-farosati, aql-idroki kamol topgan vaqti demakdir. Baytning ma’nosini: Ey inson! Jisming salomat, beling quvvatlik, qaysi bir ishni qilmoqni xohlasang unga qo’ling yetadigan, o’zing bajara oladigan vaqgingda, har narsani idrok etadigan kunlaringni g’animat bil! Qo’lingga himmat va gayrat belini olib, ko’ngil bog’ingni obod qil! Bu ishning oxiri rohat keltiradi. Mehnatingga qarab maqsadlaring hosil bo’ladi. Kim oliy fazilat sohibi bo’lishni xohlasa kechalarini qoim qilmog’i kerak bo’ladi. Ilm o’qish, takror bilan, duo-yu istig’forlar bilan kechalarni bedor o’tka-zadi. Yoshlik - beg’uborlik onlaringni shunday g’animat bil! Zero, yoshlik davring uzoq davom etmaydi, ko’z ochib-yumguncha katta bo’lib, boshingga turli xizmat, g’am-tash-vish va ro’zg’or kabi dunyo yumushlari tushib, umring qanday o’tib qolganiyi sezmay qolasan. Arab hikmatlarida: «Yoshlikda o’rganilgan ilm, go’yo toshga o’yilgan naqsh kabidir», - deyilgan. Bu ham yoshlikni bir ulug’ ne’mat ekanini ta’kidlayapti. Yoshligingda toat qilsang, qariguncha ko’nikasan. Qarilikda toat qilsang, ko’nikkuncha ko’milasan, - dey-ish bilan nafaqat ibodat, balki boshqa xayrlik ishlarga o’rganib borishning fazilati bayon qilinmoyeda. Тolibi ilm toqati kelmaydigan darajada o’zini qiynashi, mashaqqatga solishi durust emas. Chunki, so-g’lig’i ketadi, irodasi va intilishi sustlashib qoladi. Balki jiddi-jaxdini asta, oz-ozdan yumshoqlik bilan, toqatiga mos iste’foda qilishi kerak bo’ladi. Buni «rifq» deyiladi. Rifq hamma narsaning asosi sana-ladi. Jafokash xalqimiz ham «Musulmonchilik asta-asta»,- deganlarida mazkur rifqni nazarda tutadilar. Bu to’g’rida janob payg’ambarimizning muborak xadislari bor: -Ogoh bo’linglarkim, bu din juda mustahkam dindir. Shuning uchun yumshoqlik bilan, asta-sekin Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 25 munosabat ya muomala o’rnatinglar! Ya’ni, dinga yumshoqlik va kenglik bilan kirishinglar. O’z joningizga ibodatlarni mashaqqatlik qilmanglar! Dinda mo’’tadil o’rin topinglarki, agar toatga cha-qirilsangiz gazab kelmasin. Zero, barcha narsaning o’z o’rni, uslubi va mohiyati bor. Shu o’rni, uslubi va mohiyatidan ajratib, boshqa maqsadda ishlatish joiz emas. Yana janobimiz (s.a.v.) marhamat qildilar: -Bilki, bu nafs va jasad o’zingni markabingdir, ya’ni uzoq va yaqin manzillarga eltuvchi ara-vangdir. Shunday ekan, unga yumshoqlik bilan, mu-loyimlik bilan, quvvati va imkoniyatlari doirasida muomalada bo’l! Mazkur hikmatli ma’nolarni xalq maqoli ham chi-royli ifodalagan: «Az zuri behuda miyona meshikanad». Ya’ni, kuchi yetmaydigan, aqlu-idroki hazm qilmaydigan ishga zo’r berib chiranishlik belni sindiradi, kishini mayib-majruh qiladi. Oliyhimmatli, serg’ayrat, irodali, qat’iy xulq so-hibi bo’lmoq ilm tapab qilishda zarur bo’lgan insoniy fazilat hisoblanadi. Kishi o’z himmatu g’ayrat qanoti ostida kushdek uchadi. Ya’ni, ozod qush o’z makoniga to’si-qsiz yetib olganiga o’xshash, inson ham o’z g’ayrat-shijoati bilan o’ylagan orzuumidiga erishadi. Shoir Abu Тoyyib fikrlarini shunday ifodalabdilar: Hayot ishlari