|
-Mavzu: Himoyalangan joy inshoatlarida mikroiqlim sharoitlarini ta’minlash va uni sozlash usullari
|
bet | 32/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka 10-Mavzu: Himoyalangan joy inshoatlarida mikroiqlim sharoitlarini ta’minlash va uni sozlash usullari.
Reja:
Xozirgi zamon qishloq xo‘jaligida polimer materiallardan foydalanish.
Himoyalangan joy inshoatlarini ustini qoplashda oynalardan foydalanish.
Polietilen plyonkasi etilen gazidan ajratib olinadigan maxsulotning kichik bosimda tayyorlanishi.
Tayanch iboralar: Ko‘chat tushunchasi, pikirovka, maysa, o‘g‘it, urug‘, tuproq aralashmasi, parniklar, yaroqli ko‘chat,chirindi,tuproqsiz muxit, anaerob.
8.1. Xozirgi zamon qishloq xo‘jaligida polimer materiallardan foydalanish.Oxirgi yillarda qishloq xo‘jaligida polimer materiallardan keng foydalanilmokda. Kupgina polimer materiallardan foydalanish qishloq xo‘jaligini tarakkiyotini yangi boskichga kutardi. Yevropa xamjamiyatiga kirgan davlatlar, AKSh, Yaponiya, Isroilda polimer materiallardan qishloq xo‘jaligida keng foydalanib kelmokdalar. Jumladan, polimer materiallardan qishloq xo‘jaligida foydalanish 15 martaga oshirilib, bu kursatkichni 90 foizi plyonkali issiqxonalarga to‘g‘ri keladi. Turli polimer materiallarini yaratilishi kupgina qishloq xujalik ekinlarini shimoliy mintaqalarda yetishtirish imkoniyatini beradi. Polimer materiallardan eng kup ishlatiladigan polietilen plyonkasi bo‘lib, qishloq xo‘jaligini turli maksadlari uchun ishlatilmokda. Ulardan issiqxonalarni qoplashda, kasallik, begona o‘tlarni Yo‘qotishda, tuproqni dezinfeksiya qilishda foydalanilmokda. Shuningdek chorvachilikda sun’iy xavfzalarda balik yetishtirishda, ekish materiallarini qoplashda ishlatilib kelinmokda. Xozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida ishlatilayotgan plyonka turlari kupayib bormokda:
Ok rangli plyonka: Ushbu plyonka turi dala ekinlarini begona utlardan Himoya qilishda mulcha sifatida ishlatiladi. Nurlarni kam utkazish xisobiga tuproq xaroratini boshqa turdagi plenkalarga nisbatan kamrok ushlaydi.
Ok-kora rangli plenka: Polietilen plyonkasining ushbu turi xam begona o‘tlarni o‘sishiga salbiy ta’sir kursatadi, tuproqni xaddan tashqari kizishidan asraydi. Shuningdek, o‘simliklarni xaddan tashqari kizishiga yul kuymaydi.
Kuk rangli selektiv plyonka – Bu plyonka turi o‘simliklarni kuz davrlarida, Isroilda esa kish faslida qo‘lupnay va boshqa o‘simliklarni Himoya qilish uchun foydalaniladi. Begona o‘tlarni o‘sishiga to‘sqinlik qiladi.
|
| |