• Ekinlar Urug‘larni ekish me’yorlari, g/m 2
  • 1 ga ochiq yerga ko‘chat yetishtirish uchun Himoyalangan yerga talab, m 2
  • Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali




    Download 16,04 Mb.
    bet37/186
    Sana23.05.2024
    Hajmi16,04 Mb.
    #250922
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   186
    Bog'liq
    Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

    2-jadval. Ochiq yer uchun ko‘chatlarni yetishtirish (G.I.Tarakanov, N.V.Borisov ma’lumotlari bo‘yicha, 2003)

    Ekinlar

    Urug‘larni ekish me’yorlari, g/m2

    Oziqlanish maydoni, sm

    Ko‘chatlarni urug‘ eqilgandan boshlab yetishtirish davomiyligi, kun

    Foydali maydondan chiqadigan yaroqli ko‘chat dona/m2

    1 ga ochiq yerga ko‘chat yetishtirish uchun Himoyalangan yerga talab, m2

    pikirovkali

    pikirovkasiz

    Karam:



















    gul

    12-15

    3-5

    66, 77

    45-60

    200-250

    200-280

    oqboshli:



















    ertagi

    12-15

    3-5

    66, 77

    45-60

    200-250

    200-280

    o‘rtagi

    -

    1,5-2

    55, 66

    35-45

    250-320

    130-180

    kechki

    12-15

    4-5

    66

    40-45

    250-280

    120-170

    Pomidor

    8-10

    1-1,5

    88

    50-60

    100-125

    330-400

    Qalmpir

    10-12

    4-5

    55, 66

    55-60

    170-320

    300-400

    Baqlajon

    8-10

    3-4

    55, 66

    50-55

    170-320

    300-400

    Bodring

    -

    4-5

    55, 66

    15-20

    200-300

    250-350

    Ochiq yerga ko‘chatlarni yetishtirish texnologiyasi nafaqat sog‘lom, balki chiniqqan va ochiq yer sharoitiga tayyor bo‘lgan (moslashaoladigan) o‘simliklarni ta’minlab berishi kerak.


    Ko‘chat davrida issiqqa talabachanligi bo‘yicha sabzavot ekinlari uch guruhga bo‘linadilar: sovuqqa chidamli – kunduzgi eng maqbul harorat quyoshli kunda – 14-18°S, kechasi – 6-10°S (barcha karam turlari); issiqqa o‘rtacha (mo‘tadil) talabchan (bosh piyoz, poreyo piyozi, salat, seldir) – eng maksimal harorat quyoshli kunda – 16-18°S ga yaqin, bulutli kunda – 14-16°S, kechasi 12-14°S; issiqni talab qiluvchilar (pomidor, qalampir, baqlajon, bodring, poliz) – eng qulay harorat pomidor uchun kunduzgi quyoshli havoda – 20-24°S, bulutlida – 16-18°S, kechasi – 10-12°S, qalampir va baqlajon uchun – kunduzgi quyoshli havoda – 22-28°S, bulutli havoda – 18-20°S, kechasi – 20-22°S, poliz ekinlari uchun esa – 2-3°S dan baland.
    Ko‘chatlarni yetishtirish uchun keltirilgan harorat tartiboti doimiy emas. Ko‘chatlarni o‘stirish jarayonida u o‘zgarishi mumkin. Masalan, urug‘ eqilgandan so‘ng nihollarni tez va qiyg‘os unib chiqishi uchun birinchi, ikkinchi guruh o‘simliklari va pomidor uchun haroratni – 20-25°S artofida, qalampir, baqlajon va qovoqdoshlar oilasiga kiruvchilar uchun – 25-30°S atrofida saqlab turiladi. Nihollar paydo bo‘lgach, ular cho‘zilib ketmasligi uchun haroratni karam uchun 6-10°S ga pasaytiriladi, ituzumguldoshlar uchun 12-15°S, qovoqdoshlar uchun – 15-17°S darajada 4-7 kun saqlanadi. Harorat, shuningdek ko‘chat eqilishidan 10-15 kun oldin ularni chiniqtirish maqsadida ham pasaytiriladi: sovuqqa chidamlilarni 6-8°S gacha, issiq talablarni 12-14°S gacha, poliz ekinlarini 15-18°S gacha. Ekishdan bir necha kun oldin qoplama avval kunduzi, so‘ngra kechasiga ham to‘liq ochib tashlanadi.
    Ko‘chatlarni urug‘dan o‘ndirib olish uchun zarur bo‘lgan rom, go‘ng, chirindi tuproq aralashmasini xisoblash 6-jadval bo‘yicha bajariladi.



























    7-rasm. Ko‘chat yetishtirish uchun oziqali kubik, tuvakcha va bloklar:
    1 – torf chirindili kubiklar; 2 – torfli ichi bo‘sh tuvakchalar;3 – torfli bloklar
    Chet ellarda bunday tuvaklar maxsus turdagi qog‘oz va plastmassalardan tayyorlanib, ko‘chat daladagi doimiy joyga ko‘chirib eqilgandan so‘ng oson parcha-lanib ketadi. Ko‘chatni «Paperpot» (Finlyandiya) qog‘oz tuvaklarda ishlab chiqara-digan avtomat liniya alohida qiziqish uyg‘otadi.
    Qog‘ozli tuvakchalar yoki «Paperpot» uyachalari takomillashtirligan su’niy toladan (VS navili) maxsus qog‘ozidan tayyorlanib, 6-10 hafta mobaynida ko‘chat yetishtirishga mo‘ljallangan. Uyachalar nam ushlaydigan yelim bilan olti burchak shaklida biriktirilgan. Ular bir-biriga nam ushlaydigan kley bilan yelimlanadi, bu ularni alohida tuvakchalarga o‘tkaish imkonini yaratadi.
    Oziqali aralashma to‘ldirish (torf bilan), urug‘ sepish, ko‘chat o‘stirish hamda tashish davrida uyacha bloklari uzunligi 60 sm, eni 40 sm va balandligi 5, 7,5, 10 va 15 sm li propilendan tayyorlangan podonlarda joylashtirilgan bo‘ladi. Poddonlarni burchaklarini ochilishi uyachalarni joylashtirish, tashish va saqlashni osonlashtiradi .
    3- jadval

    Download 16,04 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   186




    Download 16,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali

    Download 16,04 Mb.