|
Yetishtirish texnologiyasi
|
bet | 76/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaYetishtirish texnologiyasi. O‘zbekiston sharoitida chuchuk qalampir issiq-xonalarda bir necha aylanish davrlarida yetishtiriladi. Bahorgi isitilmaydigan issiqxonalarda uni bahorgi-yozgi aylanishda yetishtiradilar, bunda ko‘chatlar mart o‘rtalarida ekib, ekinni iyul-avgustda tugallaydilar. Bu aylanish davrida eng tezpishar navlar yetishtiriladi va 55-60 kunlik ko‘chatlardan foydalaniladi. Bunda hosil may o‘rtalaridan chiqaboshlaydi.
Qishki-bahorgi va o‘tuvchan aylanish davrlarida ko‘chatlar 7025-30 sm yoki 60×30-35 sm oziqlanish maydonida o‘tkazilib 1 m2 5-6 dona o‘simlik joylashtir-iladi. Shuningdek, 100+60 sm shaklda qo‘shqatorli lentasimon usul ham qo‘llaniladi. Bunda qatorlardagi o‘simliklar orasidagi masofa 20-25 sm. Issiqxonalardagi doimiy joyga ko‘chatlarni o‘tkazish pomidornikiga o‘xshash.
Chuchuk qalampir mineral oziqa elementlar bilan yetarli miqdorda ta’minlanishga muxtoj. O‘zbekistonda qalampirni yetishtirishda pomidorga o‘xshash, o‘g‘itlash tizimi va qo‘shimcha oziqlantirish qo‘llaniladi. Qalampir jadal hosilga kirgan davrda azotli o‘g‘itlarni miqdori biroz oshiriladi. Qo‘shimcha oziqlantirish bir necha marta, har 10-15 kundan keyin beriladi.
Har bir oziqlantirishda 1 m2 maydonga 20 g ammiakli selitra, 30 g ammofos va 15 g xlorli kaliy solinadi. Umuman qishki-bahorgi aylanishda 1 gektarga: ammiakli selitra – 1800-2000 kg, kaliy sulfati – 1600-1700 kg, qo‘sh superfosfat – 500-600 kg, magniy sulfati – 150-200 kg solinadi.
Chet elda qalampir ekinini tuproqda o‘stirishda ko‘chatlarni ekishdan oldin tuproqni agrokimyoviy tahlili o‘tkazilib undagik oziqa elementlari zahirasini quyidagi ko‘rsatkichlargacha yetkaziladi (mg/l): nitarli azot – 100-120 gacha, fosfor – 15-20, kaliy – 100-120, magniy – 40, kalsiy – 100-200 gacha. Ko‘chatlar ekilib ildiz otgandan so‘ng tuproq va kichik hajmli ekinlardagi o‘simliklar quyidagi tartibdagi o‘g‘itlar eritmasi bilan sug‘oriladi:
8- jadval
|
| |