Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali




Download 16,04 Mb.
bet71/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

O‘tuvchan aylanish. O‘tuvchan mavsumda 30-40 kunlik ko‘chat sentabrning ikkinchi yarmida ekiladi va u keyingi yilning iyun oyigacha o‘stiriladi. Mevalari dekabr oyidan boshlab teriladi. Bu davr uchun pomidorning indeterminant nav va duragaylaridan foydalaniladi.
Ayrim issiqxona xo‘jaliklari pomidorni oktabrning ikkinchi yarmida ekadilar, ammo bunda 50-55 kunlik ko‘chatlardan foydalaniladi. Katta yoshdagi ko‘chatdan foydalanish, ekilganidan birinchi hosil pishguncha bo‘lgan davrni biroz qisqartiradi, bu muddatda ekilganda birinchi hosili yangi yil oldidan terilaboshlanadi.
Pomidor o‘tuvchan aylanishdagi ekin sifatida yetishtirilganda uni hosili mavsumdan tashqari vaqtda, qaysiki ularni shimoliy mintaqalarda olib bo‘lmaydigan davrlarda ta’minlaydi. Pomidor o‘simligi kuzdan boshlab hosil beraboshlaydi, qishda uzilish bo‘lmaydi va u yozgacha davom etadi. Bu aylanishda pomidor bodringga qaraganda yaxshi o‘sib hosil beradi. Pomidor o‘tuvchan mavsumda 15-16 kg/m2, shu jumladan dekabr – aprel oylarida 10 kg/m2 gacha hosil beradi.
Kuz-qishki aylanish davridagi kabi, o‘tuvchan aylanishda pomidor o‘simligi dekabr – yanvar oylarida issiq va yorug‘ vaqtlarda to‘plagan assimilyatsiiya mahsulot hisobiga hosil tugadi va faqat fevarldan boshlab fotosintez hisobiga o‘sadi va yangi hosil organlarini shakllantiradi. O‘tuvchan davrda pomidorni ekishdan asosiy maqsad qish oylarida mahsulot olish va uni yuqori bahoda sotishdir. Bunda garchi hosil uncha yuqori bo‘lmasa-da, O‘zbekistonda bu mavsumda pomidor ko‘p ekiladi.
Bu mavsum uchun ko‘chat kuzgi-qishki aylanishdagi kabi tayyorlanadi. Uzoq o‘sib rivojlangani uchun pomidor o‘simliklarining oziqlanish maydoni boshqa aylanishdagilarga qaraganda katta bo‘ladi. 1 m2 maydonga 2,5-2,7 o‘simlik joylashtiriladi. Bunda qatorlar orasini 80 sm, qatorgi o‘simliklar orasini 40-50 sm masofada (8040-50 sm yoki sm) qatorlab yoki qo‘shqatorlab lentasimon usulda ekish ko‘proq qo‘llaniladi.
O‘tuvchan mavsumda o‘simliklar bir poyali qilib shakllantiriladi. Ekinni yetshtirish iyun oyi oxirida tugalanadi. Bu davrda har bir o‘simlikda 20 ta va undan ko‘p shingillar hosil bo‘ladi. Yanvarning o‘rtalarida asosiy poyasi yuqori gorizontal bag‘azgacha yetadi. Ana shunda ularni oldingi ikki bag‘azdan bo‘shatilib qarama-qarshi turgan birinchi bahazga ko‘chiriladi. Natijada o‘simliklar poyasi pastga osilib, o‘sish jarayonlari yanada tezlashadi. Indeterminant navlar uchun bu davrda boshqacha usulni, ya’ni o‘simliklarni yoshartirib olish usulini ham qo‘llash mumkin. Bunda poyaning bargsiz patki qismi egat ustiga yotqizilib, tuproq bilan ko‘miladi. Natijada poyaning ko‘milgan qismida yangi ildizlar hosil bo‘lib uni o‘sishini davom ettirishiga turtki bo‘ladi.
Boshqa vaqtda pomidorni parvarish qilish xuddi kuz-qish mavsumda o‘stirilayotganga o‘xshashdir. Fevral – martda kun uzayib, yorug‘lik ko‘payishi bilan issiqxonalar harorati ko‘tariladi, o‘simliklar yaxshi oziqlantiriladi va sug‘oriladi, issiqxonalar havosi SO2 gazi bilan boyitiladi. Agrokimyo taxlili natijalari bo‘yicha, o‘simliklarning o‘stirish davri tugashidan 1-1,5 oy oldin oziqlantirish to‘xtatiladi.

Download 16,04 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   186




Download 16,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali

Download 16,04 Mb.