|
Himoyalangan yer uchun ko‘chat yetishtirishni avtomatlashtirish va mexa-nizatsiyalash
|
bet | 39/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaHimoyalangan yer uchun ko‘chat yetishtirishni avtomatlashtirish va mexa-nizatsiyalash. Himoyalangan yerlar uchun ko‘chat yetishtirishda xarajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish jaaryonlarni bajarish sifatini oshirishda issiqxona kombinatlarida tuvakcha va kassetalarni aralashmalar bilan to‘ldirishda urug‘ sepishni avtomat tizimlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Norvegiyaning Vefi firmasini ishlatilishi sodda hajmi kichik va yuqori samarador bo‘lgan tizimini shaklini misol tariqasida ko‘rish mumkin (51-rasm).34-rasm
Tizim ramadan (1), transporter tasmasidan (2), substrat uchun idishdan (3), shunda transporter-dozator (4) o‘rnatilgan, markaziy ulagichdan (5), chuqurcha shakllantiradigan (6) va ekish modulidan (7), urug‘larni yig‘ib oluvchi teshikchali sepish barabani (8), urug‘ to‘ldirgich (9), havo beruvchi forso‘nka (10), vakuumli nasos (11), urug‘larni mulchalash uchun sepish dozatori (12), purkagichli tonnel (13) sug‘orgich (14), zanglamaydigan to‘nkali kassetalar to‘ldirilgan maydon (15), boshqaruv pultdan (16) iborat.
10-rasm. Kasseta va tuvakchalarni aralashma bilan to‘ldirish va urug‘
ekishni avtomatlashgan tizimi (Firma Vefi)
Tizim quyidagicha ishlaydi. Bo‘nker (4) transporter (2) ustida kasseta va tuvakchalarni to‘ldirish uchun bo‘lgan 3,5-10 sm balandlikda o‘rnatiladi. Kasseta-lar transporterga joylashtirilib (2) bo‘nker (4) tagiga olib kelinadi. Keyin bo‘nker aralashma to‘liq to‘ldiriladi, urug‘ to‘ldirgichdan (9) urug‘ sepiladi, vakuum nasos ishlatilib barabanda vakuum sodir etiladi va urug‘ to‘ldirgichdagi urug‘lar teshikchalar so‘rib olinadi va urug‘ sepiladi (8). Bir vaqtni o‘zida forso‘nkalar (10) qo‘shilib teshikchadagi ortiqcha urug‘larni havo oqimi chetga suradi. Natijada har bir teshikcha bittadan urug‘ ushlaydi. Bu vaqtda tasmali transporter (2) ulanib (3) ostiga kassetalarni yetkazib boradi va ularga torfli aralashma tushadi. Aralashmaga to‘ldirilgan kassetalar har bir uyachaga aralashma bilan kirib, teshikcha shakllantirib bittadan urug‘ solinadi puansonlar (7) valni (6) ostiga beriladi. Keyin dozatorlar (o‘g‘it sepish moslamasi) ulanadi, ular mulchalash materiali bo‘lgan perlitni belgilangan miqdorda urug‘ sepilgan uyalarga sepadi (6). Urug‘li kassetalar tonnelga kirishida (13) suv berish ulanib, purkagichlar (14) orqali mayda zararacha ko‘rinishida urug‘ sepilgan aralashma usti namlatiladi. Keyin kassetalar transporterdan (2) qabul qiluvchi maydonchaga tushadi (15), stelajli konterenrlarga joylashtirilib urug‘ o‘ndirish yoki ko‘chat o‘stirish joyiga jo‘natiladi. Boshqarish pulti (16) tizimi joylashgan uch dvigatelni boshqarish uchun mo‘ljallangan va markaziy ulagichga ega. Tizimda «Zimens» rusumidagi elektronika ishlatilgan. Tizimni ishlash tezligi toknnig ko‘p yoki kamligiga qarab o‘zgartiriladi (37-rasm).
11-rasm. Kassetalarni tayyorlash va ularga urug‘larni ekish tizimi
|
| |