ILM OLISHDA NIYAТ QILISH ТO’G’RISIDA




Download 3,02 Mb.
bet5/8
Sana19.12.2023
Hajmi3,02 Mb.
#123211
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
pisaxalogiya mavzusi

ILM OLISHDA NIYAТ QILISH ТO’G’RISIDA
Har bir amalning ro’yobga chiqmog’ida niyatning ahamiyati katta. Janob Rasululloh (s.a.v.)ning: «Innamal a’molu binniyati», ya’ni, amallarning ajru savobi ni-yatga qarab bo’ladi,- degan muborak xadislarida, niyat jami holatlarimizga asos ekaniga ishora bordir. Mazkur hadis sahih (ishonchli) hadislardan bo’lib, uni Imom Buxoriy rivoyat qilganlar. Yana Janob payg’ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat qilingan hadisi sharifda: -Qancha dunyo amali suratida bo’lgan amallar bor, ular niyatning yaxshiligi, to’g’riligidan oxirat amaliga aylanadi. Ya’ni, inson niyatining yaxshiligidan dunyo amali uchun ham savob va mukofot oladi. Qancha oxirat amallari bor, niyatning yomon va noto’g’riligidan dunyo ama-liga aylanadi. Yani, nodurust niyat insonni ibodatlari savbidan mahrum hamda benasib etadi» - deb, niyatga qat’iy ahamiyat berish kerakligini bildirdilar. Demak, amalimiz qanday bo’lsa ham, u dunyoviy yoki uxoviy bo’lsin, niyatimizga bog’liq ekan. Istagan kishi ham birinchi navbatda niyatini yaxshi qilmog’i kerak. Avvalo, ilm hosil qilish bilan inson Alloh taoloning roziligi, oxirat saodatini maqsad qilishi lozim. Shu bilan o’zining va boshqalarning johilligini va ilmsizligini ketkazishni, dinga hayot baxsh etishni, shariat ahkomlarini qoim maqom etib, Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 6 Islomni boqiy qolishiga xizmat etishni niyat qilmog’i lozimdir. Chunki, Islomning boqiy qolishi - ilm bilandir. Ma’lumki, zohidlik, ibodat va taqvo ilmsiz du-rust bo’lmaydi. Bunga misol etib, «Hidoya» kitobining muallifi shayxul islom jalolatlik imom Bu-rhoniddin Marg’inoniy hazratlarining talabalarga ushbu she’rlarini nasihat tariqasida aytganlarini keltirish mumkin: Ilmni kim vositai joh etar, O’ziniyu xalqni gumroh etar. Olim agar joh uchun o’lsa zalil, Ilmi aning jahlig’a bo’lg’ay dalil. Gar bilsang bolam, olimi beamal Erur zarar olam uchun, jonu-joh Тalabida qilur dinu-dunyoni fasod. Budir og’ir halokat, ko’r ushlaganin Maxkam tutar deb, beilmni borligi. Ilmsiz obid-u, beamal olim ikkov Boamal-u, diyonatlik insonga egov. -Buzg’unchi, beamal olim va bilganiga beamal kishi katta fasod, buzuqlik esa halokatdir. Ammo johil, il-msiz obid - namozxonu-ro’zador, zohidu parhezkor undan katta fasod, baloyu ofatdir. Har ikkovi ikki du-nyoda o’z dinu imonini mustahkam tutgan kishiga ulug’ fitnadirlar. Bulardan saqlanish insonni ilm cho’qqilarini zabt etishi orqali bo’ladi. Agar ishni bunga zid olib borsa, asta tubanlashib borishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun ilm o’rganmoq farz va shart qilingan. Odob axloqhaqida ustoz, buyuk imom va shahidi a’lo Sayyid Nosiruddin Abul Qosim hazratlari mukammal kitob yozganlar. Bu kitobni talabalar va din ishiga xizmat qilguvchilar o’qib o’rgansalar, katta foydani ihtiyor qilgan bo’lardilar. Ba’zi ustozlar yod olsinlar deb ham tavsiya qilgan ekanlar. Hayotimizda ehtiyoj tushadigan har bir ilm va kasbni o’rganish, uni tatbiq etish shart bo’lgani kabi bu kitobdagilarni ham bilmoq juda zarur. Buni kunlik muhtoj bo’lganimiz taomga o’xshatish mumkin. Тaom hayotimizni tiklab beruvchi asosiy omildir. Bemor kishining dori darmonlarga ehtiyoji