• Ochiq yerga ko‘chat ishlab chiqaradigan mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan komplekslar.
  • Ekinlar Ko‘chat yoshi, kun




    Download 16,04 Mb.
    bet45/186
    Sana23.05.2024
    Hajmi16,04 Mb.
    #250922
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   186
    Bog'liq
    Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

    Ekinlar

    Ko‘chat yoshi, kun

    Barglar soni, dona

    Ildiz bo‘yinidan oxirgi barggacha bo‘lgan uzo‘nlik, sm

    Bir dona o‘simlik vazni, g

    Karam













    oqboshli:













    o‘rtagi-kechki

    35-45

    4-5

    15-20

    5-10

    ertagi

    50-55

    5-7

    12-15

    5-8

    Pomidor:













    ertagi

    60-65

    7-9*

    25-35

    12-15

    o‘rtagi-kechki

    40-45

    5-6**

    20-25

    8-16

    Bodring

    20-25

    3-5

    15-20

    10-12

    Selderey

    50-60

    4-6

    10-12

    5-7

    Piyoz

    50-60

    3-4

    12-15

    2-5

    Boshli salat

    30-35

    4-5

    10-12

    3-6

    * – 1-chi bo‘g‘imdagi yakka gullar ** – shonalar
    Tanlab olingan tuvaksiz ko‘chatning ildiz tizimi tez quriydi va qisman nobud bo‘ladi. Ildizni yaxshi saqlash uchun uni zararsizlantiradigan moddalar qo‘sh-ilgan tuproq va mol go‘ngidan tayyorlangan qaymoqsimon atalaga botirib olinadi.
    Olib ketiladigan ko‘chat 50 tadan oziq kubiklar yoki 150 tuvaksiz ko‘chat sig‘adigan standart sabzavot yashiklariga joylashtiriladi. Ekish joyiga avtomashina yoki boshqa transport vositasida olib boriladi. Saqlash va tashish vaqtida ko‘chat soyada saqlanadi yoki ustiga matolar yopib panalanadi.
    Havo ochiq bo‘lganda ko‘chatni ochiq yerga buto‘n kun davomida ekish mumkin, quyoshli kunda tongi soatlarda va kunning ikkinchi yarmida eqiladi. Ko‘chatlar ko‘chat ekuvchi mashinalar yordamida, kichik yerlarga esa qo‘lda eqiladi. Ko‘chat tup-roqqa pastki bargi bandigacha ko‘mib eqiladi. Ekish bilan birga uyalab sug‘orish (0,3-1 l) amalga oshiriladi.
    Ochiq yerga ko‘chat yetishtirishni uch shakli mavjud bo‘lib:

    • sabzavotkor xo‘jaliklarda ko‘chat yetishtirish ustivorligi;

    • istiqbolli bo‘lgan ko‘chat yetishtirishga ixtisoslashgan xo‘jaliklar (ko‘chat kombinatlari, ko‘chat va ko‘chatchilik sabzavotchilik birlashmalari (kompleks));

    • janubiy tumanlarda ochiq yoki ilitilgan yerlarda tayyorlangan ko‘chatalrni olib kelish.

    Ko‘chat yetishtirishga ixtisoslashgan xo‘jaliklarda plyonka qoplamali inshootlardan foydalaniladi. Ularda oynavand parniklarga nisbatan ko‘chatlar katta hajmdagi havo ta’sirida bo‘lib 16-27% ko‘p yorug‘likni hamda yuqori tarkibli ultrabinafsha nurlari oladi. Sho‘nga ko‘ra issiqlik rejimi (omili) yaxshilanib plyonkali issiqxonalarda ko‘chat tayyorlash 5-8 kun qisqaradi, shu sababli urug‘lar kechroq sepiladi. Bundan tashqari plyonkali issiqxonalarda ko‘chatlarni oziqlanish maydonini 10-20% ga yacheykali kassetalarda 2 marta qisqartirish mumkin.
    Karam, pomidor, baqlajon, qalampir va boshqa ekinlarning urug‘lari aniq sepuvchi seyalkalar ST-1,5, Sm-0,7, STE-6 yordamida sepiladi. Agar po‘nktir sepish usuli qo‘llanilsa vakuumli rotor seyalka SVO-1,8 ishlatiladi.
    Ochiq yerga ko‘chat ishlab chiqaradigan mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan komplekslar. Ko‘chat-sabzavotchilik birlashmalariga (komplekslar) ega bo‘lgan yirik sabzavotkor xo‘jaliklar tuvakchali ko‘chat ishlab chiqarishda yuqori unumli liniyalardan foydalanadilar. Ularda foydalanish mehnat xarajatlarini sezillarli kamaytiradi, ishlab chiqarishni o‘numdorligini oshirib ko‘chat chiqishini ko‘paytiradi.
    U torf aralashtiradigan liniyani (yo‘llarni), torf kubiklarini (444 sm) chiqaradigan va bir vaqtni o‘zida urug‘ni qadab istadigan blokni, kontenerlar va transport vositalarini o‘z ichiga oladi. Uni bir ish kunidagi o‘numdorligi 350-400 ming dona o‘simlikni tashqil qiladi.1 m2 dan 400-430 dona ko‘chat chiqadi.
    «Paperpot» tizimi bo‘yicha ko‘chat yetishtirishni texnologik sxemasi o‘z ichiga quyidagi mashinalar, uskuna va ishlarning ketma-ketligini oladi:

    • mehnat o‘numdorligi soatiga 12 m3 torfni yirik zarachalardan tozalaydi-gan, maydalab ohak va minreal o‘g‘it soluvchi torfni qayta ishlay-digan moslama;

    • substrat to‘ldiradigan va urug‘ ekadigan «Lyannen» avtomatik liniyasi, 3 m3 sig‘imga ega bo‘lgan; bloklarni ochadigan pnevmatik moslama; o‘numdorligi daqiqaga 5 sm li 260, 520 va 1040 uyalarni to‘ldiradigan uch turdagi: FL-1, FL-2, FL-3 uyani to‘ldiruvchi moslama;

    • vakuum asosida ishlaydigan «Sator-4» sepuvchi mashina urug‘li va teshiklarni o‘lchamiga qarab almashadigan barabandan iborat; transport va mulchalash mexanizmi;

    • aralashma to‘ldirilib, urug‘ sepgandan keyin 4 qator qo‘yilib, issiqxonaga o‘tkaziladigan tarnsport konteynerlari;

    • yetishtirilgan ko‘chatni dalaga ekish uchun tashiydigan 4 qavatli pritsep;

    • qator va o‘simlik orasi va ekish chuqurligini sozlaynadigan yarim avtomat qator ko‘chat ekish mashinasi.

    Bu tizimda tuvakchalarni aralashma bilan to‘ldirish va zichlash, urug‘ ekish uchun chuqurcha belgilash uchun 1000 dona ko‘chatga 0,16 ishchi soat sarflanadi.
    Belorusiyada sabzavot ekinlari ko‘chatlarini plastmas kassetalarda va tuvak-chalarda ishlab chiqish texnologik tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, 57 va 58-rasm-larda ko‘rsatilgan. Bu yerda shuningdek, ko‘chat yetishtirish uchun markazlashgan xolda torfmineral aralashmalar tayyorlash tashqillashtirilgan.


    Download 16,04 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   186




    Download 16,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ekinlar Ko‘chat yoshi, kun

    Download 16,04 Mb.