• Kuzgi-qishki aylanish
  • Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali




    Download 16,04 Mb.
    bet69/186
    Sana23.05.2024
    Hajmi16,04 Mb.
    #250922
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   186
    Bog'liq
    Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

    Kuzgi-qishki aylanish.

  • Qishki-bahorgi aylanish.

  • O‘tuvchan aylanish.

  • Bahorgi-yozgi aylanish.


    Tayanch iboralar: tik bag’azlarda o’stirish, gullarning changlanishi, namlik, haroratning tasiri, quyoshli kunlar, qo’shimcha issiqlik, yorug’lik yetishmasligi, namlikni oshib ketishi, sug’orish, kasallik va zararkunandalar.


    Kuzgi-qishki aylanish. Bu aylanishda pomidorni pishgan mevasi ochiq maydondan hosil chiqishi to‘xtagan vaqtda – noyabrda chiqaboshlaydi.
    Qishki issiqxonalarga ko‘chatni ekish eng maqbul quyosh yog‘dusidan to‘la foydalanish va ochiq yerdan mahsulotni chiqishi tugagach uni chiqaboshlashini ta’minlovchi muddatlari: Qoraqalpog‘istonda avgustning boshlari, Qashqadaryo viloyatida avgustning oxiri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida 10-15 avgust, Farg‘onavodiysida 15-20 avgust hisoblanadi. Urug‘lar issiqxonaga ko‘rsatilgan muddatlardan 30-35 kun oldin sepiladi. Kuzgi-qishki aylanish yanvar boshlanishida tugaydi.
    Bu aylanishda yetishtirishda yarimindeterminant navlardan foydalaniladi. Bu aylanishda o‘simliklarni oziqlanish maydoni qish-bahorgi muddatga nisbatan biroz kichikroq bo‘ladi. Bunda ko‘chatlar ikki 70×35-40 yoki 80×30 sm qatorlab va sm qo‘shqatorli shaklda ekiladi. 1 m2 da 4 tup o‘simlik qoldiriladi.
    Pomidor ko‘chati balandligi 30-40 sm bo‘lgan egatlarga ekiladi va jo‘yaklar orqali sug‘oriladi. Angar issiqxonalarida egatlar ko‘ndalangiga, bloklilarda esa bo‘yiga olinadi. Seksiyasi eni 6,4 m bo‘lgan blokli issiqxonalarga olti qatordan ekiladi.
    Pomidor kuzgi-qishki aylanishda tik bag‘azlarda o‘striladi. Ko‘chat ekilganidan 3-4 kundan so‘ng bag‘azlarga bog‘lanadi. Ular o‘sgan sari har haftada kanopga chirmashtirib boriladi.
    Kuzgi-qishki davrda pomidor o‘stirishda o‘simliklarga shakl berish zarur. Pomidor o‘simligi tupi o‘sishni sekinlatish uchun poyasi oxirgi (yettinchi – sakkizinchi) shingildan so‘ng ikki – uch barglar hosil bo‘lganidan keyin chilpiladi, ular yuqorida joylashgan shingillarni oziq moddalar bilan ta’minlaydi va pastki qismidan yulib tashlangan barglar ishini ham bajaradi. Yuqorida joylashgan shingillar mevalari terib olinganidan so‘ng pastki barglari yulib tashlanadi. Bu o‘simlik uchun yorug‘lik sharoitini va havo almashinishini yaxshilaydi. Nobud bo‘lgan barglar kasalliklarni tarqalishiga xizmat qiladigan ko‘chatxonasini vazifasini bajarishi mumkin. Shuning uchun ular tezda yo‘qotiladi.
    Kuzgi-qishki aylanish boshlanishida haroratni oshib ketmasligi e’tibor bilan kuzatib boriladi, uni 30°S dan oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Buning uchun qoplamalar oqlanadi yoki yomg‘irlatib suv sepiladi. Havo harorati oktabr – noyabr oylarida quyoshli kunlarda 25-28°S da va bulutli kunlarda 18-20°S da saqlanadi. Kechasi u +16°S +18°S da, ammo 14°S dan past bo‘lmasligi kerak. Tuproq harorati 15-17°S da bo‘lishi zarur. Dekabrda tabiiy yorug‘lik kamayib, kun qisqara borgan sari issiqxonalarda harorat asta – sekin kunduzi 18-20°S gacha, kechasi 14-15°S gacha tushiriladi. Bundan maqsad fotosintez jarayoni susaygan davrda o‘simliklarni nafas olishida assimilyantlar sarfini kamaytirishdir.
    Havoning nisbiy namligi imkoni boricha past darajada (60% dan oshirmay) saqlanadi, bunday sharoit pomidor gullari me’yorida changlanishini ta’minlaydi va o‘simliklarni kasalliklarga chalinishini oldini olishda zarur tadbirlardan biri hisoblanadi. Buning uchun shlanga bilan sug‘orish usuliga o‘tiladi. O‘suv davrida tuproqdagi oziq moddalarni suvli so‘rimi muntazam ravishda nazorat qilinib, ular miqdori aniqlanib turiladi. Qator oralari 2-3 marta yumshatilib, o‘simliklar chopiq qilinadi.
    O‘simliklar avgust – sentabrda tez – tez, keyinchalik harorat pasayib bulutli kunlar boshlanganda har oyda 2-3 marta sug‘oriladi. Ammo, tuproq namligi 75% dan pastga tushmasligi kuzatib turiladi.
    Muhit nam bo‘lsa, pomidor gullarining changlanishi qiyinlashadi. Shuning uchun noqulay sharoitda, ayniqsa, bulutli havoda, gullarni yaxshi changlanishi uchun elektromagnit tebratgich yordamida shingillar tebratiladi. Bu usul hosilni 10-12% ga oshiradi. Uni haftada ikki marta, ertalab 2-3 sekund davomida o‘tkaziladi. Agar tebratgichlar bo‘lmasa, kamroq samara beradigan o‘simlikni tebratish usulidan simbag‘azlarni qo‘lda sekin urib tebratish qo‘llaniladi. Shuningdek o‘sishni boshqaruvchi moddalarni qo‘llash ham maqsadga muvofiq, ular changlatmasdan urug‘siz meva tugunchalarini paydo bo‘lishini jadallashtiradi.
    Pomidor hosili noyabrning ikkinchi yarmidan boshlab, to yanvarning o‘rtalarigacha, yer keyingi ekinga (bodring) bo‘shatilguncha teriladi. Agar bu davrda pomidor tuplarida pishmagan yashil mevalari bo‘lsa, o‘simliklar ildizi bilan sug‘irib olinib, sovuq urmaydigan xonalar ichiga osib qo‘yiladi, shunda mevalar sekin – asta pishib yetiladi.

    Download 16,04 Mb.
  • 1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   186




    Download 16,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali

    Download 16,04 Mb.