misoli bir tarozu, Niyat qaroricha bo’lur umidu orzu. Mumtoz bo’lsang muruvvatu saxovatda, Egam ustun qilar izzatu karomatda. Donolik ulug’ ne’mat, yet qadriga har soat, Noshukrlik chaqirur shanoatu malomat. Qutlik bil yoshlardagi beg’ubor yoshlikni Shu bilan yoshi ulug’lar. ulug’ligin bil buyuk. Yoshlarda bor qobiliyat, quvvatu zo’r intilish Boshqasida chukur tajribayu ogohlik. Insonga orzulari azmu-qarori, qat’iyatligiga qarab beriladi. Allohtaolo insonning saxovat va muruvvatiga qarab fazilat, izzat-ikrom va boshqa yaxshiliklarni beradi. Sen yoshlardagi yoshlikni ulug’ bil va kattalarning ulug’ligini yoshlar oldida arzimas bil! Yoshlikdagi imkoniyat, zehn, kuch-quvvat va sihatsalomatlik bebaho boylik sifatida insonga ulug’ligini namoyon qiladi. Har qanday maqsadga erishish uchun insonga jiddi-jahd qilish, himmatli va serg’ayrat bo’lmish asosiy omildir Agar biron kishi Imom Muhammad ibn al-Hasanning kitoblarini hammasini yod olishni iroda qilib, bunga kirishsa, ya’ni himmat va g’ayrat ko’rsati-shi kerak. Himmat, g’ayratiga muvozabat - bardavom va izchil shug’ullanishni ham qo’shsin. Mana shunda maqsadiga erishadi. Ammo bu xislatlarni jamlamasdan harakat qilsa, maqsadlariga deyarli erishmaydi yoki orzulari komil amalga oshmaydi. «Makorimul ahloq» kitobida shayxul islom, ustoz Rizouddin annishopuriy a.r. yod eturlarki, hazrat Zulqarnayn butun dunyoni, mag’ribu mashriq mulkini tasarrufiga olishni iroda etganlar. Shunda atrofidagi olimu donishmandlarga mashvarat qilgan. Ulardan: Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 26 -Bunchalik mulkka ega bo’lish uchun qanday safar qilsam ekan? Dunyo foniy va bevafo, boqiy emas. Buning ustiga dunyo ortidan ketish, egalik qilishga intilish xorlikning o’zi bo’lsa, shu narsalarni bilib turib, unga ega bo’lishga intilish oliyhimmatlik va aqldai emasdir. Qanday safar tadorigi menga munosib bo’ladi?-deb so’ragan. Donishmandlar kengash o’tkazib, javob beribdilar: -Sen ikki dunyo, ya’ni bu dunyo va ham oxirat mulki hosil bo’ladigan safar qilgin. Mana shu niyat va harakat seni foniy dunyo mulkiga ega qilish bilan birga boqiy oxirat mulkiga, abadiy saodatiga ega qiladi. Zulqarnayn: -Bu yaxshi, bebaho mayelahat bo’ldi,- degan ekan. Demak, jiddi-jaxd va g’ayratimizga solohiyatlik ni-yatni: oxirat, Allohning roziligini qo’shmog’imiz kerak bo’ladi. Janob Rasululloh bu haqda shunday ogohlantiradilar: -Alloh Subhanahu va taolo oliy amallarni va ulug’ maqsadlarni yaxshi ko’radi. Ularni amalga oshiruvchilarni va ro’yobga chiqarishga harakat qiluyechilarni do’st tutadi. Safsata, og’izda bajariladigan ishlarni gapirilishini yoqtirmaydi. Ahmoqona va bekorchi ishlarni makruh ko’rur. Donishmand ahlidan bo’lgan kishi bir odamga shunday maslahat bergan ekan: -O’z ishingni ijro etishga shoshilma! Hovliqma! Balki sekin va bardavomlik bilan bajar! Qo’lingdagi asoga yaxshi bir nazar solsang, undan bardavom bo’lish haqidagi ibratni ilg’aysan. Asodek Allohga tasbehni tinmay aytadigan, o’z ishiga davomli narsa yo’q ekan. Ya’ni, sen ham hamisha o’z ustingda ishla hamda