Tuproq arashmasini tarkibi




Download 16,04 Mb.
bet43/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

Tuproq arashmasini tarkibi

Tuproq aralashmasini turli variantlar uchun qo‘shiladigan aralashmalar nisbati, hajmiga bo‘lish hisobida

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Torf (pastki)

6

5

5

6

6

7,5

7,5

5





Chirindi

2







2





3

4,5



Chim tuproq

1







1,5



2

1

5

5

Mol go‘ngi

1

1

3

1

0,5

0,5

0,5

1

0,5

0,5

Ot go‘ngi











2







4,5

Daraxt qirindisi



1



2













Tuvakli hamda tuvaksiz ko‘chat o‘stirishda 1 m2 aralashmaga quyidagi miqdor-da mineral o‘g‘itlar qo‘shiladi (kg da): bodring uchun – superfosfata – 1,0-1,5, mochevina – 0,6-0,7 yoki ammiakli selitra – 0,8-1,0, kaliy xlor, kaliy sulfat – 0,5-1,0, magniy sulfat – 0,2-0,3, pomidor, qalampir va baqlajon uchun: superfosfat – 3,0-4,0, mochevina – 0,7-1,0 yoki ammiakli selitra – 1,0-1,5, kaliy xlorid yoki kaliy sulfat – 1,0-1,5, magniy sulfat – 0,3-0,4, oqboshli va gul karamlar uchun: superfosfat – 2,0-2,5, mochevina – 1,0-1,5 yoki ammiakli selitra – 1,8-2,0, kaliy xlorid yoki kaliy sulfat – 0,6-0,8, magniy sulfat – 0,2-0,3.
O‘zbekistonda ochiq yerga ko‘chatlar yuqori sifatli dala tuprog‘i (40%), chirindi (40%), oldindan kompostirilangan qirindi, sholi shuluxasi yoki qumdan (20%) tashqil topgan tuproqlarda yetishtiriladi. Ammo 1 m3 mazkur aralashmaga quyi-dagi miqdorda mineral o‘g‘itlar qo‘shiladi (g): ammiakli selitra – 300, qo‘shsuper-fosfat – 400, ammoniy sulfati – 400, kaliy sulfati – 400-500, mis kuporosi – 1,5, ammoniy molebden sulfati – 3, marganes sulfati – 2,25, natriy sulfati – 0,7, rux sulfati – 0,7.
Yetishtirish muddatlari va texnologiyasiga qarab sabzavot ekinlarini ko‘chatlarini quyidagi guruhga joylashtirish mumkin:
1. tuvakli usulda pikirovkasiz o‘stiriladigan ko‘chat yetishtirish muddati 25-35 kun bo‘lganlar – bodring, qovo‘n, tarvuz, qovoq, qovoqcha, patisson, jo‘xori, fasol;
2. tuvakchali usulda pikirovka qilishga moyil bo‘lgan ko‘chat yetishtirish muddati 50-70 kun bo‘lganlar – pomidor, qalampir, baqlajon, fizalis, oqboshli va gul karamlar.
Muddati va yetishtirish texnologiyasiga ko‘ra sabzavot ko‘chatlari ertagi (oq boshli va gul karam, pomidor), o‘rtagi (o‘rtagi karam, bodring, polizlar, o‘rtagi pomidor, qalampir, baqlajon), kechki (kechki karam, takroriy ekinda ertapishar pomidor navlari). Ertagi ko‘chatlarni isitiladigan issiqxonalarda, o‘rtagini plyonkali issiqxonalarda, istilmaydigan yoki zaruriy isitiladigan issiqxona-larda, kechkisi – ochiq egatlarda yetishtiriladi.
Ochiq yerga ko‘chatlarni yetishtirishda urug‘larni ekish muddatlari uni dalaga o‘tkazish muddatlari, yetirishtirish davomiyligi va foydalaniladigan inshootlarning turlariga ko‘ra aniqlanadi. Plyonkali issiqxonalarda yetishtirish davomiyligi qisqaroq bo‘lganligi tufayli urug‘ ekishni oynavand issiqxona va parnikga nisbatan 10-12 kun kechroq boshlaydilar. Urug‘ni ekish me’yorlari ularni yirikligi, o‘simliklarni oziqlanish maydoni va ko‘chatlarni yetishtirish usullariga bog‘liq (5-jadval).

Download 16,04 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   186




Download 16,04 Mb.