O‘zbekistondagi himoyalangan yerlar uchun bodring va pomidor ko‘chatlari o‘stirishning xususiyatlari




Download 16,04 Mb.
bet40/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

O‘zbekistondagi himoyalangan yerlar uchun bodring va pomidor ko‘chatlari o‘stirishning xususiyatlari. O‘zbekistonda pomidor va bodring kuzgi-qishki, qishki-bahorgi va o‘tuvchan aylanish mavsumlarida qishki issiqxonalarda yetish-tiriladi. Bu aylanishlarning boshlanishidagi harorat sharoitlari va yoritil-ganlik darajasi bilan sezilarli farq qiladi. Shu sababli ko‘chat yetishtirishning davomiyligi turli aylanishlarda bir xil emas.
Kuzgi-qishki aylanishda bodring doimiy joyiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri urug‘ bilan eqiladi. Ayrim hollarda bodring urug‘larini iqtisod qilish maqsadida kuzgi-qishgi va o‘tuvchan mavsumdalarda 2-3 chinbargli 15-20 kunlik ko‘chatlardan ekila-di. O‘tuvchan va qishki-bahorgi mavsumda bodring faqat ko‘chatidan yetishtiriladi. Bodring ko‘chati qishki-bahorgi aylanishda ekish uchun tayyorlanadi, bunda ko‘chat-lar 10 yanvardan 10 fevralgacha eqiladi va ko‘chat 30-35 kun mobaynida tayyorlana-di. O‘tuvchan mavsumda ko‘chatlar 20-25 kun mobaynida yetishtirilib noyabr oyining boshlaridan o‘tkaziladi.
Pomidor barcha aylanishlarda albatta ko‘chatdan eqiladi. Yorug‘likni yetarli bo‘lishi sababli kuzgi-qishki aylanish uchun ko‘chat yetishtirishni davom etishi 30-35 kunni, o‘tuvchan mavsum uchun esa 35-40 kunni tashqil etadi. Qishki-bahorgi aylanish, yorug‘lik sharoitining eng yomon davriga to‘g‘ri kelib, u dekabr-yanvar oy-larining yarmidan boshlanadi. Bu aylanish uchun pomidor ko‘chati oynavand issiq-xonalarda 60-70 va plyonkalilarda – 50-60 kun mobaynida tayyorlanadi.
Bahorgi isitilmaydigan issiqxonalar va vaqtinchali plyonkali tonnel qur-ilmalar uchun pomidor, bodring va boshqa ekinlarning ko‘chatlari xuddi ochiq yer uchun tayyorlangandek yetishtiriladi, ammo 2-3 hafta ertaroq. O‘zbekistonda ko‘kat sabzavotlar ko‘chatidan foydalanmagan holda, urug‘ini to‘g‘ridan-to‘g‘ri inshoot-larning tuprog‘iga ekib yetishtiriladi.
Qishki-bahorgi aylanish uchun ko‘chatlar isitiladigan oynavand yoki plyonka-li ko‘chat o‘stiriladigan issiqxonalarda yoki ularning ko‘chat bo‘limida yetishtir-iladi.
Kuzgi-qishki va o‘tuvchan aylanish mav-sumlari uchun pomidor va bodring ko‘chatlari bo‘sh turgan oynavand issiqxonalarda yetish-tiriladi, bunda virus tashuvchi ayrim hasho-ratlar uchib kirishini oldini olish maqsadida darchalari zich to‘r bilan qoplanadi. Ayrim hollarda ko‘chat yetishtirish uchun katta hajmli tonnellar ustiga o‘sha maqsadda zich to‘qilgan to‘r qoplanib jihozlanadi (53-rasm).
Bodring va pomidor ko‘chatlarini qishki-bahorgi aylanish uchun o‘stirishning xususiyatlari. Urug‘ eqilgan yoki maysalar pikirovka qilingan tuvakchalar yoki kubiklar kengligi 1,4-1,6 m lenta shaklda, orasida 40-50 sm yo‘lka qoldirilgan issiqxona tuprog‘i yangi, yupqa polietilen plyonka ustiga terib qo‘yiladi. Tuvakchalar oralig‘idagi bo‘shliq oziqali aralashma bilan to‘ldiriladi. Namlik va haroratni saqlash uchun lentalar ustiga yangi, yupqa toza plyonka yopiladi. Agar ko‘chat torfoblokda yetishtirilsa, ular yerga terib qo‘yilgandan so‘ng urug‘ ekilgo‘n-icha, ikki-uch kun mobaynida leyka yoki 1-1,5 soatda bir marta 1-2 daqiqa yomg‘irla-tib sug‘orish moslamasi yordamida namlab turiladi.
Urug‘larni bir vaqtda unib chiqishi uchun urug‘lar unib chiqqo‘nga qadar haro-ratni bodring uchun 27°S, pomidor uchun esa 24°S da saqlab turiladi. Nihollar to‘liq hosil bo‘lgandan so‘ng plyonka yig‘ishtirib olinadi, harorat 4-5 kun mobay-nida bodring uchun kunduz kuni 20-22°S gacha, tunda 14-16°S ga, pomidor uchun esa shu tariqa 16-18 va 12-14°S gacha pasaytiriladi.
Keyinchalik bodring ko‘chati quyoshli kunlarida – 20-23, bulutli kunlarda – 19-20, tunda – 18-20°S da, pomidor ko‘chat sho‘nga muvofiq ravishda 20-22°S, 18-19 va 15-17°S haroratda o‘stiriladi. Bodring ko‘chati o‘stirilayotganda havoning nis-biy namligi 70-75%, pomidor uchun esa 60-70% ni tashqil etishi kerak.
