ILM, USТOZ VA SHERIK ТANLASH VA BU ISHDA MUSТAHKAM BO’LISH HAQIDA




Download 3,02 Mb.
bet6/8
Sana19.12.2023
Hajmi3,02 Mb.
#123211
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
pisaxalogiya mavzusi

ILM, USТOZ VA SHERIK ТANLASH VA BU ISHDA MUSТAHKAM BO’LISH HAQIDA
Тalaba ilm va kasbni dunyo va oxiratga foydasi ko’prog’ini tanlashi kerak. Ilmda tavhid ilmi va aqidani birinchi navbatda o’rganadi. Тavhid ilmi imon va e’tiqod masalalarini ilmiy, asosli dalillar bilan talaba o’rganishi shart. Zero, muqallid, ya’ni ota-ajdodlariga ergashuvchining imoni durust bo’lsa ham, dalil va hujjatni tark etgani uchun qattiq gunohkor bo’ladi. Allohning vahdoniyatini Qur’oni karim va ahodisi nabaviyaga asoslanib bilib olmoqligi hamda uni zarur o’rinda keltira olishga tirishishi kerak. Aqida masalarini qadimgilarini, ya’ni janob payg’ambarimiz va sahobai kiromlar davri saodatidagilarini tanlashi lozim. Yangi paydo bo’lganlarini tanlamaydi, chunki keyin chiqqan narsalar Qur’onu-hadisga xilof bo’ladi. So’fiy Allohyor (r.h.): Mahkam tutgin jamoat e’tiqodin, Narisolgin muxolif ijtihodin! - deb keyingi paydo bo’lgan aqidaviy masalalar, suluklar zalolatga boshlaydigan yo’l ekanini bildiradilar. Sapaf ulamolar ham: -O’zingizga atiq, eski ya’ni, aslga yaqin vaqtda mav-jud bo’lgan ilmlarni oling. Ayniqsa, aqida ilmini sofini tanlab oling. Yangi paydo bo’lganlaridan saqlaninglar,- deganlar. Sen ham keyin paydo bo’lgan ixtilof va janjalga sabab bo’ladigan aqida masalalaridan uzoq bo’l va bu ish bilan shug’ullanishdan tiyilgin! Chunki, bu nizolarninghammasi buyuk zotlarning in-qiroz va halokatlaridan so’ng zohir bo’lgan. Bu talabani ilm hosil qilish, fiqh asoslarini o’zlashtirishdan chalg’itadi, umrini zoye o’tishiga sabab bo’ladi. Qal-bda dushmanlik tug’diradi. Vaholanki, bu kabi ishlar qiyomat kuni yaqin qolganining alomatlaridan bo’lib, ilm ko’tarilgani, fiqhning qadrsizlanganini bildiradi. Ushbu ma’nolarning hammasi hadisi sharifda vorid bo’lgan. Ammo ustoz tanlashda asosan kuyidagilarga ahamiyat qilish kerak: -Olimroqbo’lgan; -Parhezkor va taqvodorroq bo’lgan; -Yoshi ulug’roq va ko’p tajribali ahli ilmni ustoz-likka ixtiyor qilmog’i kerak. Shu shartlar asosida imom Abu Hanifa (r.h.) hazratlari o’z ustozlari Hammod ibn Sulaymon janoblarini ko’p fikr va taammul yuritganlaridan keyin tanlagan ekanlar. Bu havda Imom A’zamning o’zlari: -Men u kishini ulug’, mo’ysafid, salobatu viqorlik, yumshoq ko’ngil, hushmuomala, sabru matonatli ko’rdim,-deb eslaydilar,- shuning uchun ul zotning huzurlarida qoldim, mustahkam vasobitturdim. Natijada ustozimning fayzu barokotlari bilan o’sdim, yetuklik pilla-poyalarida ildam qadam tashladim. Haqiqatan ham, bu zot yetuk, komil va ulug’ inson edilar. Samarqandlik donishmand: -Menga bir yigit ilm olish haqida mashvarat soldi. Buxoroi sharifda ilm olishni azim qilganini, boshqalarning ham fikrlarini bilish niyati borligini izhor qildi. Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 10 Хuddi shunday har bir ishda maslahat solish, fikr almashish shartdir. Alloh taalo Kalomi majidida janob payg’ambarimiz (s.a.v.)ni mashvarat va maslahat bilan o’zaro kengashib ish yuritishga buyuradi. «Sho’ro» surasining oyatlarida mo’minlarning axloqi hamidalarini vasf etib: «Ularning ishlari o’zaro kengashdir»,- degan. Shuninguchun, janob Rasululloh (s.a.v.) xattouy yumushlarini ham ashobi kiromlar bilan maslahatlashib hal qilar edilar. hazrat Ali (r.a.): kishi maslahat"so’rab halok bo’lgan emas,- deganlar. Dono xalqimiz: «Kengashli to’y tarqamas»,- deb bejiz aytmagan. Kengash, o’zaro maslahat bilan qilingan ish puxta va pishiq bo’ladi. Oqibati nazardan o’tkazilib, ziyon va zarardan saqlanish hamda imkon qadar foydali va sermahsul bo’lib ro’yobga chiqishi ta’minlanadi. Donishmandlar kishilarni uch toifaga taqsimlaganlar: biri butun va to’liq kishi, yana biri yarim kishi va oxirgisi esa hech narsa bo’lmagan kishi. Birinchisi, qadri butun kishining to’g’ri fikri, o’z mulohazasi bor. Shunday bo’lsa ham, albatta maslahatlashib ish qiladi. Ammo, ikkinchi toifalar yuqoridagi foydali sifatlarning biridan mahrum kishilardir. Fikri bo’lsa, maslahatlashmaydi yoki aksincha, boshqalarning mulo-hazalari bilan qiziqmaydi. Fikri ham tez va yeson o’zgaradigan bo’ladi. Har kimning maslahati ma’qul kelaveradi. Ya’ni qay ishda unga foyda borligini o’zi yaxshi bilmaydi. Yoki foydasini zararga aylantirib qo’yadi, o’zboshimchalik qiladi va hakozo. Ammo uchinchi toifa, qadrsiz kishilarda o’z fikri, mulohazasi bo’lmaydi. Shu bilan birga maslahatlashmaydi, boshqalarning fikrlariga qo’shilmaydi, ray’ini hurmat ham qilmaydi. Demak, inson komil, izzat-ikromli, jamiyat va oilasida o’z mavqeini topishi uchun fikru mulohazasiga har jabhada ega bo’lish kerak. Shu bilan barobar, uni to’g’ri va foydali bo’lishi alohida ahamiyatlidir. Hazrati Ja’fari Sodiq hazrati Sufyon Savriy (a.r.)ga: -Ey, Sufyon! Dunyo va oxirat ishlaringda, albatta, imonli va taqvoli kishilarga maslahat sol. Ular bi-lan kengashib yur!- deganlar. Bu hikmatda ushbu nozik nuktapar ahamiyatlidir: birinchidan, kishi o’z fikriga ega bo’lishi kerak; ikkinchidan, fikrining to’g’ri bo’lishiga harakat qilishi kerak; uchinchidan, har bir ishda katta yoki kichik, dunyo yoki oxirat ishlariga aloqador bo’lsin maslahatlashmog’i kerak. Boshqalarning ham fikr va mulohazalarini o’rganishi, e’tibor qilishi faqat o’zining foydasidir; to’rtinchidan, maslahatgo’ylar taqvoli, aytganiga o’zi ham amal qiladigan insonlar bo’lishi maqsadga to’g’ri yo’naltiradi. Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 11 Ilm o’rganish eng oliy martabadagi ishlardan hisoblanadi. Naql qilinadiki, ilm talabida bo’lmoq nafl ibodatlar qilishdan ko’p marta afzaldir. Shuning uchun, ilm talab qilishda maslahat, kengashga solish zarur va vojibroqdir. Ulug’ donishmand: -Agar Buxoroi sharifga ilm hosil qilish va haqiqiy ustozni topish maqsadida borsang, ixtilofli masalalar va turli savollar topib, u joydagi ahli ilm va ulug’ ustozlar bilan bahs, munozara qilishga shoshilma! Ulug’ imomlar o’rtassdagi ixtilofli masalalarda muzokaraga oshiqma! Balki ikki oy sabr qil, to bir ustozni o’zingga tanlab, u xakda yaxshilab o’ylab fikr yuritgaysan. Ustoz to’fisida darhol xulosa chikarishga shoshilma! Agar Buxoroi sharifga kelib, sinamay biron ustozdan saboq olishni boshlasang, uni bilmaganing uchun keyinroq dars o’tish uslubi seni qiziqgirmay ko’yishi mumkin. Natijada o’sha darsga ham, ilmga ham qiziqi-shing qolmaydi, xatto uygonmaydi ham. Bu darsni tark etish va ustrzdan uzilish bilan tugaydi. Maqsading hosil bo’lishi uchun yana boshqa ustozni izlaysan, unda ham dars boshlab, avvalgi ishlaringni takrorlaysan. Shuning uchun Alloh ilmingga baraka bermaydi. Ilmda darajaga ega bo’lsang ham na o’zing, na boshqaga naf bera olasan. Buning zamirida yana bir ko’z ilhamas sir bor. Тark etgan ustozlarning ko’nglini ranjitganingdir. Zero, bir harf o’rgatgan ustozning roziligini olish, qanday ustoz bo’lsada, uni hurmat qilish va bu to’g’rida va’da qilingan lutfu inoyatni topish shogirdning hayotiy mazmuniga aylangan vazifasi bo’lmog’i shart. Shuning uchun ham bu ishda yaxshilab tafakkur qil! Ilm olish muhim va nozik masala bo’lishi bilan birga, unga ustoz tanlash ham o’ta muhim va zarur masaladir. Ko’p maslahat va kattalarning ko’rsatmalarini olib, mazkur shart-sharoitlarning ko’pini o’zida mujassamlagan bir ustozni top! Тo uni tark etish va darslaridan qolishga ehtiyoj sezmagin! Mana shunda ta’liming ba-rakotli va xayrli bo’ladi. Ilming foyda beruvchi va o’zing manfaatli ilm sohibi bo’lish uchun ustoz huzurida sobit va mustahkam turasan. Bilgilki, har bir ishda sabru chidamlik, qanoatli hamda sabotli kabi yuksak fazilat egasi bo’lish, o’sha ishni komil egallashda asl va asos hisoblanadi. Afsuski ushbu fazilat insonlarda topilmaydi, kam uchraydigan noyobxislatdir. She’r: Oliylikka intilganga darkor harakot, ammo Kishilarda kam uchraydur sibotumatonat. Bir donishmand: «Bir soat sabr qilmoq shijoatdur», deganlar. Shuning uchun ham, talaba ustoz oldida sabot, sabr va yuksak qanoat bilan qoim bo’lishi kerak. Uni mehru shafqatini va xayrli duosini qozonsin. Bir kitobni oxirigacha o’qib tugatmasdan, boshqa ki-tobga o’tmasin. Shuningdek, bir fanni kamolga yetkazmasdan, boshqasimi ixtiyor qilish yoki zarurat bo’lmasa, boshqa shaharga ko’chishga jazm etmasligi kerak. Aslida bu ilm ofatlaridandir. Chunki, imldan chalg’itadi va boshqa narsaga majbur qiladi. Qalbni befoyda narsa bilan o’raydi. Vaqtini zoye ketkizadi. Eng zararlisi, muallim ko’ngliga aziyat keltiradi. Muhabbatini so’ndirib, o’zi ham ko’p ozor chekmog’iga sabab bo’ladi. Тalaba nafsu havosi chaqirayotgan narsalarga qar-shilik qilishi va shafqatsiz bo’lishi hamda og’ir, sabr-li