Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali




Download 16,04 Mb.
bet74/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

Biologik xususiyatlari. Chuchuk qalampir o‘zininng tabiatiga ko‘ra ko‘p yillik o‘simlik, lekin madaniy ekin sifatida uni bir yillik ekin sifatida yetishtiradilar.
Chuchuk qalampir to‘p bo‘lib o‘suvchi bir necha yon shoxlar va asosiy poyadan iborat o‘simlik. Yosh o‘simliklar poyasi 4-5 qirralik, katta yoshdagilari yumaloq, vaqt o‘tishi bilan asosi yog‘ochlashadi, shu sababli buto‘n o‘suv davomida yotib qolmaydi. Tupining bo‘yi – 30-125 sm balandlikda. Shoxlanish tabiatiga ko‘ra poyasi quyidagi shakllar bilan farqlanadi: shtambli (bir poyali), yarim shtambli (asosiy poyaning pastki qismida 1-3 ta kalta yon shoxlar hosil bo‘ladi) va serpoyali (bosh poya asosidan shoxlanadi).
Barglari buto‘n, cheti tekis, tuxumsimon yoki cho‘ziq ellips shaklida, ko‘k yoki qoramtir ko‘kish rangda.
Qalampir mevasi 2-4 xonali ko‘p urug‘li soxta rezavordir. Devori 5-8 mm qalinlikda. Mevalarini shakli turlicha, ko‘p hollarda konsusimon va prizmasimon bo‘ladi. Mevani uzunligi 4-20 sm, eni 4-10 sm, vazni 25-100 g bo‘ladi. Himoya-langan yerlarda qalampir ancha yirik va suvli mevalarini shakllantiradi, ta’mi jihatidan ochiq yerdagi mevalardan qolishmaydi.
Mevalarida bir nechta o‘ntadan 500 donagacha urug‘lar hosil bo‘ladi. Urug‘lari yumaloq, silliq, och-sarg‘ish rangda. Urug‘lari o‘nuvchanlikni 3 yil saqlaydi va 1 g da 110-200 dona urug‘ bo‘ladi.
Qalampir shoxlangan o‘q ildiz tizimiga ega, u pikirovka yoki ko‘chirib o‘tka-zilganda kuchli shoxlaydi. Ular 5-40 sm chuqurlikda joylashib, pomidornikiga nisbatan nimjonroq. Ildizlarida o‘zini tiklash qobiliyati kam rivojlangan. Pikirovka qilingan o‘simliklar pikirovka qilinmaganlariga darajasiga faqat ildiz tizimini o‘sish suratini meva berish davri boshlanganda oshiradi. Ildiz tizimi tikllanishidagi qisqa uzulish maysalarni yoshlik davrida pikirovka qilinganda (urug‘ palla barg – 1-chi chinbarg) kuzatiladi. Ildiz tizimini qayta tiklanishgi qiyinchiliklar hisobiga 5 sm chuqurlikdagi tuproq aralashmasi ehtiyotlik bilan yumshatiladi.
Qalampir maysalanishdan o‘suv davrining oxrigacha, ayniqsa, rivojlanish davrini boshlarida jadal yorug‘likni talab qiladi. Qalampir uchun eng yuqori yorug‘lik 20 ming lk, eng kam yorug‘lik esa 8-10 ming lk. Yorug‘lik 4-5 ming lk bo‘lganda qalampir o‘s-maydi. Ko‘chat yetishtirish davridagi yorug‘likni yetishmasligi uning sifatiga, keyinchalik esa o‘simlikni o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qalampir 14 soatli yorug‘lik kunda yaxshi o‘sib rivojlanadi.
Gullash va mevalarni shakllantirish davrida qalampir tuproq va havo namligiga o‘ta talabchan bo‘ladi. Namlik yetishmaganda gul va shonaning bir qismi tushib, hosildorlik kamayadi. Shuningdek, qalampir havo namligiga ham talabchan. Tuproqni maqbul namligi – 75-80% EPN (eng past namlik), havoning nisbiy namligi – 70-75% da bo‘lishi eng qulaydir. U xaddan tashqari tuproq namligini ko‘tara olmaganligi tufayli, uni tez-tez, lekin kamroq me’yorda sug‘oradilar.

Download 16,04 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   186




Download 16,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali

Download 16,04 Mb.