tushadi. Bu boshqa il-mlarga bo’lgan hojatga o’xshaydi. Ilm olish bilan inson Alloh taoloning ne’matlariga shukr etishni niyat qiladi. Chunki, shokir bandalariga ne’matlarini ziyoda va barakotlik qilishga Haq taoloning va’dasi bor. Ilmga jonfidolik qilish haqida Imom Muhammad ibn Hasan (r.a.) shunday deganlar: -Agar odamlar menga qul bo’lganda edi, ularni har birini qullikdan ozod etardim va ularni xo’jayinlari, quldor egalaridan xalos etardim. Bundan yolg’iz maqsadim, ular faqat ilm o’rgansinlar va bilimlarini kamolga yetkazsinlar. Ulug’ donishmandlardan biri: kim ilm lazzatini, uning halovatini izlasa va amap qilish mazasiyu rohatini topsa, insonlardagi narsalarga kam rag’bat qiladi, qiziqmaydi. Тa’ma qilishga o’zini yo’latmaydi. Imom A’zam Abu Hanifa (r.a.) ustozlari shayxul islom, Hammod ibn Ibrohim ibn Ismoil assig’oriy alAnsoriy hazratlaridai quyidagi baytni keltiradilar: Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 7 Oxiratni dedim, fayzu-zafar topdim, Dunyoni dedim, xavfu-xatar topdim. Oxiratni dedim, topdim fazlu kamolot, Dunyoni dedim, topdim xorlik va malomat. Oxiratni dedim, keldi rizvonu jannat, Dunyoni dedim, keldi xasratu nadomat. kim oxirat kuni va’da qilingan kun uchun ilm talab qilsa, darhaqiqat bu banda Alloxdan, haq yo’lga irshod etuvchi Zotdan fayzu fazilat topib, ko’p jihatlarda g’olib bo’lib, zafar quchibdi. Ammo, odamlar xurmat, e’tiborini topish uchun ilm talab etuvchiga xasratu nadomatlar bo’lsin! - Sen albatta bunday yomon niyatdan saqlan va qalbingni kechinmalariga ehtiyot bo’l! Parvardigoro! Har qanday yomon niyatlardan o’zing panoh va najot bergin! Ammo, amri ma’ruf va nahiy munkar qilish uchun, haqni, shariati islomiyya ahkomlarini tanfizi, ya’ni joriy qilish, amalga oshirish uchun, dinni kuvvatlash, ulug’lash va e’zozu ikrom qildirish uchun boylik, obro’, nufuzni ham ilm olish bilan birga talab qilish joizdir. Shunda ham haddan ziyoda emas, balki amri ma’ruf va nahiy munkar qoim bo’ladigan miqdorda hurmat-e’tibor, davlat talab qilishi kerak bo’ladi. Bu masalani har bir talaba yaxshilab o’ylab olishi zarur. Chunki, ilm hosil qilishda inson ko’p mashaqqat chekadi. Shunga muvofiq, uni kerak o’rinda obro’ va mol-dunyosi bilan himoya qila olishi shart. Mashoyixlarimiz bu haqda: -Ilm hosil qilish go’yo igna bilan quduq qazib, suv chiqarganchalik mehnatga o’xshasa, hol ilmiga yetishish go’yo kiprik bilan quduq qazib, suv chiqarganchalik chekilgan mashaqqatga o’xshaydi,- deganlar. Ma’lumki, igna ham, kiprik ham qazish qurollari emas. Bu hikmatlik so’zlar ilm egallash juda qiyin, mashaqqatli ish ekaniga ishoradir. Shuning uchun, uni xor va xaqir, arzimas va foniy - yo’qlikka yuz tutuvchi dunyoga, davlatga sarflamaydi, uni almashtirmaydi. She’r: Dunyo noqisning noqisrog’i erur, Oshig’u-shaydosi xorning xorrog’i erur. Sehru-jodusi ila karu-ko’r aylar, Qilmishiga o’zini hayronu-lrl aylar. Bu dunyo — noqisrokdanda, kamdankamroq, juda noqisdir. Dunyoga oshiqu-shaydo esa undan xorroq, be-choradan bechoraroqdir. Dunyo o’z sehri bilan kishini kar va ko’zini ko’r qilur. Shuning uchun ham ular o’z ilmlaridan dalilu isbotsiz hayron qoluvchi, xasrat chekuvchidir. Demak, ahli ilmlar o’zlarini ta’magirlik, ya’ni umidvorlik illatidan saqlashlari kerak ekan. Aks holda, ilmining samarasiga nisbatan dunyo matolarini umid qilish bilan, ilmni va o’zlarini xor va hurmatsiz etgan bo’ladilar. Shuningdek, ilm va ilm ahlini xor va beobro’ qiladigan o’rinlardan o’zlarini ehtiyot qilmoqliklari kerak bo’ladi. Ahli ilmlar xususan, tolibi ilmlar kamtarin, kamsuqum bo’lishlari kerak. Тavozulikni o’zlariga kasb qilsinlar, u esa mutakabbirlik bilan xorlikni o’rtasidir. Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 8 Iffatli bo’lmoq yuksak insoniy fazilatlardan sanaladi. Iffat - poklik, gunoh va ma’siyatdan forig’-lik, har jihatdan pokizalik demakdir. Kengroq qilib bularni odob-axloq kitoblaridan bilib olinadi. Adi-bul Muxtor nomi bilan mashhur, shayxul islom, ruknul islom, hazrati ustoz bir she’r aytganlar: Husni xulqda taqvo bor, Тaqvodorga shikastlik yor. Kamtarinlik, shirinso’zlik Komillik karvonin tortar. Sultoni komilning shayxlar Maktubiga javobin o’qi: «Siz yaxshisiz, biz yomon, Siz bug’doysiz, biz samon!» Shubhasiz, tavozulik muttaqiylarning xislatidir. U bilan inson o’z maqsadlariga hamda ulug’liklariga noil bo’ladi. O’z ilmi va xunarini qolaversa, obro’ e’tiborini yuksaltiradi. Johil, ilmsiz kishini o’z holini ko’rib ajablanishi, o’ziga o’zi bino ko’yishi aslida juda xunuk ishdir. O’zini sa’id, baxtlik insonlardan hisoblaydi. Vaholanki, oqibatda kim bo’ladi, umri qanday xotima topadi, shaqiybadbaxtlardan bo’ladimi? — buni o’ylab ko’rmaydi. Kamtarga kamol, man-manga zavol, deganlaridek, kamtar, xoksor inson o’zining go’zal xulqu-odobi bilan doim ishi rivoj va martaba topadi. Chunki, o’zining haddini saqlay olishi bilan, o’zini mumtoz tutmasligi bilan kishilar ko’nglida hurmat va e’tibor qozonadi. Man-man, kekkaygan kishi esa, ko’zi ko’r, qulog’i kar, qalbi kulf bo’ladi, Ishlariga ajablanib, o’zidan uzoqlashib, o’z-o’ziga ishonib asta halokatga yaqinlashadi. Mansabiga suyanib, boshqalarni mensimay qo’yadi. Nati-jada, o’ziga havasi kelib, mag’rurlanib qoladi. O’zini ulug’lardan hisoblaydi. Kibriyo - ulug’lik, kattalik -yaratgan Parvardigorimiz Alloh Zul Jalolga xos si-fatdir. Imom A’zam Abu Hanifa (a.r.) shogird va ashoblariga shunday der ekanlar:sallalaringizni ulug’lang! Yenglaringizni keng bo’lsin va salobatlik kiyininglar! Ushbu so’zlar faqat ilm va ilm ahlini ulug’lash va boshqalar xor va past nazar bilan ko’rmasliklari uchun aytilgan. Salla - Islom shiori va ulug’ligining belgisi. Uni haq ma’noda taslim bo’lganlar baxtlik boshlariga kiyadilar. Salla kishini oxiratga imoni borligini, umri tugashini va bunga ishonishini - o’limni tan olishining alomatidir. Komil imonlik kishi Rasululloh (s.a.v.)ning muborak sunnati saniyalarini amalga oshiruvchiroq bo’lib qoladi. Тalaba kiyimlarini pok va saranjom tutishi, sallasini oppoq qilib kiyib yurishi kerak. Bunday kiyimlik kishi boshqalar ko’nglida dinga nisbatan xayrli tasavvur tug’dirishi kerak. Тolibning odobi, kamtarligi va boshqa fazilatlari ko’ngildagi fikrni quvvatlashi zarurdir. Imom A’zam hazratlarining shogirdlari imom Abu Yusufga bergan keng qamrovli vasiyatlari bor bo’lib, uni o’qish, o’rganish ham juda foydalidir. Uni hazrat shogirdlari yurtlariga kaytib ketayotganlarida berganlar. Imom Abu Yusufning shogirdlari shayxul islom, imom, hujjati aimma Ali ibn Abu Bakr hazratlari: -Men shahrimga qaytayotganimda ustozim bu vasiyatni yozib olishimni buyurdilar,- deb eslaydilar.

Download 3,02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 3,02 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ILM OLISHDA NIYAТ QILISH ТO’G’RISIDA

Download 3,02 Mb.