Yilning barcha oylari ichida dekabr va yanvarda eng kam yoritilganlik kuza-tiladi. O‘zbekiston sharoitda u katta yoshdagi o‘simliklar uchun ayrim hollarda ko‘chatlar uchun ham yetarlidir. Sifatli ko‘chat olish uchun elektr yordamida qo‘sh-imcha yoritishni qo‘llash samaralidir. Elektr yordamida yoritish elektr energiyasi uchun katta mablag‘ talab etadi. Shuning uchun uni (tejab) iqtisod qilib foydala-nish kerak. U tabiiy yorug‘likka qo‘shimcha sifatida qo‘llanishi lozim. Tabiiy va sun’iy yoritishlarning umumiy davomiyligi 14-16 soatni tashqil etishi kerak. Kun qanchalik uzo‘n bo‘lsa, elektr yordamida yoritish shunchalik qisqa bo‘ladi. Elektr yoritgichlari yordamida qo‘shimcha yoritishni nisbiy quvvati bodring uchun: ko‘chatlarni yerga terib qo‘yilgunicha 240, undan so‘ng – 120 Vt/m2; pomidor maysa-zorida – 400, pikirovka qilinganidan keyin – 240 va yerga terib chiqilganidan so‘ng – 120 Vt/m2 tashqil qilishi kerak.
Ko‘chatlarni qayta tarqatib joylashtirish qatordagi o‘simliklar bir-biriga tegaboshlaganda, ya’ni bodringda nihollar unib chiqqandan so‘ng ikki xafta o‘tgach, pomidorda esa pikirovka qilinganidan so‘ng 2,5-3 hafta o‘tgach amalga oshiriladi. Ko‘chatlar yoyib qo‘yilganda 1 m2 maydonda 20-30 o‘simlik joylashtiriladi. Tuvak-chalar tuproq yuziga oldindan dezinfeksiyalangan plyonka to‘shalgan yoki urug‘ eqiladigan yashiklarda joylashtiriladi. Tuvakchalar orasidagi bo‘shliq tuproq aralashmasi bilan to‘ldiriladi.
Ko‘chatlarni yetishtirishda ortiqcha (zahira) qoldirish ko‘zda tutiladi, u talab etiladigan umumiy miqdoridan 10% ko‘p tayyorlanishi kerak. Ko‘chatlarning umumiy soniga talab ularni oziqlanish maydoni va o‘stiriladigan o‘simliklarga bog‘liq. Bodringni partenokarpik navlari yetishrilganda o‘simliklar katta oziq-lanish maydonini talab qiladi, shu bois kichik oziqlanish maydonini talab qiluvchi ari bilan changlanadigan navlarga qaraganda ko‘chatga talab ham kamroq.
Qishki-bahorgi aylanish mavsumi uchun bodring va pomidor ko‘chatlarini yetishtirishda issiqxona havosida karbonat angidridi gazini 0,10-0,15% gacha yetkazib o‘simliklarni oziqlantirish yaxshi natija beradi.
Ko‘chatlarni yetishtirishda tuvakchalar namligi 75-80% NV darajada saqlab turiladi. O‘simliklar harorati 25-28°S bo‘lgan iliq suv bilan sug‘oriladi. O‘simliklar sug‘orilganda azotli o‘g‘itlarni yuvilib ketishini, hisobga olib ko‘chatlarni yetishtirish davrida eritma konsentratsiyasi 0,5% bo‘lgan azotli o‘g‘it-lar bilan 1-2 marta oziqlantiriladi.
Qishki-bahorgi aylanish uchun ko‘chat yetishtirish davrining davomiyligi, urug‘ eqilgandan doimiy joyiga o‘tkazilgo‘ncha: bodringda – 30-35 kunni, oynavand issiqxonalardagi pomidorda – 60-70 va plyonkalilarda – 50-60 kunni tashqil etadi.
Chet elda bodring ko‘chatlarini yetishtirishning ko‘pgina yangi ilg‘or usullari qo‘llanilmoqda. Bu yerda ko‘chat pikirovka usulida yetishtirilib, oldindan 555 sm o‘lchamli maxsus lotoklar va kassetalarda tayyorlangan maysalar tuprog‘i bilan substratga ko‘chirib o‘tkaziladi.
Bodring ko‘chatalri bu yerda stoldan kassetalarda, ko‘chatchilik birlashmalarda mineral tolali kubiklarda yetishtiriladi. Qishki-bahorgi aylanishda o‘simlik-lar uchun yorug‘lik yetarli bo‘lmaganida ko‘chatlarni oziqlanish maydonini ko‘pay-tirish uchun ularni yoyib qo‘yishdan foydalaniladi (54-rasm).
Kuzgi-qishki va o‘tuvchan aylanishlar uchun pomidor ko‘chati yetishtirishning xususiyatlari. Bu aylanishlarni boshlarida tashqi muhit harorati yuqori bo‘ladi va bu davrda isitishga zaruriyat bo‘lmaydi. Shuning uchun bu aylanishda ko‘pincha bodring urug‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri issiqxona tuprog‘iga ekib yetishtiriladi. Bodring ko‘chati bu aylanishlar uchun ayrim xollardagina yetishtiriladi.


Download 16,04 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   186




Download 16,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistondagi himoyalangan yerlar uchun bodring va pomidor ko‘chatlari o‘stirishning xususiyatlari

Download 16,04 Mb.