• 1-IMOM AL-BUXORIYNING PEDAGOGIK G`OYALARI. 2- Imom al- Buxoriyning hadis ilmi taraqqiyotiga qo’shgan xissasi 3- Imom al- Buxoriyning ilm haqidagi hadislari
  • Toshkent axborot texnologiyalari universtiteti farg’ona filiali 611-21-guruh talabasi tursunov umarali




    Download 3,02 Mb.
    bet1/8
    Sana19.12.2023
    Hajmi3,02 Mb.
    #123211
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    pisaxalogiya mavzusi
    03-430, Taqvim бизнесни ташкил этиш — копия, tarix, Tizimlar va signallar 1, ИШЛАБ ЧИҚАРИШ ЛОЙИХАСИ, mt15, pulmt9, Pul massasi va pul agregatlari-fayllar.org, R Ibratilla (2), 7 MAVZU Kamaliddinova.D 4 z, MULOQOTDA O’ZARO TA’SIR MASALASI 3, DARS ISHLANMASI, Mavzu; Iqtisodiy faoliyatning mazmuni va amal qilishi Mundarija

    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSTITETI FARG’ONA FILIALI
    611-21-GURUH TALABASI TURSUNOV UMARALI
    Fan: Ochiq tanlov fani (Pedagogika va psixologiya).
    Mavzu: Al Buxoriyning pedagogik qarashlari va ilimga oid sahih hadislari
    I Kirish
    IMOM AL-BUXORIYNING PEDAGOGIK G`OYALARI
    II Asosiy qism
    1-IMOM AL-BUXORIYNING PEDAGOGIK G`OYALARI.
    2- Imom al- Buxoriyning hadis ilmi taraqqiyotiga qo’shgan xissasi
    3- Imom al- Buxoriyning ilm haqidagi hadislari
    III Yakuniy qism
    Xulosa
    IMOM AL-BUXORIYNING PEDAGOGIK G`OYALARI

