• Ko‘chat yetishtirishda mikro iqlimga bo‘lgan talab.
  • Ko‘chatlarni tuvakli va tuvaksiz yetishtirish usullari va uslublari
  • Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali




    Download 16,04 Mb.
    bet46/186
    Sana23.05.2024
    Hajmi16,04 Mb.
    #250922
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   186
    Bog'liq
    Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

    13-rasm


    14-rasm. Belorusiyada plastmas kassetalarda ko‘chat ishlab chiqishni
    texnologik tizimi (Autko A.A. va boshqa. bo‘yicha, 2006)

    15-rasm. Belorusiyadagi oziqali tuvakchalarda ko‘chat ishlab chiqishni
    texnologik tizimi (Autko A.A. va boshqa. bo‘yicha, 2006)
    Ushbu texnologiya bo‘yicha ko‘chat ishlab chiqarish ko‘p jarayonni amalga oshira-digan ixtisoslashgan texnika va moslamalar jamlasi bo‘lishini talab etadi.
    Ko‘chat yetishtirishda mikro iqlimga bo‘lgan talab.
    Ko‘chat yetishtirishda yorug‘likni yaxshi o‘tishi uchun qoplamani toza xolatda saqlash kerak. O‘zbekistonda tabiiy yoritilish sifati va uni jadalligi yetarli, ammo ba’zan ertagi pomidorni yetishtirishda qo‘shimcha yoritishni qo‘llash foydalidir.
    Ko‘chat sifatiga substraat namligining tartiboti ta’sir etadi. Nihollar yoppasiga paydo bo‘lgan davrda (yoki pikirovka davrida) ko‘chatlarni chiniqtirish o‘tkazishdan oldin substratni maqbul sug‘orish oldi namligi karam uchun 55-65% NV ga va pomidor uchun 55-60% NV ga tengdir. Ko‘chatni namlik bilan ta’minlashni ko‘paytirish ortiqcha xarajatlarga va uni nozik bo‘lishiga olib keladi, kamayishi esa – ertagi, ba’zan umumiy xosilni kamaytiradi. Ko‘chat xaftada 1-2 marta mo‘ntazam sug‘oriladi. O‘suv davomida ikki marta qo‘shimcha oziqlantiriladi: birinchisi – pikirovkadan so‘ng 10-20 kun o‘tgach; ikkinchisi – birinchisidan 10-15 kundan keyin o‘tkaziladi. Havoning eng maqbul nisbiy namligi bosh karam, ituzumguldoshlar va poliz ekinlari uchun – 60-70%, gulkaram, bodring va sabzavot qovoqchalari uchun – 70-80%.
    Ochiq yerga ekishga bir necha kun qolganda havoning nisbiy namligi kamaytiriladi. Bu ko‘chatlarni qurg‘oqchilikka chidamliligini oshirishga imkon beradi.
    Namlik xuddi havo harorati singari shamollatish orqali kamaytiriladi, sug‘orish orqali esa oshiriladi. Shamollatish nafaqat harorat va havo namligini kamaytiradi, balki uni xarakat qilishini ham ta’minlaydi, bu esa to‘qimalarni mexanik pishiq va qayishqoq qiladi.
    Ochiq yerga tayyorlanadigan ko‘chatlarni parvarish qilish kompleksiga kasallik va zararkunandalarga qarshi ko‘rashish ham qiradi. Tayyorgarlik davrida kasalliklarga qarshi olib borilgan bino, tuproq va urug‘larni zararsizlantirishdan tashqari ko‘chatlarni parvarishlash jarayonida shamollatish, yumshatish va qo‘shimcha tuproq solish tadbirlari olib boriladi hamda mineral oziqlantirish tartibiga rioya qilinadi. Soxta o‘n shudringga qarshi ko‘chatni 1% li bordo suyuqligi (0,2 l/m2) bilan purkaladi yoki oxak bilan (pushonka) changlanadi. Strik va qora songa qarshi pomidor ko‘chatlari 1 m2/100 ml hisobida kaliy permanganati purkaladi. Ko‘chatlar zararkunandalariga qarshi insektitsidlar bilan ishlov beriladi.
    Ekishga tayyor ko‘chat sog‘lom, yaxshi chiniqtirilgan, kattaligi bir xil, poyasi to‘g‘ri, so‘lish belgilarisiz bo‘lishi kerak. Ko‘chatning kattaligi: ilidiz bo‘g‘imidan to barglar oxirigacha 20-25 sm (kamida 15 sm) barglar soni karamda 5-7, pomidorda 6-8, bodring va boshqa qovoqdoshlarda 3-5 ta bo‘lishi kerak. Poyaning yo‘g‘onlgi karamda 4-5, pomidorda 6 mm. Mexanik xususiyati qayishqoq, ko‘chat tarkibida namlik 87-92% bo‘ladi.
