O‘simliklarga shakl berish




Download 16,04 Mb.
bet65/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

O‘simliklarga shakl berish. Ekilgan ko‘chatlar tutib olganidan so‘ng tik shpalerga (osilib turgan kanopga) bog‘lab qo‘yiladi, sirmoq (halqa) poya asosini siqib qo‘yishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Kanop sim bag‘azlarga quyidagi usullarning biri: sirg‘aluvchi sirtmoq (halqa), qimirlamaydigan va qattiq tugun bilan bog‘lanadi (29-rasm).

29-rasm. Kanopni shpalerga (sim bag‘azga) bog‘lash usullari
I – sirg‘aluvchi sirtmoq; II – yechilmaydigan (mahkam) tugun; III – qattiq bog‘langan

Pomidor o‘simligiga bir poyali shakl berilib, bachkilari uzunligini 5-7 sm dan oshirmasdan olib tashlanadi. Har hafta o‘simlikning tepa qismi kanopga chirmashtirib turiladi.


O‘simlik uchi sim bag‘azga yetganda, uni unga bog‘lab yoki plastmass yoki sim ilmoqlar bilan mahkamlab bag‘az bo‘ylab o‘stiriladi.
Boshqacha usulda shakl berishda, o‘simlik uchi bag‘azga yetganda, u pastga tushiriladi, so‘ng ko‘tarib bahazga mahkamlanadi.
Uzoq muddat yetishtirilganda «yotuvchi» deb nomlangan shakl berish usuli qo‘llaniladi. Bunda poya yuqoriga o‘sgani sari, uning pastki bargsiz qismi maxsus to‘r ustiga yotqizib boriladi. To‘rning qirg‘og‘i vazifasini egatning ikki yoni bo‘ylab tarang tortilgan sim bajaradi. To‘r poyani yerga tegishidan saqlab turadi. Mineralli paxta va baland bag‘azlar qo‘llanilib yetishtirilganda o‘simlik poyalarini yer yuziga yotqizish uchun to‘shak qurishga zaruriyat qolmaydi, uni o‘rnini mulcha egallaydi. Bunday shakl berish usuli o‘simliklar uchun yorug‘lik sharoitni yaxshi ta’minlaydi.
Bunday usulda o‘simliklarga shakl berishda o‘simlikni mah-kamlanadigan kanop ilmoqli g‘altakka o‘raladi. Kanop uzunligi, poyani yotqizib joylanishini hisobga olgan holda uzunroq olinadi. Poya bo‘yiga o‘sib borgan sari ilmoqli g‘altakdan kanopni bir qismi bo‘shatilib, poyaning bargsiz qismi pastga tushiriladi. Birinchi hosil terimi oldidan barglar olib tashlana boshlaydi. Bu havo harakatini yaxshilanishiga, kasalanishni oldini olishga imkoniyat yaratadi va hosilni terishni yengillashtiradi. Barglar oz sonda muntazam ravishda olib tashlanishi kerak. Shingildan pastdagi barglar me’yoridan ko‘p olib tashlansa, unda to‘liq shakllanmagan mevalar hiosbiga hosildorlik va meva sifati pasayadi.
O‘suv davrini tugashiga olti hafta qolganda, oxirgi shingilidan keyin ikki barg qoldirib o‘simlikni o‘suv nuqtasi (uchki qismi) chilpiladi. Barcha kesib olingan barg va bachki shoxlar shu onda issiqxonadan chiqarilib maxsus konteynerga joylanadi.
Yarimdeterminant nav va duragaylarga biroz boshqacha shakl beriladi. Ekinni yetishtirish usulbi va o‘simlikni rivojlanish quvvatiga ko‘ra unda birnecha dona qisqa qilib kesilgan (2-3 shingilli) bachikilar qoldiriladi.

Download 16,04 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   186




Download 16,04 Mb.