    Imom al-Buxoriyning pedagogik qarashlari va g’oyalari, uning bugungi kun uchun ahamiyati haqida fikr yuritdim. Pedagogika tarixi fanida allomalarimizning pedagogik g’oyalarining o’rnini yoritib beraman. Kalit so`z.<< Pedagogika, pedagogik g’oya, tarbiya, barkamol avlod, hadis, sahih, nosahih, farzand tarbiyasi, ta’lim>>. Insoniyat madaniyati xazinasida shunday noyob kimsalar, nodir siymolar borki,hamma zamin-u zamonlarda barcha avlodlar ulardan o`zlari uchun ham ruhiy, ham maʼnaviy ozuqa oladilar. ularning yog`dularidan muttasil istifoda etib yuradilar. Shun day olamshumul siymolar qatoridan sharafli o`rin olgan yurtdoshimiz Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydir. Imom Buxoriy Makka, Madina, Damashq, Qaysariya, Xoms, Bag’dod, Kufa, Vosit, Balx, Nishopur, Asqalon, Marv kabi shaharlarda bir necha yil yashab, hadislar toʻplash, yozish va ko`plab toliblarga ilm oʻrgatish bilan shugʻullanadi. Yigirma yoshidan boshlab kitob taʼlif eta boshladi. Ul zot qalamiga mansub bo’lgan «Al-Jomeʼ as-Saxix», «Al-alab al-mufrad asarida shunday rivoyat qilinadi. Odam uchun eng og’ir gunoh, bu Allohga shirk keltirish, farzandning ota-onaga oq bo’lishidir. Imom Buxoriy bu haqda shunday rivoyat qiladi: «Xalifa Abu Bakr Siddiq aytadilar: «Rasululloh sahobalardan: «Men sizlarga gunohlarning eng kattasini aytib beraymi?» - deb uch marta soʻradilar. Ular: «Ey Rasululloh, aytib bering, - deyishdi. Shunda Rasululloh «U - Allohga shirk keltirish va ota-onaga oq bo’lish , - deb javob berdilar. Imom Buxoriy bolalarning solih-qobil boʻlishlari Alloh taoloning tavfiqi bilan bo’lishini, ammo ularga odob-axloq oʻrgatish otalarning vazifasi ekanligini taʼkidlaydi. Buxoriy qarindosh-urug’larga yaxshilik qilishni, ularga nisbatan rahm-shafqatli bo’lish va ular bilan muttasil bordi-keldi qilib turishni taʼkidlaydi. «Anas ibn Moliq (rozi yalloxu anxu) aytadilar: < < Rizqi keng va farovon boʻlishini va hayoti uzoqqa borishini yaxshi ko’radigan kishi qarindoshlari bilan oʻzini uzmasin, dedilar. Imom Buxoriy rahm-shafqat xususida qilgan nasihatlarida, ayniqsa, bemorlar holidan xabar olishni, yetim bolalarga otasidek marhamatli boʻlishni. har bir Oʻz bolasiga qanday boʻlsa, qo`lidagi yetimga ham shunday qarash kerakligini uqtiradi. Mutafakkirning taʼ kidlashicha, musulmon kishi oʻz birodari bilan uch kundan ortiq arazlab, gina saqlab, gaplashmay va soʻrashmay yurishi durust emasdur. Ulardan qay biri birinchi boʻlib salomlashsa, oʻshanisi yaxshiroqdir. Ulug` mutafakkir mehr-shafqat haqidagi qarashlarida olamlarni ahillikka, o`zaro hurmat-ehtiromda bo`lishga undab, kimki Allohga va oxiratga iymoni boʻlsa, u zinhor qoʻshnisiga ozor bermasligi, Allohga va oxiratga ishonchi bo`lsa, mehmonning hurmatini oʻrniga qo`yishi, Allohga va oxirat kuniga ishonsa,faqat yaxshi gaplardan gapirib yoxud sukut saqlashi lozimligini aytadi. Shuningdek, Imom Buxoriy kimki farovon hayot kechirib, yaxshi nom qoldiray desa, qarindosh-urug`lariga siylayi rahm qilishi, ularning hol-ahvollaridan xabardor bo`lib yurishi zarurligini taʼkidlaydi. Imom Buxoriy odamlarga til bilan, qo`l bilan ozor bermaslikni yuksak amal hisoblaydi. Ulug` olimning taʼkidlashicha, har bir odam komil inson bo`lish uchun o`zi yaxshi koʻradigan narsasini o`zgalarga ham ravo ko`radigan, goʻzal axloqli boʻlishi kerak. Aʼrobiylar: << E Rasulullox! Insonlarga berilgan fazilatlarning eng yaxshisi nima?» - deb so`rashadi. Rasululloh: << Insonlarga berilgan fazilatning eng yaxshisi yaxshi axloqdir. - dedilar. Imom Buxoriy xayoli boʻlishni juda ulug`laydi. Hayoni iymon belgisi deb biladi. Bu xususda shunday rivoyat keltiradi: << Rasululloh o`z birodariga sharmu hayodan pand-u nasihat qilayotgan bir ansoriyning yonidan o`ta turib: «Hayo ham iymon belgilaridandur», - deb uning gapiga qo`shimcha qildilar.
    Ulug` olim odamlarni to`gri so`zli boʻlishga, vaʼdaga vafo qilishga daʼvat etib, munofiq kishining uchta belgisi bo`lishligini ko`rsatib, ularga yolg`on gapirishdan,
    vaʼdaga vafo qilmaslikdan va omonatga xiyonat qilishdan iboratligini aytadi. Imom Buxoriy musulmon kishini xaqorat qilishni gunoh, u bilan urishishni kofirlik deb biladi. Va yana shu fikrni davom ettirib, insonning kuch-qudrati jismonan paxlavonligida emas, balki jaxli chiqqan vaqtda oʻzini tiya olishida deb hisoblaydi. U bu haqda shunday rivoyat qiladi: «Rasululloh sahobalaridan: «Sizlar paxlavon deb kimni xisoblaysizlar? - deb so`radilar. Ular: «Kurashda xech kimdan yiqilmaydigan kishini biz paxlavon deb bilamiz», deyishadi. Rasululloh: «Unday emas, Paxlavon deb jahli chiqqan vaqtda oʻz nafsiga ega bo`la oladigan kishini aytiladi», dedilar». Imom Buxoriyning fikricha, har bir odam birodaridagi biror kamchilikni tuzatishga harakat qilmog`i lozim. Shu maʼ noda ular bir-birlari uchun ko`zgudirlar. Bu haqda asarda shunday rivoyat bayon etilgan: << Abu Xurayra aytadilar: «Har bir mo`min banda o`z birodarining ko`zgusidir. U birodarida bir aybni ko`rsa, o`zida boʻlgan shunday aybni tuzatishga harakat qilishi kerak... Yana Rasululloh: «Har bir mo`min birodarining koʻzgusi, har bir moʻmin ikkinchi moʻminning birodari - akasi yo ukasidir, uni zoye bo`lishdan saqlaydi va uni muhofaza qilib yuradi»,- dedilar. Imom Buxoriyning taʼlimtarbiya xususidagi taʼlimotida axloqiy qarashlar muhim o`rinda turadi. Uning uqtirishicha, baland tovush bilan o`rinsiz koʻp kulish boshqalar diliga ozor beruvchi xislat. Bu fikr quyidagi rivoyatda taʼkidlanadi: << Abu Xurayra aytadilar: << Rasululloh: «Tovush chiqarib kulishni kam qil. Chunki ko`p kulish dilni halok (vayron) qiladi, - deydilar.

