Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali




Download 16,04 Mb.
bet62/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

39-rasm. Plyonkali tonnellar ostiga qo’shqatorli lentasimon usulda ekilgan poliz ekinlari

Plyonkali tonnellar ostiga poliz ekinlari ko’chatini yuqoridagi sxemada joylashtirish uchun dala markerlanadi. Avval, bo’lajak sug’orish egatlariga nisbatan kultivator yordamida qovun uchun har 50 sm va tarvuz uchun esa 60 sm kenglikda perpendikulyar yo’lkalar (polosalar) olinadi. So’ng ariq ochgich (okuchnik) yordamida chuqurligi 18-20 sm li, qovun uchun har 280 sm, tarvuz uchun esa 360 sm masofada sug’orish egatlari olinadi. Marker yordamida olingan chiziq bilan sug’orish egatning cheti kesishgan joyga ko’chat ekiladi. Marker yordamida olingan ariqcha bilan sug’orish egati kesishgan joyining ikki tomonida hosil bo’lgan chuqurlikka ko’chat oziqa kubigi bilan birga ekiladi. Qatorlar orasi qovun uchun 70 sm, tarvuz uchun – 90 sm bo’lishi kerak. Ko’chatlar ekilganda urug’ bargigacha tuproq bilan ko’miladi. Agar marker yordamida olingan ariqcha chuqurligi yetarli bo’lmasa, ketmon yordamida tayyorlangan uyaga ko’chatlar ekiladi.


