|
Meva hosil bo‘lishini tezlashtish (stimuliyatsiya)
|
bet | 67/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaMeva hosil bo‘lishini tezlashtish (stimuliyatsiya). Himoyalangan yerda pomidordan yuqori hosil olishning muhim sharoitlari meva hosil qilish quvvatini yuqori bo‘lishi yoki gul kurtaklari sonidan hosil bo‘lgan mevalarining foizi hisoblanadi. Mevalarni sust hosil bo‘lishi gullarini to‘liq rivojlanmaganligi, bepushtliligi yoki gul changlarini changlanaolish qobilyatini pastligi bilan bog‘liqdir. Bu ko‘pchilik hollarda yorug‘likni yetishmasligi va qizib ketishi, azot bilan ortiqcha oziqlantirish, havoning nisbiy namligini 50% dan pasayib ketishi natijasida bo‘ladi. Ekstremal sharoitda changlanmaganligi sababli mayda, ichi bo‘sh mevalar hosil bo‘ladi.
Ko‘pchilik ijobiy ko‘rsatkichlar navga ham bog‘liq. Kam uyali (2-4 uyali) va nisbatan mayda mevali nav va duragaylarda changlanish yaxshi bo‘ladi, chunki ulardan changlatuvchi gul changlari ko‘p hosil bo‘ladi. Murakkab gulli, ko‘p uyali, yirik mevali nav va duragaylar, ayniqsa, yorug‘lik yetishmaydigan sharoitda, aksincha changlatish qobilyati past gul changlarini hosil qilishi bilan farqlanadi. Changlanish bu navlarda bir xil bo‘lmaganligi sababli shakli o‘zgargan mevalar hosil bo‘lishiga olib keladi. Ularda mevalarni yaxshi hosil bo‘lishi mikroiqlim va mineral oziqlantirish maqbul me’yorda saqlanib turilganda sodir bo‘ladi. Gul changlari yaxshi to‘kilib gul tumshuqchasiga tushishini ta’minlash uchun gul va o‘simlik elektir tebratgichlar yordamida yoki sim bag‘azni yog‘och bilan urib tebratiladi. Bu hafta mobayida uch marotaba ertalab, ammo havoning nisbiy namligi kamaygan va gul changlar yaxshi sochiluvchan bo‘lgan davrda o‘tkaziladi.
Meva hosil bo‘lishini yaxshilash uchun meva o‘sishini va hosil bo‘lishini tezlashtiradigan o‘sishni boshqaruvchi moddalar qo‘llaniladi. O‘sishni boshqaruvchi moddalar bilan ishlov berilganda urug‘siz mevalar shakllanadi, ularda gultoj barglari qurib tushmaydi, tirik qolib rivojlanadi, bu o‘z navbatida mevalarni kulrang chirish bilan zararlanishiga olib keladi. O‘sishni boshqaruvchi moddalar bilan ishlov berish natijasida hosil bo‘lgan urug‘siz mevalar cho‘ziq tumshuqchaligi bilan ajralib turadi.
Yaxshi yorug‘likda, havo harorati va namligi me’yorida bo‘lganda, tebratgichlar va kaltak yordamida urib tebratishlar hamda o‘sishni boshqaruvchi moddalarni qo‘llash samarasi keskin pasayadi.
|
| |