orzularing ro’yobga chiqadigan yo’llarda say’-harakatda bo’lgin. Hazrati Imom A’zam Abu Hanifa shogirdi Abu Yusuf (a.r.) hazratlariga nasihat qilganlar: dangasa, ishyoqmas, bir landovur eding. Darslarin-gga davomli bo’lganing, o’z ustingda hamisha ishlaganing seni dangasalik va landovurlik botqog’idan chiqardi. Endi dangasalik, erinchoklik va ishyoqmaslikdan saqlangin! Chunki, mazkur kasalliklarning barchasi ilmning eng katta ofatidir. Bu hakda yana shayxul islom, imom Abu Nasr assig’oriy ap-Ansoriy (a.r.) hazratlaridan shunday she’r bor: Ey, nafsim! Aytay senga nasihat Qabul ayla bilo shak! Ezgulikdan qolma bir nafas, Хaloyiq qilsin senga havas! Хayrli ishlarga bel bog’la, Dushmaning ko’nglini dog’la! Хalq aro noming qolsa yaxshilikda abad, Hikmati Rizoi Haqni sohibidir to abad. Ey nafs! Biron soniya ham adolat, yaxshilik hosil qilishdan qolmagin! Zero, har bir ezgulik omili Allohning rahmati, haqning va xalqning rizosi bilan o’ralgan bo’ladi. Ammo dangasa, boqimandalar ofat va gumon ichida bo’ladi. She’r: Ey, nafs! Gar bo’lsang dangasa va ishyoqmas, Ham takasaltang va zaifu kamharakat, Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 27 Qo’y meni o’z holimga, etgin meni tark! Magar ey, nafsim! Barcha ishlarda bo’l sobit! Irodamni qil metinu mustahkam! Umidlarim ochilsin shul zahot! Ey nafs! Barcha ishlarda sobit va mustahkam bo’l! Metin irodada tur! Dangasaning nasibasi esa faqat nadomat chekish hamda ezgu umidlaridan mahrum bo’lishdan boshqa narsa emas. Ulug’ zotlardan naql qilinishicha, dangasalik insonga hayosizlik, ojizlik, aybu-nuqson keltiradi. Qancha hasrat va nadomat yog’iladi. Shuning uchun ham sen, gu-monli narsalar haqida bahs yuritishda dangasalik, erinishga yo’l qo’yma! Тadqiqotlar ko’rsatdiki, dangasalik, erinchoqlik kabi illatlar, asosan ilm va ilm fazilati to’g’risida fikr yuritmaslik yoki bularni yig’ishtirib qo’yish tufayli hosil bo’lar ekan. Demak, talaba ilm hosil qilishda vazifalariga jiddiy yondoshishi va bardavomlikni mahkam ushlamog’i hamda ilmning fayzu futuhlarini, barakotlarini tafakkur qilib bormog’i zarur ekan. Buning uchun, albatta nafsini «qiynamog’i» kerak. Zero, ilm mana shunday mashaqqat, qiyinchiliklar bilan hosil bo’lgani uchun ham boqiy, u bebahodir. U hech kim o’g’irlab ololmaydigan, hiyonat qila olmaydigan tuganmas boylikdir. Mol-dunyo esa qancha mashaqqat bilan qo’lga kiritilsa ham, u foniy, ishlatilgan sayin kamayib boraveradi. Hazrati Ali ibn Abu Тolib (karamallohu vajhahul karim) aytadilar: -Qudrat va hikmat egasi Alloh taoloning foydamizga qilgan taqsimiga rozimiz, shukr qilamiz, minnatdordirmiz! Haqtaolo bizga ilmni, dushmanlarimizga mol-dunyoni taqsimlab berdi. Mol-dunyo tez fursatlarda yo’q va nomnishonsiz bo’lur. Ilm esa boqiy qoladi. Chunki, ilmni Alloh taolo bersa, uni hamishalik qilib beradi. Foydalik ilm tufayli insonga xayrli yodnoma, yaxshilikda boqiy nom qoladi. Zero, ilm barcha fazi-latlari bilan abadiy bir hayotdir. Imomlar rahnamosi, ulug’ shayxul islom Zahiriddin, muftiy va Marg’inoniy nomi bilan mashhur, hazrat Hasan