Urug’ni to’g’ridan-to’g’ri tuproqqa ekish, yuqorida ko’rsatgan shakl bo’yicha bajariladi. Urug’ seyalka yordamida ekilsa, ekish tekis maydonga qo’shqatorli lentasimon usulda amalga oshiriladi. Ekish bilan birga qatorlar orasiga sug’orish egatlari olinadi. Urug’, marker chizig’ini sug’orish egati bilan kesishgan joyining chekkasiga, qo’lda ekiladi. Har uyaga 4-5 dona urug’ tashlab, tarvuz urug’i 6-7 sm, qovun urug’i esa 4-5 sm, chuqurlikka ekiladi. Urug’ sarfi 3-4 kg/ga.
Ko’chat va urug’ ekish bilan yarimyoysimon (arkasimon) vaqtinchali plyonkali tonnel qurilmalarini o’rnatishga kirishiladi. Har bir tonnel bir lentadagi ikki egatni yopadi, lentalar o’rtasidan sug’orish egati o’tadi. Tonnel eni qovun uchun 90 sm, tarvuz uchun esa – 110 sm, balandligi – 60-70 sm, uzunligi 50-60 m. Lentalar oralig’idagi bo’shliq ochiq qoldiriladi va u yo’lak vazifasini bajaradi. Plyonka yig’ishtirib olinganidan so’ng, egatning bu qismiga o’simlik palagi joylashadi.
1 gektarga poliz ekinlari uchun tonnel qurishga 800-1000 kg plyonka, 1200-1300 kg po’lat sim, 120-150 dona qoziq va 20-30 kg kanop ip sarflanadi.
Bizni mamlakatimizda poliz ekinlarini yetishtirish uchun 0,1 mm qalinlikdagi stabillashtirilmagan polietilen plyonkadan foydalaniladi. CHet ellarda bu maqsad uchun stabillashtirilgan va armaturlangan perforatsiyali plyonkalardan foydalanadilar. CHet ellarda poliz ekinlarini o’stirishda ma’lum o’lchamda kesib teshikcha hosil qilingan plyonkalar qo’llaniladi, u havo harorati ko’tarilganda tabiiy holda shamollatishi ko’p qiziqish uyg’otadi. Havo harorati ko’tarilgan sari plyonka kirisha boshlaydi, natijada kesiklar ochiladi, yopqich ostidagi havo almashinishi kuchayadi. Harorat pasayganda plyonka kengayadi, teshikchalari bekilib qoladi.
O’simliklarni parvarishlash ko’chat yoki urug’ ekib bo’linishi bilan namlovchi sug’orishni o’tkazishdan boshlanadi. Ko’chat ekilganidan yoki nihol hosil bo’lganidan 4-5 kun o’tganidan so’ng xato joylarni to’ldirish choralari ko’riladi. Buning uchun tutmay qolgan ko’chatlar o’rniga yangisi, urug’i chiqmay qolgan uyalarga undirilgan urug’lar ekiladi. Nihollarda ikkitadan chinbarg hosil bo’lganda har uyada bir donadan o’simlik qoldirilib yagana o’tkaziladi.
Qovun va tarvuz havoning nisbiy namligi 60-65% bo’lsa yaxshi rivojlanadi. Havoning namligi yuqori (80-90%) bo’lsa zamburug’ kasalliklarini rivojlanishi tezlashadi. SHuning uchun poliz ekinlari plyonkali tonnellar ostida yetishtirilganda, ular tez-tez shamollatilishi kerak. Harorat 15°S dan yuqori bo’lganda shamollatiladi. Qulay sharoitda (15-18°S) tonnelning oldi va oxirgi (orqa) tomoni ochilib yoki shamolga qarama-qarshi yon tomoni plyonkasi biroz ko’tarilib shamollatiladi. Harorat 20-25°S bo’lsa plyonkani bir tomoni tonnel tepasigacha, harorat 25°S dan yuqori bo’lsa har ikki tomoni tepasigacha to’liq ochilib shamollatiladi. Plyonka va sinchlar O’zbekistonning markaziy mintaqalarida may oyining boshlarida to’liq yig’ishtiriladi.
Yaganalash o’tkazilganidan so’ng qatordagi o’simliklarning orasi qo’lda yumshatiladi. Plyonka va sinchlar yig’ishtirilganidan keyin o’simliklarga ikkinchi marta ishlov beriladi. Bunda o’simliklar poyasining pastki qismiga tuproq qo’mlab chopiq qilinadi va palaklari esa keng qator orasi (pushta) tomon yo’naltiriladi.
Poliz o’simliklarini plyonkali tonnellar ostida yetishtirilayotganda o’suv davrida mineral o’g’itlarni qo’llash muhim ahamiyatga ega. Azotning bir qismi (50-60 kg/ga) ekish oldidan yoki ekish davrida, ikkinchi qismi esa – gullash bosqichi boshlanishi oldidan beriladi. Azot bilan birga 30-40 kg/ga fosfor ham solinadi. Nihollar hosil bo’lib, qator orasiga birinchi ishlov berilgunicha (2-3 bargli bosqichida) faqat bir marta sug’oriladi. Birinchi marta ishlov berilganidan so’ng uzoq vaqt (3-4 hafta mobaynida) sug’orilmay turiladi. Ikkinchi sug’orish plyonka to’liq yig’ishtirilishiga bir hafta qolganda o’tkaziladi. Ikkinchi chopiq (gullash bosqichida) tuproq yetilishiga ko’ra o’tkazilib, o’simliklar chopiqdan so’ng 12-15 kun mobaynida sug’orilmaydi. Keyinchalik sug’orishlar taxminan har 8-10 kunda o’tkaziladi. O’suv davri mobaynida tuproq sharoitidan kelib chiqqan holda gektariga 500-700 m3 me’yorida 6-8 marta sug’oriladi.
O’suv davrida 3-4 marta palaklari taraladi va ularni sug’oriladigan jo’yaklardan olib keng qator orasi tomon yo’naltiriladi.
Plyonka yig’ishtirilganidan so’ng katta maydonlarda qator oralariga traktor kultivatorlari bilan 2-3 marta ishlov beriladi. Qovun ekilgan maydonlarda g’ildiraklari orasi (koleyasi) – 1,4 m, tarvuz ekilgan maydonlarda esa – 1,8 m li bo’lgan traktorlardan foydalaniladi. Traktor harakatlanayotganda bir g’ildiragi sug’orish egati bo’ylab, ikkinchisi esa keng pushta o’rtasidan yuradi.
Poliz ekinlari mevalarini pishishini jadallashtirish va hosildorligini ko’paytirishda, vaqtinchali plyonka bilan qoplangan tonnellarda tuproqni nur o’tkazadigan plyonka bilan mulchalashni birga qo’llash yuqori samara beradi.
Vaqtinchali plyonkali tonnellar ostida poliz ekinlarini yetishtirishda havo harorati va nisbiy namligini oshib ketishi kasallik hamda zararkunandalarni rivojlanishiga imkoniyat beradi. Bu o’simliklarni diqqat bilan ko’zdan kechirish, kasallik va zararkunandalar paydo bo’lishini aniqlash, ularga qarshi profilaktik hamda qiruvchi tadbirlar o’tkazishni taqozo etadi.
Poliz ekinlari vaqtinchali plyonkali tonnellar ostida yetishtirilganda hosili to’liq yetilib pishishiga ko’ra har 5-7 kunda terib olinadi. Jami 6-7 marta teriladi. Terilgan mevalar yashiklarga joylanib, sotishga jo’natiladi.


Download 16,04 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   186




Download 16,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali

Download 16,04 Mb.