    Imom Buxoriy xalqqa yoqimli, doimo extiromli, uning muhabbatiga sazovor bo`lishni go`zal axloqlilik deb biladi. Bu haqda olim shunday rivoyat qiladi: «Muxammad ibn Abdullox ibn Amr ibn al-Os (raziyalloxu anxu) Rasulullohdan eshitdilar. Rasulullox: «Qiyomat kuni menga eng yaqin bo`luvchilaringiz kimligini aytib beraymi?» - deb soʻraganlarida, sahoblar jim turishdi. Rasululloh, bu savollarini ikki yo uch marotaba qaytarganlaridan keyin, ular: << E Rasululloh! Aytib bering!», - deyishdi. Rasululloh: << Ular axloqda (xalqqa) yoqimliroq boʻlganlaringizdir», dedilar. Buyuk olimning taʼkidlashicha, inson uchun eng katta boylik qalb saxovatidir. Bu haqdagi fikrni olim quyidagi rivoyatda ifodalaydi: «Abu Hurayra Rasulullohdan rivoyat qildilar: Boylik molning ko`pligi bilan emas, balki (chin) boylik - nafsning boyligidir.?- dedilar. Ulug` mutafakkir oilaviy muhitning barqaror, tinch, oila aʼzolarining sog`-salomat, to`q bo`lishini istaydi. Shunday bo`lgan oila baxtiyordir. Al-Buxoriyning zehni juda o`tkir bo`lgan. Uning yozishicha 100 ming saxix va 200 ming g`ayri saxix hadisni yod bilgan. U1080 ta muhaddisdan hadis eshitgan, undan esa 90 ming qishi ishonarli hadislarni eshitgan. Hadislarda ta’lim - tarbiya, odob - axloq haqidagi fikrlar juda ko`plab uchraydi. Arablar bosib olganidan keyin Movarounnahrda ham arablardagi kabi machitlar barpo etildi, machitlar huzurida esa maktablar ochildi. Bu maktablarda o`g`il bolalarga Qur’oni Karimni o`qishni o`rgatishga farmon berildi. Machit imomi bolalarni o`qitardi. maktablarda arab tili muhim fan sifatida o`qitilgan. Ma’lumotlarga ko`ra O`zbekiston hududida ham VIII-IX asrlardan boshlab maktab va madrasalar paydo bo`la borgan. Bu yerda beriladigan ta’limning manbai Qur’on asoslari, hadislar va ulamolarning kitoblari hisoblangan. Ta’lim va tarbiyada haqiqiy insoniy hislatlar targ`ib qilingan. Farzandlarning halol, pok, mehnatsevar, kattalarga hurmat ruhida tarbiyalashga e’tibor berilgan, shu bilan birga dunyoviy bilimlar, hisob, adabiyot, tarix, geografiy ilmlari ham o`rgatilgan. Mana o’n ikki asrdirki, “Al-jome as-sahih” asari millionlab insonlar qalbini iymon nuri bilan munavvar etib, haq va ezgulik yo’liga chorlab ketmoqda. Yaratganga shukrlar bo’lsinki, ozodligimiz sharofati bilan al-Buxoriydek ulug’ ajdodlarimiz el-yurti bag’riga qaytmoqda. Allomaning o’lmas merosi har bir yurtdoshimiz xonadoniga kirib, ong-u tafakkurimizni ravshan etmoqda, qalbimizni iymon nuri va mehr-oqibat tuyg’ulari bilan musaffo etmoqda.



    Download 3,02 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 3,02 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent axborot texnologiyalari universtiteti farg’ona filiali 611-21-guruh talabasi tursunov umarali

    Download 3,02 Mb.