• Nazorat savolar
  • Reja: Ko’chat yetishtirishning umumiy usullari. Himoyalangan yer uchun ko‘chat yetishtirishni avtomatlashtirish va mexa-nizatsiyalash.
  • Umumiy usullar.
  • Ko‘chat urug‘ini o‘ndirib olish uchun kerak bo‘lgan rom, go‘ng va chirindi tuproq aralashmalarini xisoblash




    Download 16,04 Mb.
    bet38/186
    Sana23.05.2024
    Hajmi16,04 Mb.
    #250922
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   186
    Bog'liq
    Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

    Ko‘chat urug‘ini o‘ndirib olish uchun kerak bo‘lgan rom, go‘ng va chirindi
    tuproq aralashmalarini xisoblash.




    Ekinlar

    Ekish muddati

    Par nik turi

    Qatlam
    (aralashma)

    Urug‘
    normasi



    1 ga
    uchun
    rom
    lar
    soni



    Go‘ng

    Chirindi
    tuproq



    go‘ng





    chirindi

    1ga

    1rom
    uchun

    om-ga

    Jami rom
    uchun

    1 romga

    Jami rom
    uchun

    Ertaki
    karam


































    O‘rtaki
    karam


































    O‘rtaki
    pomi
    dor


































    Qalam
    pir


































    Baqla jon


































    2 - K o‘ ch a t l a r n i ye t i sh t i r i sh.
    1.Sabzavot ko‘chatlarini 1-2 chin barg chikarganidan so‘ng, ular pikirovka qilinadi . Buning uchun yarim issiq parniklardan foydalanamiz. Yarim issiq parniklarga 40 sm kalinliklarda go‘ng 15 sm qalinlikdai chirindi tuproq solinadi. Sabzavot ekinlarini quyidagi sxemalarda pikirovka qilinadi : karam 5x5sm,qalampir 5x4 sm, baklajon 5x6,5x5 sm, pomidor 6x6 sm.
    2. Sabzavot ko‘chatlari dalaga quyidagi sxemalarda o‘tkaziladi, ertaki karam 60x30sm, urtaki karam 70x30 sm, kechki karam 60 x60 sm, qalampir 70x25sm, agar 70x70sm, sxemada bulsa xar uyda ikkitadan koldirilishi kerak .
    Pomidorning ertaki navlari 90x50x30 sxemada eqiladi.
    Qattiq plastmassa uyachali kassetalarda ko‘chatlarni yetishtirish texnologiyasi keng tarqalmoqda. Odatda ular kvadart shaklda tayyorlanib, o‘lchamlari – 34×34 sm, 40×40 sm bo‘lib qo‘lda tashish uchun qulay va sig‘imlari turlicha (18 dan 100 sm3 gacha). Uyachalar soni 25 (5×5 qatorli), 49, 64, 100, 144 mm bo‘lishi mumkin.
    Kassetlardagi uyachalar tubi teshikli hamda teshiksiz bo‘lib, ko‘chat o‘tkazishda tuprog‘i bilan birga olinadi (8-rasm).

    8-rasm. Ko‘chat yetishtirish uchun turli plastmass tuvakcha va kassetalar
    Sifatli ko‘chat negizida yuqori mahsuldorlik mujasam etilgan bo‘lib, ulardan foydalanish bilan sabzavotlardan yaxshi hosil olish mumkin. Sabzavot ekinlarni jahon sabzavotchiligi amaliyotida plastmass kassetlardan foydalanib sabzavot ekinlarining ko‘chalarini yetishtirish texnologiyasi keng tarqalagan. Ushbu texnologiya: urug‘ xarajatini kamaytiradi; yagonalashga xodjat qolmaydi; ko‘chat yetishtirish davrida o‘sish va rivojlanish jarayonlarini boshqarish imkoniyatini beradi; ekishda ildiz tizmi to‘liq saqlanadi; maysa va ko‘chatlar doimiy joyga tez moslashib, 100% tutib ketadi hamda ekishdan keyingi lohaslik kuzatilmaydi; ekishda so‘ng o‘simliklar bir tekis rivojlanadi; ko‘chat o‘tkazilgan davrda kasallik va zararkunandalarga chidamliligi ortadi; shartli maydondan ko‘chat chiqishini ko‘paytiradi; ko‘chatlarni turli o‘sish va rivojlanish bosqichlarida tezkor va samarali ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini beradi; ishlab chiqarish madaniyatini, ish sharoiti yaxshilab mehnat xarajatlarini kamaytiradi.











