• 12.1. Yetishtirishni umumiy usullari
  • -Mavzu. Sabzavot ko‘chatlarini yetishtirishning umumiy usullari




    Download 16,04 Mb.
    bet36/186
    Sana23.05.2024
    Hajmi16,04 Mb.
    #250922
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   186
    Bog'liq
    Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

    12.1-Mavzu. Sabzavot ko‘chatlarini yetishtirishning umumiy usullari.


    Reja:

    Tayanch iboralar: Ko‘chat tushunchasi, pikirovka, maysa, o‘g‘it, urug‘, tuproq aralashmasi, parniklar, yaroqli ko‘chat,chirindi,tuproqsiz muxit.




    12.1. Yetishtirishni umumiy usullari.Ochiq yerga sabzavot ekinlari ko‘chatlarini barcha ekin o‘stiriladigan inshootlarda yetishtiradilar. Ko‘chatlarni sanoat asosida ishlab chiqarish vazifalari va uslublariga plyonkali issiqxonalar yaxshiroq mos keladi.
    Plyonkali issiqxonalarda ko‘chatlarni shamollatish va chiniqtirish yetarli bo‘lganda tezroq rivojlanadi va ularni parniklarda yetishtirilgandagiga qaraganda 10-12 kun oldinroq ekish mumkin. U ochiq yerda o‘stirilganda xayotchan bo‘ladi.
    1 ga ochiq yerga (55-60 ming dona) ko‘chat yetishtirish uchun 150-200 m2 plyonkali issiqxonalar zarur. 1 ga plyonkali issqxonani 10 sm qalinlikda tuproq aralashmasi bilan to‘ldirish uchun 1000 m3 qorishma zarur. 1 m2 maydondan chiqadigan maysalar 2500–3000 donani, oziqlanish maydoniga ko‘ra chiqadigan ko‘chat soni 100 – 400 donani tashqil qiladi.
    Ochiq yer uchun ko‘chatlarni yetishtirishda substrat sifatiga muhim e’tibor beriladi. U mexanik tarkibiga ko‘ra yengil, namlik va havoni o‘tkazuvchan, rN neytralga yaqin, kasallik va zararkunandalardan xoli bo‘lishi kerak. Substrat tarkibida 40% organik moddalar, 10-15% gumus, zichligi 0,9-1,0 g/sm3, nam hajmi 70-75%,g‘ovakliligi 58-61%, havosi 12-20% bo‘lishi kerak. Oziq moddalarning miqdori 100 g da: azot – 15-25, fosfor – 20-30, kaliy – 25-35 mgni tashqil qilishi kerak. Tuzlarning umumiy konsentarsiyasi 0,9-1%, xlor esa – 0,007%.
    O‘zbekistonda ochiq yerga ko‘chatlar yuqori sifatli dala yeri (40%), chirindi (40%), oldindan kompostirilangan qirindi, sholi shuluxasi yoki qumdan (20%) tashqil topgan tuproqlarda yetishtiriladi. Ammo 1 m3 mazkur aralashmaga quyidagi miqdorda mineral o‘g‘itlar qo‘shiladi (g): ammiakli selitra – 300, qo‘shsuperfosfat – 400, ammoniy sulfati – 400, kaliy sulfati – 400-500, mis kuporosi – 1,5, nordon ammoniy molebden – 3, marganes sulfat – 2,25, natriy sulfati – 0,7, sink sulfat – 0,7.
    Yetishtirish muddatlari va texnologiyasiga qarab sabzavot ekinlarini ko‘chatlari ertagi (ertagi oddiy va gul karam, ertagi pomidor), o‘rtagi (o‘rtagi karam, bodring, poliz ekinlari, o‘rtagi pomidor, qalampir, baqlajon), kechki (kechki karam, pomidorni ertapishar navlari takroriy ekin uchun) bo‘ladi. Ertagi ko‘chatlarni issiq parniklarda va isitiladigan issiqxonalarda; o‘rtagilari – yarim issiq parniklarda, isitilmaydigan va xatarli vaziyatlarda qo‘shimcha isitish vositalari bilan ta’minlangan plyonkali issiqxonalarda; kechkilari – ochiq egatlarda yetishtirib olinadi.
    Oziqali kubiklarni tayyorlashda aralashmaga yopishtiruvchi modda sifatida 5% suyuq mol go‘ngi qo‘shiladi. Urug‘ eqilgan yoki pikirovka qilingan tuvakli ko‘chatlarni joylashtirib chiqilgandan so‘ng, tuvakchalarni orasi o‘zini tayyorlashdaishlatilgan aralashma bilan to‘ldiriladi.
    Ilgarilash va ko‘chatlarni tannarxiga urug‘ eqilgandan boshlab uni unib chiqishigacha o‘tgan vaqtni qisqartirish ta’sir etadi. Shuning uchun urug‘larni namlash, o‘ndirib olish va chiniqtirish usullaridan keng foydalaniladi. Chiniqtirish, ko‘chatlarni ochiq ko‘chatxonalarda va plyonkali inshootlarda yetishtirilganda ayniqsa, samaralidir. Urug‘larni dastlab yirik va o‘rtacha fraksiyalarga ajratib saralanadi, 15-20% maydalari chiqitga chiqariladi. Saralangandan so‘ng ular zararkunanda va zamburug‘ sporalariga qarshi qizdiriladi. Buning uchun 25-35°S haroratda bir sutka davomida yaxshilab quritilgan karam, bodring va pomidor urug‘larini 3-3,5 soat davomida 50-55°S da qizdiriladi. Agarda urug‘lar yuzida kasallik qo‘zg‘atuvchi va zararkunandalar bo‘lmasa eqiladigan urug‘lar qizdirilmaydi, ammo kasalliklarga chalinishi oldini olish uchun ularni zararsizlantiruvchi moddalar bilan ishlanadi.
    Virusli infeksiyaga qarshi bodring va pomidor urug‘lariga ikki muddatda termik ishlov beriladi, u himoyalangan yerlarga ko‘chatlarni tayyorlashda izohlangan.
    Eqiladigan maydon hajmiga ko‘ra urug‘larni ekish qo‘lda yoki ekish seyalkalar yordamida bajariladi. Maysazorga urug‘lar sochma yoki qatorlab qo‘lda eqiladi. Qatorlab eqilganda tuproq tekislanadi va bir oz zichlanadi, so‘ng planka (yog‘ochli) marker (xashkash) bilan chuqurligi 1-1,5 smli jo‘yaklar olinadi. Bu jo‘yaklarga bir-biridan 0,5-1 sm oraliqda urug‘lar terib chiqiladi. Urug‘larning usti mayda oziq aralashmani g‘alvir orqali o‘tkazib 0,5-1 sm qalinlikda ko‘miladi. Marker izlariga eqilganda urug‘larni xaskashning orqa tomoni bilan ko‘mish mumkin.
    Ochiq yerga ko‘chatlarni yetishtirishda urug‘larni ekish muddatlari uni dalaga o‘tkazish muddatlari, yetirishtirish davomiyligi va foydalaniladigan inshootlarning turlariga ko‘ra aniqlanadi. Plyonkali issiqxonalarda yetishtirish davomiyligi qisqaroq bo‘lganligi tufayli urug‘ ekishni 10-12 kun kechroq boshlaydilar. Urug‘ni ekish me’yorlari ularni yirikligi, o‘simliklarni oziqlanish maydoni va ko‘chatlarni yetishtirish usullariga bog‘liq (2-jadval).



    Download 16,04 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   186




    Download 16,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu. Sabzavot ko‘chatlarini yetishtirishning umumiy usullari

    Download 16,04 Mb.