    Saralab olishda ildiz tizimini mumkin qadar saqlab qolishga erishish ko‘chatning yaxshi tutib ketishiga olib keladi. Ko‘chat tayyorlashda oziq kubiklari parchalanmasligi kerak. Tuvaksiz ko‘chat albatta tuprog‘i bilan olinishi kerak. Dalada qo‘shimcha oziqlantirish sonini kamaytirish uchun sug‘oriladigan suv bilan mineral o‘g‘itlar beriladi. Tuvaksiz ko‘chat saralab olinishidan 2-3 soat oldin takror sug‘oriladi.
    O‘simlik dalada zararlanishining oldini olish uchun ko‘chatga zaxarli ximikatlar bilan ishlov beriladi. Tanlab olish vaqtida ko‘chatlar kattaligiga ko‘ra saralanadi, kasallangan, zaif, bo‘yiga ortiqcha cho‘zilib ketgan, uchki kurtakka ega bo‘lmaganlari chiqitga chiqariladi. Saralab olishda ekish uchun zahiraga qoldiriladi: tuvaklilardan 2-3%, tuvaksizlardan 5-7%.
    Tanlab olingan tuvaksiz ko‘chatning ildiz tizimi tez quriydi va qisman nobud bo‘ladi. Ildizni yaxshi saqlash uchun uni zararsizlantiradigan moddalar qo‘shilgan tuproq va mol go‘ngidan tayyorlangan qaymoqsimon atalaga botirib olinadi.
    Ko‘chatlarni tuvakli va tuvaksiz yetishtirish usullari va uslublari
    Olib ketiladigan ko‘chat 50 oziq kubiklar yoki 150 tuvaksiz ko‘chat sig‘adigan standart sabzavot yashiklariga joylashtiriladi. Ekish joyiga avtomashina yoki boshqa transport vositasida olib boriladi. Saqlash va tashish vaqtida ko‘chat soyada saqlanadi yoki ustiga matolar yopib panalanadi.
    Havo ochiq bo‘lganda ko‘chatni ochiq yerga buto‘n kun davomida ekish mumkin, quyoshli kunda tongi soatlarda va kunning ikkinchi yarmida eqiladi. Ko‘chatlar ko‘chat ekuvchi mashinalar yordamida, kichik yerlarga esa qo‘lda eqiladi. Ko‘chat tuproqqa pastki bargi bandigacha ko‘mib eqiladi. Ekish bilan birga uyalab sug‘orish (0,3-1 l) amalga oshiriladi.
    Ko‘chat sabzavot yetishtiruvchi komplekslari bo‘lgan yirik sabzavotchilik xo‘jaliklarida tuvakli ko‘chatlar ishlab chiqaradigan liniyalaridan foydalaniladi.
    Ba’zi ko‘chat-sabzavotchilik komplekslarida ko‘chat yetishtiruvchi «Blok-o mattik» tizimi qo‘llaniladi. U torf aralashtiradigan liniyani (yo‘llarni), torf kubiklarini (444 sm) chiqaradigan va bir vaqtni o‘zida urug‘ni qadab istadigan blokni, kontenerlar va transport vositalarini o‘z ichiga oladi. Uni bir ish kunidagi o‘numdorligi 350-400 ming dona o‘simlikni tashqil qiladi.
    Uyalarini kattaligi 32,532,5 mm, hajmi 1 sm3 mashinalar kompleksi oziq aralashmalarni dastlab termik zararsizlantirib tayyorlab beruvchi va kassetalar uyasini u bilan to‘ldiradigan liniyani, aniq ekadigan va urug‘ni soladigan mexanizmni, kassetalarni issiqxonada yetishtirish joyigacha tashiydigan va ko‘chatlarni ko‘chat o‘tqazuvchi mashinalarga tayyorlab beradigan trasport vositalarni o‘z ichiga oladi.
    Bu texnologiya avtomat boshqarish tizimi bilan jixozlangan plyonkali issiqxona, mayda dispersiyali sug‘orish, oziqlantirish va boshqa mikroiqlim omillari bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Kassetalarni qo‘llash 1 m2 dan 600-750 dona yuqori sifatli ko‘chat chiqishini ta’minlaydi. Yetti xizmatchilardan iborat, bunday liniyaning ishlab chiqarish o‘numi (bir smenadagi), 550-800 ming kassetani tashqil qiladi.

    Download 16,04 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   186




    Download 16,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali

    Download 16,04 Mb.