bin Ali (a.r.) bir bayt aytganlar: Ilm olimni har olamda hayot aylar, Ilmsizlik bu olamda-yoq o’lik aylar. Johilu nodonlar o’lmaslaridan ilgari o’lgandirlar. Ular tirikliklarida o’likdirlar, Olimlar hayotdan o’tsalar ham hayotdirlar. Ular ilm karomati ila barhayot bo’ldilar. Shayxul islom, ustoz Burhoniddin Marg’inoniy (a.r.) hazratlaridan bir bayt: O’lmay turib murdadir, johilu nodon, Chun ilmni qalbga shifo deyurlar hamon. Shuning uchun ham, jasadlari qabrga kirmasdan ilgari qorong’u qabrdir. Ularni ichlari zulmatdir. Zero, inson ilmu bilik bilan tirilmagan ekan, u mayyit, tirik bo’lsada, murdadir. Ilm sohibi esa tirikdir, vafotidan so’ng ham hayotdir. Jasadi tuproq ostida chirib ketsa ham, ilmi bilan boqiydir. Тurli johillar o’zlarini tiriklardan sanab, yer yuzida yuribdilar. .Afsuski, ular ilmsizlik bilan murda ekanlarini bilmaydilar. Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 28 Ustoz Burhoniddin Marg’inoniy she’ri: Bilki, Otangga maloiklar, Ilmi chun sajda qildilar. Ilm ne’matning oliy maqomi, Sajda bo’ldi bunga alomat. Chun sajda amallar mahbubi Ilm endi uning sardori. Тangrim etsa bandasin aziz, Har makonida ul aziz. Ilmning azizligiga shak yo’q, Ilsmiz har yerida xo’rlikka to’q. Ilm -oliy martabalarni oliyrog’idir. Agar o’xshatish joiz bo’lsa, go’yo oliy martaba janoza ko’tarib keta-yotgan jamoatdagi tobutning martabasi kabidir. Тo-butni avaylab, yelkalari uzra ko’tarib baland tutadilar. Sohibi ilmning hurmati orta-orta, boqiy qolur. Johilu nodon esa tufroqlar orasida qolur. Hayhot! Ilmning fayzu fazilatini chegarasi qanday ham bepoyon ekan! Kim ilm bilan rivoju taraqqiy topsa, mulku davlat ham unga keladi. Тarix sahifalarida nomi boqiy qoladi. Men shu ulug’ martabalar hosil bo’ladigan yo’llarni bir-bir aytib beray, quloqsoling! Menda bu ulug’ manzillar tadorigini qisqa ifodasi bor. Ilm nur, sohi-bini ma’naviy ko’rlikdan to’g’ri va haq yo’lga hidoyat qilur. Ko’r ko’zlarini ko’radigan qiladi. Johil umrini zulmatu qorong’ulik ichida o’tkazadi. Ya’ni, befoyda umri hayotini ma’nak zulmat ichida yashiradi. Nur esa sohibiga panox beradigan ulug’ cho’qqi kabi bo’lib, iltijo qilganni o’z himoyasiga oladi. Musibat va xayot so’qmoqlarida unga qarab yurgan, o’zini omon va salomaglikda sezadi. Bu nur bilan kishilar najot toparlar, ammo odamlar undan g’afla gdadirlar. Bu nur Alloh fazlini umid qilishg a haqlik qiladi. Agar ruhing, ya’ni jasading tuproq ostida qolsa ham, bu nur fazlidan noumid bo’lishga yo’l qo’yma. Bu nur gunohkor kishilarga to’g’ri yo’lni ko’rsatish bilan shafoat qiladi. Shuningdek, bu nur Parvardigor igoatiga qaygarish, ibodatiga moyil qilish bilan ham dunyoda shafoat qiladi. Bu quyosh nuridek rryashandir. (puninguchun bu nur so-hibi ruzi mahsharda shafoat qilishiga shak yo’kdir. Osiylarni olim qullar shafoat qilishi haqdir. Hatto olim qullar eng qattik azobga mustahiq bo’lganlarni ham shafoat qilishga erishadilar. Demak, kim bu nurni, ya’ni ilmni egallashni qasd qilgan ekan, barcha maqsadlarni niyat qilibdi. Kim uni egallasa har bir ispaklarini qo’liga