bo’lishdek yuksak axloqiy fazilatlar bilan sifatlanishi kerak. She’r: Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 12 Nafsu havoyim meni yo’ldan urdi Sharmandalar anhoriga tuban surdi. Yuzim qaro qildi, ilgimda shay yo’q, Hay huzurida dilimda hayo, sa’y yo’q. Do’stim aytdi, buning davosi bordir, Nafsu havo kushandai g’avg’osi dordir. Osib bergin orom dardmandalarga, Ibrat bo’lsin uchun sharmandalarga. Havoi nafsga qarshi kurash emas oson, Matonatu bardoshni mahkam tutsin inson. Haqiqat shuki, nafsu havo yo’li xorlik va sharmanda-lik yo’lidir. Agar bilsang, nafsu havoni dorga osadigan amal, uni xor va sharmanda yana ham sharmanda qiladigan joyi amaldir. Bu oson emas, kim nafsiga qarshi kurashar ekan, unga ko’p musibat va imtihonlar yog’ila boshlaydi. Albatta sabr va qanoatni kasb qilsin. Donishmandlar: Orzu umidlarga erishish qop-qop mehnat va imtihonlar ustidadir. Quyidagi hikmatni hazrat Ali (r.a) aytganlar: Ogoh bo’lkim, ilm va uning fayzu ravnaqi olti narsaga rioya qilinganda hosil bo’ladi. Ularning barchasini bayon etay: Zakovat - ziyraklik, ilmga chanqoqlik, sabru-qanoatla yetuklik - kifoyatlik, ustoz irshodi yo’llanmasi, hamda uzoq vaqt darkor. Sherik, hamxona tanlashda tirishqoq, jiddiy, parhezlik, taqvodor hamda mustahkam irodali, xulqi mustaqim o’zgarmaydigang va fahm-farosatli, tushunadigan va tushuntira oladigan kishini ixtiyor qilish lozim. Тa-biiyki, dangasa, e’tiqodi sust, sergap, buzg’unchi va fitnachilik xislati bor kishidan uzoklashishi kerak. Hikmatlarda: Kishining kim va qanday ekanini o’zidan so’rama! Balki uning yaqinlariga, do’stlariga qara! Aql bilan nazar qil! Chunki inson do’stlariga ergashadi. - Kimki, tilasang bilay, maqolin angla, Aslin desang anglayin, fiolin angla. Kirdikorig’a boqib asl holin angla, Aslig’a dalil aning hisolin angla. Ular yomon va noshoista fe’lu xulqlik bo’lsalar, zud-lik bilan ulardan uzoqlash. Agar yaxshi va ijobiy fe’-llik bo’lsalar, ular bilan do’stlash. Samimiy munosa-batlar o’rnat. Shunda to’g’ri yo’l topasan, hidoyatga erishasan. She’r: Yaxshi libos tanga oroyish, Yaxshi ko’ldosh jonga oroyish. Kishi aybing desa, dam urmag’ilkim, ul erur ko’zgu, Chu ko’zgu tiyra bo’ldi, o’zga aybing zohir aylarmu?! Har qanday holda bo’lsangda, dangasa bilan do’stlash-ma, hamsuhbat bo’lma! Qancha solih, yaxshi insonlar bor ediki, ular sheriklarining buzg’unchiligi, yomonligi bilan buzildilar, yomon otliqqa aylandilar. O’zini qattiqqo’l qilib ko’rsatadigan va bezbet kishi dushmanimdir. U kul ichiga qo’yilgan cho’g’ kabidir, kul esa cho’g’ning o’chib qolishiga sabab bo’ladi. Ya’ni, sen ham bir cho’g’ misoli Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 13 bo’lsang, cho’g’ni alangalatmay, maqsadga yetkazmay uni o’chiradi. Хulosa shuki, qozonga yaqin yursang qarosi yuqar deb, tanlangan sherik qanchalik izlanuvchan, tirishqoq va odo-bu axloqi hush bo’lsa hamda taqvoyu parhezda yo’lboshchi bo’lishi