• Ko‘chat yetishtirishda mikro iqlimga bo‘lgan talab. Ko‘chatlarni tuvakli va tuvaksiz yetishtirish usullari va uslublari
  • Yetishtirishni umumiy usullari.
  • -mavzu: Ochiq yer uchun ko‘chat ishlab chiqarish




    Download 16,04 Mb.
    bet42/186
    Sana23.05.2024
    Hajmi16,04 Mb.
    #250922
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   186
    Bog'liq
    Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

    12.3-mavzu: Ochiq yer uchun ko‘chat ishlab chiqarish




    Reja:

    1. Yetishtirishni umumiy usullari.

    2. Ochiq yerga ko‘chat ishlab chiqaradigan mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan komplekslar.

    3. Ko‘chat yetishtirishda mikro iqlimga bo‘lgan talab.

    4. Ko‘chatlarni tuvakli va tuvaksiz yetishtirish usullari va uslublari


    Tayanch iboralar: ochiq yer ko’chatchiligi, avtomatlashgan komplekslar, pikirovka usuli, tuvakchali va tuvakchasiz usulda ko’chat yetishtirish usullari, supstratlar, tuproq aralashmasi tarkibi.




    Yetishtirishni umumiy usullari. Himoyalangan yer sabzavotchiligida ochiq yer uchun ko‘chat o‘stirish sabzavotlarni o‘stirishdan ko‘ra ham muhim vazifasidir. Ochiq yerga sabzavot ekinlari ko‘chatlarini barcha ekin o‘stiriladigan inshootlarda yetishtiradilar. Ko‘chatlarni sanoat asosida ishlab chiqarish vazifalari va uslublariga plyonkali issiqxonalar yaxshiroq mos keladi.
    1 ga ochiq yerga (55-60 ming dona) ko‘chat yetishtirish uchun 150-200 m2 plyonkali issiqxonalar zarur. 1 ga plyonkali issqxonani 10 sm qalinlikda tuproq aralashmasi bilan to‘ldirish uchun 1000 m3 qorishma zarur. 1 m2 maydondan chiqadigan maysalar 2500-3000 donani, oziqlanish maydoniga ko‘ra chiqadigan ko‘chat soni 1 m2 dan – 100-400 donani tashqil qiladi.
    Ochiq yer uchun ko‘chatlarni yetishtirishda substrat sifatiga muhim e’tibor beriladi. U mexanik tarkibiga ko‘ra yengil, namlik va havoni o‘tkazuvchan, rN neytralga yaqin, kasallik va zararkunandalardan xoli bo‘lishi kerak. Tuproq aralashmasi tarkibida 40% organik moddalar, 10-15% gumus, zichligi 0,9-1,0 g/sm3, nam hajmi 70-75%, g‘ovakliligi 58-61%, havosi 12-20% bo‘lishi kerak. Oziq moddalarning miqdori 100 g da: azot – 15-25, fosfor – 20-30, kaliy – 25-35 mg ni tashqil qilishi kerak. Tuzlarning umumiy konsentarsiyasi 0,9-1%, xlor esa – 0,007%.
    MDH mamlakatlarida ko‘chat yetishtirish uchun oziqali kubik va tuvakchalar tayyorlashda quyidagi tarkibdagi tuproq aralashmasi tavsiya etiladi (4-jadval).
    Tuvaksiz ko‘chat o‘stirishda yuqorida keltirilgan tuproq aralashmalarida mol go‘ngi chiqarib tashlanadi.
    4-javdal
    Ko‘chat yetishtirish uchun oziqali kubik va tuvakchalar tayyorlash
    uchun tuproq aralashmasi tarkibi (Shuvalov Yu. bo‘yicha, 2001)


    Download 16,04 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   186




    Download 16,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Ochiq yer uchun ko‘chat ishlab chiqarish

    Download 16,04 Mb.