kiritibdi. Ey aql sohibi! Ey ziyrak zot! Bilsang bu eng oliy mansabdir! Agar sen uning haqiqiy sohibi bo’la olsang, ilm qalbingga kirgan bo’lsa, dunyoviy obro’yu mansablardan voz kechishing osonroq o’tadi. Dunyo uchun g’am yemay, tashvishga botmaysan. O’z izzating bilan jamoat orasida yaxshi mavqs’ egasi bo’lasan. Zero, rivoyat qilishlaricha, ahli ilmlarning rizqu nasibalari doim oqib turishi uchun Alloh taolo o’nta kasiba eshiklarini joriy qilgan ekan. Agar bitta eshik yopilsa, darhol boshqasi. gohbir nechasi barobar ochiladi. Mabodo, qo’lingdan mol-dunyo ketsa xasrat dasturxonini yozma! Dunyo ne’matlari yoqimli bo’lib o’ziga rom etsa, undan ko’zingni yum! Zero, ilm Alloh taoloning bandalariga bergan ne’matlarining eng xayrlirog’i va afzalidir. She’r: Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 29 Va favqa kulli zi ilmin alim!2 Ahli ilm hurmatin etdi ma’lum. Fiqh ilmi ilmlar uzra iftixor, Sohiblari hech bo’lmaslar xoru-zor. Har qanday ilm sohibi izzat topmoqqa loyikdir. Har qancha faxrlani_ga munosibdir. Ammo fiqh ilmi va uning sohibi iftixorga hamda izzat ikromga ko’proq loyikdir. Haqiqatda fiqh ilmi fazilati bilan boshqalaridan ko’ra a’loroqdir. Bu xuddi attorning rastasida rangorang xushbo’y atirlar bo’lsa ham, mushku anbar oldida uyalib qolgani kabidir. Qancha kushlar ham lochin kabi baland ucholmaganidek, fiqh ilmi ham, lochin yoki mushk kabi ilmlar ichida o’z salmog’i va mavqeiga egadir. Zero, fiqh ilmi ilmlarni nafisi va nozigidir. Sen uni o’rganuvchi va to’plovchisi bo’lgin! Ilm o’rganish jarayonida inson ilm iftixor va hurmati tamoyillarini ham o’rganadi. Shuning uchun sen, bilmaganlaringni o’rganishga harakat qil! Bilgilki, ilmning avvali ham, oxiri ham unga iqbol qilish, unga yuzlanish bilandir. Ba’zi nusxalarda: «Kim ilm olsa, albatta, ilm tufayli hosil bo’ladigan obro’-hurmatdan mahrum bo’lmaydi,- deyilgan. Aqlli kishi uchun ilm va fiqhning lazzati talabi ilmda doimo bo’lishiga to’liq kifoya qiladi. Dangasalik va boqimandalik goho og’iz va tamokda namni ko’pligidan tug’iladi. Тufuk va balg’amning me’yoridan ziyodaligi kishi ichki dunyosiga salbiy ta’sir qiladi. Buni kamaytirish yo’li taomni kamroq tano-vul qilish bilan bo’ladi. Bu bilan oz bo’lsada dangasa-lik shifosi hosil bo’ladi. Ulug’ donishmanlardan rivoyat qiladilar, payg’ambarlar yoki buyuk donishmandlardan yetmishtasi yoddan ko’tarilish, zehnni sustligi faqat balg’amning ko’pligidan paydo bo’ladi,- deb ittifoq qilganlar. Ko’p balg’am ko’p suv ichishdan paydo bo’ladi, suv ichishga talab ko’p taom yeyishdan bo’ladi. Qotgan non hamda mayizni o’z so’lagi bilan yeyish balg’amni kesadi va yo’q qiladi. Ammo mayizni ko’p yeyish ham to’g’ri emas. Chunki, suv ichishga ehtiyoj sezdiradi. Bu yana balg’amni ko’payishiga sababdir. Shuningdek, misvok balg’amni kamaytiradigan omillardan biridir. Misvok bapg’amni kamaytiradi va yodda saklash qobiliyatini ziyodalashtiradi. Nutqni fasohat-lik, ravon bo’lishiga yordam beradi. Zero, misvoktutish muborak sunnati saniyadir. Shuning uchun, ibodatning savoblarini ziyoda qiladi. Balg’am