Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali




Download 16,04 Mb.
bet60/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

Pomidor. Bu ekin ham plyonkali tonnellar ostida ko’p yetishtiriladi. Pomidor faqat ko’chatidan yetishtiriladi. Pomidor bodringga nisbatan issiqtalab, ammo havoning nisbiy namligi past bo’lishini yoqtiradi.
Kichik hajmli plyonkali qurilmalar (tonnellar) ostida, eng erta hosil yetishtirib qimmat bahoda sotish uchun, pomidorning eng tezpishar navlaridan foydalanish zarur. Pomidorni tumanlashtirilgan ertagi Maykopskiy urojayniy 2090, Peremoga 165, Vostok 36, Subhidam, Toshkent tongi, Belorussiyaning Peremoga 165 navlari, Gollandiyaning Testi F1 duragayidan foydalanish mumkin. Ko’pchilik tomorqa xo’jaliklarida havaskorlar Talalixin 186, Moldavskiy ranniy, Dar Zavoljya, determinant duragaylardan Vermioka F1, Malishok F1 va boshqalarni yetishtiradilar.
Pomidorni plyonkali tonnel ostida yetishtirish uchun yerga asosiy ishlov berish, bodring uchun tayyorlashga o’xshashdir.
Oziqali kubik va tuvakchalarda tayyorlangan pomidor ko’chatlarini plyonkali tonnellar ostiga ekish yaxshi natija beradi. Bunday ko’chatlar oddiy usulda tayyorlangan ko’chatlarga nisbatan, birinchi hosilini pishishini 10-12 kunga tezlashtiradi va ularni tovarlik sifatini yaxshilaydi, tuvakchalardagi qo’shimcha organik moddalar hisobiga hosildorlik ham oshadi. Pomidor ko’chati ko’chirib o’tqazilganda yaxshi tutish xususiyatiga ega. SHuning uchun uni oddiy tuvaksiz usulda yetishtirish mumkin.
Plyonkali qoplama ostiga ekish uchun pomidor ko’chati, bodring ko’chati kabi, isitiladigan plyonkali issiqxonalarda yetishtiriladi. Uni yetishtirish uchun, ochiq yerga ko’chat yetishtirishda ishlatiladigan, tuproq aralashmasidan foydalaniladi. Ko’chat olish uchun urug’, plyonkali tonnel ostiga ko’chat ekilishidan, ikki oy oldin sepilishi kerak. Toshkent shahri atrofidagi yerlarda bu sharoit yanvar oyining oxirgi dekadasiga to’g’ri keladi. Ekiladigan ko’chat 50-55 kunlik bo’lishi kerak. Urug’ni ekishga tayyorlash va ko’chatni yetishtirish texnologiyasi isitilmaydigan plyonkali issiqxonalar uchun tayyorlash texnologiyasiga o’xshashdir. Ko’chat Toshkent viloyatining pastekislik yerlari sharoitida tonnellar ostiga mart oyining oxirgi besh kunligida ekiladi. Bundan erta ekilsa haroratning yetishmasligi ta’sirida ko’chatlar qiynaladi. Kech ekish esa mahsulot chiqishini kechikishiga olib keladi.
Pomidor plyonkali tonnellar ostida yetishtirilgan o’simliklarni eng qulay joylashtirish usuli qo’sh qatorli lentasimon sxema hisoblanadi, bunda lentadagi qatorlar orasini 70 sm, lentalar oralig’ini esa 140 sm, qilib, ya’ni bodringni yetishtirishda qo’llanilgan shaklga o’xshashdir. Pomidor yetishtirishda tor oraliqli egatlar, bodringdagi kabi, sug’orishda foydalaniladi, bir-biriga yaqin joylashgan ikki egatlar usti bir tonnel bilan yopiladi (eni 80-90 sm, balandligi 50-60 sm). Lentalar oralig’i, bodringdagi kabi, yo’lka o’rnida foydalaniladi.
Ekish oldidan qator orasi 70 sm bo’lgan egatlar olinadi. Ikki egatning yuqori qismida har 25-30 sm oraliqda 12-15 sm chuqurlikda chuqurchalar kavlanadi. Bu egatlar yonidagi bir jo’yak qoldirilib, bu yo’lak o’rnida foydalaniladi va uni tuprog’i bilan plyonka chetlari bostiriladi.
