|
-mavzu: Himoyalangan yer inshoatlarini qoplashda foydalaniladigan yorug‘lik o‘tkazuvchan materiallar va ularni hususiyatlari
|
bet | 30/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka 9-mavzu: Himoyalangan yer inshoatlarini qoplashda foydalaniladigan yorug‘lik o‘tkazuvchan materiallar va ularni hususiyatlari.
Reja:
Xozirgi zamon qishloq xo‘jaligida polimer materiallardan foydalanish.
Issiqxonalar odatda qurilish, inventar va foydali maydonlari
Zamonaviy issiqxonalarning ichki uskunalariga havo va tuproqni isitib beruvchi sistemalar.
Tayanch iboralar: Polimer materiallar, Oq rangli plyonka, Oq-qora rangli plenka, zamonaviy issiqxona, parniklar, yaroqli ko‘chat,chirindi,tuproqsiz muxit.
9.1. Xozirgi zamon qishloq xo‘jaligida polimer materiallardan foydalanish.Oxirgi yillarda qishloq xo‘jaligida polimer materiallardan keng foydalanilmokda. Kupgina polimer materiallardan foydalanish qishloq xo‘jaligini tarakkiyotini yangi boskichga kutardi. Yevropa xamjamiyatiga kirgan davlatlar, AKSh, Yaponiya, Isroilda polimer materiallardan qishloq xo‘jaligida keng foydalanib kelmokdalar. Jumladan, polimer materiallardan qishloq xo‘jaligida foydalanish 15 martaga oshirilib, bu kursatkichni 90 foizi plyonkali issiqxonalarga to‘g‘ri keladi. Turli polimer materiallarini yaratilishi kupgina qishloq xujalik ekinlarini shimoliy mintaqalarda yetishtirish imkoniyatini beradi. Polimer materiallardan eng kup ishlatiladigan polietilen plyonkasi bo‘lib, qishloq xo‘jaligini turli maksadlari uchun ishlatilmokda. Ulardan issiqxonalarni qoplashda, kasallik, begona o‘tlarni Yo‘qotishda, tuproqni dezinfeksiya qilishda foydalanilmokda. Shuningdek chorvachilikda sun’iy xavfzalarda balik yetishtirishda, ekish materiallarini qoplashda ishlatilib kelinmokda. Xozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida ishlatilayotgan plyonka turlari kupayib bormokda:
Ok rangli plyonka: Ushbu plyonka turi dala ekinlarini begona utlardan Himoya qilishda mulcha sifatida ishlatiladi. Nurlarni kam utkazish xisobiga tuproq xaroratini boshqa turdagi plenkalarga nisbatan kamroq ushlaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-mavzu: Himoyalangan yer inshoatlarini qoplashda foydalaniladigan yorug‘lik o‘tkazuvchan materiallar va ularni hususiyatlari
|