|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
|
bet | 44/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka5-javdal
Ochiq yer uchun ko‘chatlarni yetishtirish
(Tarakanov G.I., Borisov N.V. ma’lumotlari bo‘yicha, 2003)
Ekinlar
|
Urug‘larni ekish me’yorlari, g/m2
|
Oziqlanish maydoni, sm
|
Ko‘chatlarni urug‘ eqilgandan boshlab yetishtirish davomiyligi, kun
|
Foydali maydondan chiqadigan yaroqli ko‘chat dona/m2
|
1 ga ochiq yerga ko‘chat yetishtirish uchun Himoyalangan yerga talab, m2
|
pikirovkali
|
piki-
rovkasiz
|
Karam:
|
|
|
|
|
|
|
Gul
|
12-15
|
3-5
|
66, 77
|
45-60
|
200-250
|
200-280
|
oqboshli:
|
|
|
|
|
|
|
Ertagi
|
12-15
|
3-5
|
66, 77
|
45-60
|
200-250
|
200-280
|
o‘rtagi
|
-
|
1,5-2
|
55, 66
|
35-45
|
250-320
|
130-180
|
Kechki
|
12-15
|
4-5
|
66
|
40-45
|
250-280
|
120-170
|
Pomidor
|
8-10
|
1-1,5
|
88
|
50-60
|
100-125
|
330-400
|
Qalmpir
|
10-12
|
4-5
|
55, 66
|
55-60
|
170-320
|
300-400
|
Baqlajon
|
8-10
|
3-4
|
55, 66
|
50-55
|
170-320
|
300-400
|
Bodring
|
-
|
4-5
|
55, 66
|
15-20
|
200-300
|
250-350
|
Pikirovka ochiq yerga ko‘chat o‘stirish texnologiyasini asosiy element-laridan bo‘lib, tuvakcha, kubik va kassetalarga maysalarni ko‘chirib o‘tkazishdir, qolgan maysalarni tuproq aralashmasida yetishtirish davom ettiriladi. Uni maysalar unib chiqqandan 2-3 hafta keyin, chinbarg hosil bo‘lganida o‘tkaziladi. Pikirovka qilishdan bir kecha-kunduz oldin maysalarga Epin (100 g suvga 3-4 topchi) o‘sishni boshqaruvchi modda eritmasini sepish maqsadga muvofiqdir. Maysalarni saralb olishdan oldin tuproq aralashmasi zahlatiladi.
Ko‘chat davrida issiqqa talabachanligi bo‘yicha sabzavot ekinlari uch guruhga bo‘linadilar: sovuqqa chidamli – kunduzgi eng maqbul harorat quyoshli kunda – 14-18°S, kechasi – 6-10°S (barcha karam turlari); issiqqa o‘rtacha (mo‘tadil) talabchan (bosh piyoz, poreyo piyozi, salat, seldir) – eng maksimal harorat quyoshli kunda – 16-18°S ga yaqin, bulutli kunda – 14-16°S, kechasi 12-14°S; issiqni talab qiluvchilar (pomidor, qalampir, baqlajon, bodring, poliz) – eng qulay harorat pomidor uchun kunduzgi quyoshli havoda – 20-24°S, bulutligida – 16-18°S, kechasi – 10-12°S, qalam-pir va baqlajon uchun – kunduzgi quyoshli havoda – 22-28°S, bulutli havoda – 18-20°S, kechasi – 20-22°S, poliz ekinlari uchun esa – 2-3°S dan baland.
Ochiq yerga ko‘chatlarni yetishtirish texnologiyasi nafaqat sog‘lom, balki chin-iqqan va ochiq yer sharoitiga tayyor bo‘lgan (moslashaoladigan) o‘simliklarni ta’-minlab berishi kerak.
Ochiq yerga tayyorlanadigan ko‘chatlarni parvarish qilish kompleksiga kasallik va zararkunandalarga qarshi ko‘rashish ham qiradi. Tayyorgarlik davrida kasalliklarga qarshi olib borilgan bino, tuproq va urug‘larni zararsizlantirishdan tashqari ko‘chatlarni parvarishlash jarayonida shamollatish, yumshatish va qo‘shimcha tuproq solish tadbirlari olib boriladi hamda mineral oziqlantirish tartibiga rioya qilinadi. Soxta o‘n shudringga qarshi ko‘chatni 1% li bordo suyuq-ligi (0,2 l/m2) bilan purkaladi yoki oxak bilan (pushonka) changlanadi.
Strik va qora songa qarshi pomidor ko‘chatlari 1 m2/100 ml hisobida kaliy permanganati purkaladi. Ko‘chatlar zararkunandalariga qarshi insektitsidlar bilan ishlov beriladi.
O‘simlik dalada zararlanishining oldini olish uchun ko‘chatga zaxarli ximikatlar bilan ishlov beriladi. Tanlab olish vaqtida ko‘chatlar kattaligiga ko‘ra saralanadi, kasallangan, zaif, bo‘yiga ortiqcha cho‘zilib ketgan, uchki kurtakka ega bo‘lmaganlari chiqitga chiqariladi. Saralab olishda ekish uchun zahiraga qoldir-iladi: tuvaklilardan 2-3%, tuvaksizlardan 5-7%.
6-jadval
Plyonkali inshootlari uchun asosiy sabzavot ekinlarining standart ko‘chatlari
(Brыzgalov V.A. va boshqa. bo‘yicha, 1995)
|
| |