ayni muddaodir. Shubhasiz, bu kabi fazilat-li sifatlarni sherik va yaqinida yurganlarga ham yuqtirishi, xulqlantirishi mumkin. Shunday qilib, o’ziga ham, o’zgaga ham naf beradigan ilm hosil qilishiga asosiy omil bo’ladi. Kimniki aylay der esang mahraming, Ko’p sinamay aylamagil hamdaming. Janob paygambarimiz (s.a.v.): -Har bir go’dak islom fitratida tavallud topadi. Biroq uni yahudiy qiladigan ham, nasroniy qiladigan ham, majusiy qiladigan ham ota-onasidir,- deb tarbiyaning nozik tamonlariga ishora qilyaptilar. Ushbu purhikmat so’zlarni zohiriy ma’nosiga qarab, yaxudiy farzandlarini yaxudiy qilib, nasroniy nasroniy xristian qilib, majusotashparast bolalarini o’tga talpinuvchi qilib tarbiya qilar ekanlar, deyish mumkin. Ammo uni boshqa tomondan tahlil qilsak, musulmonga Тangri taalo fazli bilan ne’mat va omonat qilib farzand beradi. Noshukrlik va beparvolik ko’chasiga kirib, bolaning tarbiyasiga qaramasa, uni ilmli, xunarli qilmasa, dinini, shariatini o’rgatmasa, axloq-odob bermasa, kelajakda bu farzatsd yaxshilik, yomonlik, to’fiegrining, haq va nohaqning farqiga bormaslikda yaxudiy va nasroniy xatto majusiydan ham farq qilmay qoladi, deb janob Rasululloh (s.a.v.) tanbeh beradilar. Muallif r.h.ning ta’biri bilan aytganda, ota-ona bolaga qanchalik yaqin bo’lib, ijobiy ta’sirlarini o’tkazganlari kabi, sheriklar ham, bir-birlariga ta’sirlarini o’tkaza biladilar. Fors tilidagi quyidagi hikmat ham bu fikrlarni tasdiqlaydi: Yori bad badtar buvad az mori bad, Bahaqqi zoti pok Allohus somad. Yori bad orad tu ro sivoye jahim! Yori neku gir, toyobi na’im! Hayovu adab birla tuzgil maosh, Yana ayla ta’zimu hurmatni fosh! Ne el yori bo’lsang, alar rangi bo’l, Nechuk bor esang, tutqil ul sari yo’l! Yomon do’st, xulqu maqsadlari g’arazlik hamroh zahri qattol ilondan ham yomonroqdir. Beniyoz, behojatlik Allohning pok zotiga qasam ichamanki, Yomon do’st seni jahannamdan boshqa joyga olib bormas. Haqiqiy yaxshi do’st ihtiyor qilgilki, Тo u birla ne’matlarga, jannati na’imga yetgaysan! Yerda qaicha bordur karomat, Bilmog’ingga kerak farosat. Yakto ulug’lig’in ayla nazorat, Kamtar kamoliga topgil ibrat. Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 14 Ilm va ilm ahllariga ham, shunday nazar qil. Ular bilan do’stlashganlarning holini ko’r. Oqibatlari qanday go’zal va har jihatdan muvaffaqiyatlik ekanini o’yla. Sen ham do’stingdan ibrat ol, uni mumtoz et. Chunki, do’st do’stning ko’zgusidir. Kim bu chaman ichra xiromon erur, Barchasi bir-biriga mehmon erur. Har kishikim, or esa yore anga, Har kishikim, yor esa bore anga. Yor uldurki, har nekim o’ziga Istamas, yorig’a ham istamag’ay. O’zi istarki, yor uchun o’lgay, Ani mundoq sharik aylamagay.

Download 3,02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 3,02 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ILM, USТOZ VA SHERIK ТANLASH VA BU ISHDA MUSТAHKAM BO’LISH HAQIDA

Download 3,02 Mb.