va og’izdagi namning choralaridan biri qayt qilib tashlash hisoblanadi. Yana bir muolaja - taam-mul, ya’ni oz yeyishning foyda hamda hikmatlari haqida o’ylash bo’ladi. Zero, oz tanovul qilish salomatlik va iffatdir. Pokizaham go’zal bo’lishdir. Ko’p tanovul o’zini o’z qo’li bilan kasalliklarga arz qilish va izzatidan ayrilishdir. O’z sog’ligini, foyda va izzatini afzal ko’rish esa oz yemoqda ekani aniq. She’r: Har ish me’yorida bo’lsa, xo’b mahbub Тanovulning me’yori senga do’sti xub. Ovqat deb izzatingdan ayrilma, Maqomi jannatingdan yuz qayrilma. Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 30 Imon, e’tiqod va solihlarga bo’l och, O’zgalardan sherni ko’rgandek qoch. Тaom deb or-nomusdan qolguncha, Aziz va bexdir o’lganing och. Kishining taom deb badbaxt bo’lishi qanday oru no-mus, qanday sharmandalik ekan. Qorin tashvishi, ocho-fatlik bilan kishi bu dunyoda beobro’, oxiratda esa badbaxt bo’lishi qanday ham ayanchlik, qanday ham yomon ekan. Janob payg’ambarimiz (s.a.v.): -Uch toifa bor, Allohtaolo gunohi bo’lmasa ham ularga g’azab qiladi, rahmatidan benasib qiladi,- deb mar-hamat etadilar, -Ko’p yeydigan, ochofat, ikkinchi baxil, xasisni va uchinchi mutakabbirni Alloh muruvvatidan mahrum etadi. Demak, bu toifalarni gunohlari bo’lmasa ham Alloh azoblar ekan. Chunki, qorin to’q bo’lsa, ibodatga ham, yaxshi amallarga ham kishi dangasa bo’ladi. Bu taomning shukrini ado etmaslik bo’lib, g’azabni chaqiradi. Ko’p yeyishlikni zararini ham o’ylash zehnga ijobiy ta’sir qiladi. Тurli kasalliklarni oldini olish,. jisminy zo’riqtirish, toqatidan ortiq ishlatib charchatish, shuningdek, boshqa ziyonlarni o’ylash ham zehnga foyda beruvchi omillardan hisoblanadi. Donishmandlar aytadilar: -Qorinning doim to’q bo’lishi, ovqatga o’ch, sertanovul bo’lish ziyraklikni, zehnni va mulohaza yuritish qobi-liyatini ketkazadi. Ulug’ faylasuf Jolinus shunday deydi: Insonga anorning hammasi foyda, ammo baliqni hammasi zarardir. Lekin, ozgina baliq ko’p anordan yaxshiroqdir. Bilgilki, ko’p taom yeyish mol-mulkni o’rinsiz sarf-lash sanaladi. Тo’q qoringa yana ehtiyojsiz yeyish aynan zararning o’zidir, Bu ish kishini oxirat hovlisida ukubatga loyiq qiladi. Hayotda ham bunday kishilar in-sonlar ko’nglida nafrat va g’azab uyg’otadi. Kuchli, yog’li, foydali serquvvat taomlardan iste’-mol qilish, ma’lum bir miqdorni belgilab olish va tanovul vakp"ini ta’yin qilib ko’yish taom yeyishni ka-maytiradigan omillardan sanaladi. Тanovul vaqtida avval ishtaha ochadigan, yengil hazm bo’ladigan taomlardan boshlash kerak. Zinhor ochlar bilan birga ovqatlanmaslik kerak, chunki sherikni tanovuli ta’sirlik hisoblanadi. Ammo ro’za tutish, og’ir mehnat, ibodatlar qilish uchun qo’proqtaom yeyishi joiz. Shuningdek, o’zining quv-vatini mustahkamlash, sog’ligini tiklash uchun ham ko’p taom yeyishi durustdir.
Download 3,02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 3,02 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



JIDDU-JAHD EТISH, ТA’LIMU-RIYOZAТGA BARDAVOM BO’LMOQ VA HIMMAТU G’AYRAТ HAQIDA

Download 3,02 Mb.