    Nazorat savolar:

    1. Ko‘chat yetishtirish usuli va uslubi qanday.

    2. Ko‘chatlar qanday usulda chiniqtiriladi.

    3. Yaroqli ko‘chat miqdori qanday aniqlanadi.

    4. Bir metr kvadratga nechi gramm karam urug‘i sepiladi.

    5. Pikirovka deganda nimani tushinasiz.


    12.2-mavzu: Himoyalangan yer uchun ko‘chat yetishtirish


    Reja:

    1. Ko’chat yetishtirishning umumiy usullari.

    2. Himoyalangan yer uchun ko‘chat yetishtirishni avtomatlashtirish va mexa-nizatsiyalash.

    3. O‘zbekistondagi himoyalangan yerlar uchun bodring va pomidor ko‘chatlari o‘stirishning xususiyatlari.


    Tayanch iboralar: ko’chat usuli, urug’larni dezinfiksiya qilish, urug’larni ekishga tayyorlash, yorug’lik tizimini yaxshilash, ko’chat yetishtirishni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish.




    Umumiy usullar. Himoyalangan yer uchun ko‘chat yetishtirilayotganda karantin va profilaktika qoidalariga qat’iy amal qilinadi. Ko‘chat yetishtiriladigan issiqxona va uni bo‘limi fumigantlar yoki formalin bilan ishlanishi kerak. Idishlar, inventar va urug‘lar dezinfeksiya qilinadi. Ko‘chat yetishtirish bo‘limiga sabzavot yetishtiriladigan issiqxonalar tomonidan kirish berkitilib, ko‘cha tomondan vaqtincha o‘rnatilgan eshik orqali kiriladi. Kirish eshigi oldiga oyoq kiyimlarni dezinfeksiya qilish uchun dorili idish qo‘yiladi. Ishchilar maxsus oyoq kiyimi va xalat oladilar, begonalarni ko‘chat bo‘limiga kirishi taqiqlanadi. O‘simliklarni himoya qilish xodimlari profilaktik chora-tadbir-larga amal qilishni kuzatish bilan birga, tekshiruvlar va ishlov berishlarni amalga oshiradilar.
    Ko‘chatlarni yetishtirishda ekishga yaroqligi yuqori sifatli bo‘lgan oldindan tekshirilgan va ekish oldidan ishlov berilgan urug‘lardan foydalaniladi. Urug‘-ni yuqori sifatli bo‘lishi va ular uchun qulay sharoitni yaratib berilishi sarf-lanadigan urug‘ miqdorini ma’lum darajada kamaytirishga imkoniyat beradi. 1 ga issiqxona maydoniga ko‘chat tayyorlash uchun 150-180 g pomidor urug‘i va 0,8-1,0 kg bodring urug‘i yetarlidir. Urug‘larni zararsizlantirish uchun ularga ikki bosqich-da termik ishlov berish eng samarali hisoblanadi. Pomidor va bodring urug‘lari termostatda oldin uch sutka mobaynida 50°S da, so‘ng 76-78°S da bir sutka mobay-nida qizdiriladi. Pomidor duragaylarining urug‘lari, tamaki mozaika virusiga gen jihatidan chidamli bo‘lsa qizdirilmaydi.
    Joyini o‘zgartirish himoyalangan yerlarga ko‘chat yetishtirish texnologiyasini zarur elementlarida bo‘lib, yorug‘lik tizimini yaxshiladi.
    Ekish uchun sog‘lom, rivojlanishi bir xil bo‘lgan ko‘chatlar tanlab olinadi, kasallanish alomatlari bo‘lgan va sifatsizlari chiqitga chiqariladi. Ko‘chatlar yashiklarga 10-12 tupdan joylashtirib maxsus etajerkalarni tokchalariga qo‘yib issiqxonalarga tashiladi.

    Download 16,04 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   186




    Download 16,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ko‘chat urug‘ini o‘ndirib olish uchun kerak bo‘lgan rom, go‘ng va chirindi tuproq aralashmalarini xisoblash

    Download 16,04 Mb.