Ob-havo quruq davrda ko’chat ekilsa har uyaga 0,3-0,4 l suv, yoki 0,05% detsis eritmasi quyilsa yana ham yaxshi bo’ladi. Ko’chat ekib bo’lgandan keyin sug’orish egatlari to’g’irlanib, sinch yoylar o’rnatiladi, kanoplar tortilib plyonka yopiladi va chetlari tuproq bilan bostiriladi, bosh va oxirgi tomoni to’planib qoziqlarga mahkamlanadi. Tonnel o’rnatilganidan so’ng tonnel ostidagi tor qator egatlar orqali sug’oriladi. Ko’chatlarni yaxshi tutib olishi uchun tonnellar 3-4 kun davomida shamollatilmaydi.
Pomidor havoning nisbiy namligi yuqori bo’lishini yoqtirmaydi, shuning uchun o’simlikni parvarishlashning muhim elementlaridan biri tonnelni o’z vaqtida shamollatishdir. Buning uchun tonggi soatlarda tonnelning bosh va etak tomonlari (tortsalari), biroz vaqt o’tkazib ob-havoga ko’ra yon tomonining bir qismi va hammasi ochiladi, issiq kunlarda esa plyonkani ikki yon tomoni to’liq ochib qo’yiladi. Tungi soatlarda tonnellar plyonka bilan to’liq yopiladi. Tungi soatlarda plyonka bilan tonnellar ustini uzoq davrgacha yopib qo’yish meva pishishini tezlashtiradi. Plyonka va sinch yoylar may oyining birinchi besh kunligida to’liq yig’ishtirib olinadi.
Plyonka va sinchlar to’liq yig’ishtirib olingunicha pomidor ekilgan maydonga ikki marta to’liq kompleks ishlov beriladi. Ular, o’simliklar orasidagi tuproqni yumshatish, oziqlantirish, qo’lda sug’orish jo’yaklarini olish va sug’orishdan iborat. Birinchi ishlov berish ko’chat ekilganidan 10-12, ikkinchisi esa birinchisidan 15-18 kun o’tgandan so’ng o’tkaziladi. Birinchi oziqlantirishda ta’sir qiluvchi modda hisobida: azot 60-70 kg/ga, fosfor 50-60 kg/ga, ikkinchisida esa – 70-80 kg/ga azot va 50-60 kg/ga fosfor beriladi.
Ko’chat ekilib tonnellar o’rnatilgan zahoti birinchi marta va birinchi kompleks ishlov berilgandan so’ng 10-12 kun o’tgach ikkinchi marta sug’oriladi. Birinchi va ikkinchi kompleks ishlov berish issiq kunlarda, plyonkani tonnel ustiga yig’ishtirib qo’yib qo’lda o’tkaziladi.
Tonnellar yig’ishtirilganidan so’ng barcha qator oralar (sug’oriladigan jo’yaklar) va yo’lkalar kultivatsiya qilinadi. Palaklari to’g’irlanib keng pushta tomon yo’naltiriladi. Bunda begona o’tlardan ham tozalanadi. 5-6 kun o’tkazib tor qator oralarda jo’yaklari ochiladi va bir yo’la gektariga 80-90 kg/ga azot berib, uchinchi marta oziqlantiriladi. Tonnel yig’ishtirilganidan keyin ham tor qatorlar oraligidagi egatlar orqali sug’oriladi. Avval sug’orishlar har 7-8 kunda, iyun-iyul oylarida esa 4-5 kunda bir marta o’tkaziladi.
Hosilni yig’ishtirish plyonka olingandan so’ng 15-20 kun o’tgach boshlanadi, keyinchalik mevalarini yetilishiga ko’ra olib boriladi. Plyonkali qurilma ostida yetishtirilgan pomidor mevasi mahsuloti yetkaziladigan manziliga ko’ra, sutli, qo’ng’ir, pushti, qizil bo’lib yetilganida yig’ilishi mumkin. Oldin mevalar tanlab teriladi va u 7-8 kundan so’ng yana takrorlanadi. Keyinchalik mevalar tez-tez 4-5 kun oralatib, so’ng har 2-3 kunda terib turiladi. Pomidor mevasi meva bandisiz teriladi. Mevalar chelak yoki savatga terilib yashiklarga joylanib dala chekkasiga chiqariladi.

Download 16,04 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   186




Download 16,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali

Download 16,04 Mb.